45. “Qor bo‘ron” metodi.
Ikki guruh ta’lim oluvchi bir muammo yoki vaziyatni eng ko‘p miqdorda to‘g‘ri javoblar olish maqsadida birgalikda muhokama qilishadi.
Har bir to‘g‘ri javob “yumaloqlangan qor” ko‘rinishida o‘sha guruhga ball tariqasida yozib qo‘yiladi. Eng ko‘p ball olgan guruhga a’lo baholar qo‘yiladi.
46. “Asalari galasi” metodi.
Muammoni yo butun guruh yoki ikkita kichik guruh tomonidan muhokama qilib chiqishga mo‘ljallangan. Topshiriqlar har xil yoki butun guruhga bitta bo‘lishi mumkin. Guruhlar muammoning yechimini 10-15 minut davomida muhokama etib, hamkasblariga ma’lum qilishadi. Eng yaxshi variant tanlab olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |