Иқтисодиёт асослари-1 (Иқтисодий таълимотлар тарихи) фанидан якуний тестга тайёргарлик саволлари


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana04.02.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1163859
1   2   3   4
Bog'liq
ИКТИСОД САВОЛ ЖАВОБЛАРИ

(davomi testni o’zida)
84.V.Pettining daromad nazariyasi bo‘yicha ish haqini ko‘rsating 
Yashash (fizik) minimum qiymati orqali aniqlanadigan mehnat bahosi. 
85.V.Pettining daromad nazariyasi bo‘yicha yer bahosi qanday aniqlanadi?
Yer bahosi undan keladigan daromad orqali aniqlanadi. 
86.V.Pettining daromad nazariyasi bo‘yicha renta nima? 
Renta-xarajatlar (ish haqi to’lash va urug’lik sotib olish)dan keyin qoladigan 
qo’shimcha mahsulot 
87.“Mehnat boylikning otasi, yer esa uning onsidir” iborasining muallifi kim? 
U.Petti 
88.Fransiya klassik iqtisodiy maktabining asoschisini ko‘rsating. 
P.Buagilber(1646-1714) 
89.P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha qiymat qanday o‘lchanadi? 
Qiymat ish vaqti bilan o’lchanadi 
90.P.Buagilberning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha nima iqtisodiy fanning asosiy 
vazifasi hisoblanishi kerak? 
Shu sababli jamiyatda pulni ko’paytirish emas balki ishlab chiqarishni o’stirish 
masalasi iqtisodiy fanning asosiy vazifasi hisoblanishi kerak. 
91.Jak Tyurgoning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha qiymat qanday aniqlanadi? 
Qiymat mahsulotning nafliligi orqali aniqlanadi 
92.Jak Tyurgoning iqtisodiy qarashlari bo‘yicha baho qanday aniqlanadi? 
Nar (baho) talab va taklif nisbati orqali aniqlanadi

93.Ilk bor kapital egalari va yollanma ishchilar sinfini kim ajratgan? 
Jak Tyurgo 
94.“Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqot" asarini muallifini 
ko‘rsating. 
Smit Adam 
95.A.Smit va D.Rikardo qaysi iqtisodiy maktabning yirik vakillari hisoblanadi? 
Klassik iqtisodiy maktab 


96.Sanoat inqilobi qayerda yuz bergan? 
Angliyada
97.Sanoat inqilobi dastlab qaysi sohada boshlangan? 
Sanoat inqilobi dastlab yengil sanoatda, xususan, to`qimachilik sohasida boshlandi va 
mashinasozlik vujudga kelishi bilan nihoyalandi 
98.Yollanma ishchilarning qo‘l mehnatiga asoslangan, alohida ishlab chiqarish 
operatsiyalari bo‘yicha mehnat taqsimotiga ega korxona ... 
Manfaktura
99.Mashinalarga asoslangan, ommaviy ishlab chiqarishga mo‘ljallangan sanoat 
korxonasi ... 
Fabrika
100.A.Smitning «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risidagi tadqiqot" 
asarida kimning moliyasi o‘rganilgan? 
Davlatning moliya tizimi o’rganilgan 
101.A.Smitning tadqiqot predmetini ko‘rsating. 
Boylik(jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi va uning moddiy turmish darajasini 
oshirish muammolari) 
102.A.Smit qarashlariga muvofiq mehnat unumdorligini oshirishning asosiy omili – 
bu ... 
Mehnat taqsimoti 
103.A.Smit qanday faoliyatni butun jamiyatga naf keltiruvchi, deb qaraydi? 
Foyda ketidan quvish va raqobat butun jamiyatga naf keltiruvchi faoliyat 
104.A.Smit qarashlariga muvofiq “iqtisodiy inson” – bu ...
Bitimlar tuzadigan hayvon: boshqa hech bir hayvon buni qilmaydi- hech bir it 
boshqasi bilan suyak almashmaydi. 
105.A.Smit qarashlariga muvofiq “tabiiy tartib” ... 
Bozor munosabatlarining b’ektiv iqtisodiy qonunlari 
106.A.Smitning qiymat va daromadlar nazariyasi ko‘ra tovarning xususiyatlarini 
ko‘rsating. 
Iste’mol qiymati va almashuv qiymati
107.A.Smitning qiymat va daromadlar nazariyasi bo‘yicha qiymatning daromadlar 
bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsating. 
Foyda- Kapital egalarining daromadi 
Ish haqi-Yollanma ishchilar daromadi 
Renta –yer egalarining daromadi 
108.A.Smitning qiymat va daromadlar nazariyasi bo‘yicha foyda kimning daromadi 
hisoblanadi? 
Kapital egalarining daromadi 
109.A.Smitning ta’limotiga ko‘ra mamlakatning boyligi nimaga bog‘liq?
Tayor Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatiga bog’liq 
110.D.Rikardoning tadqiqot predmetini ko‘rsating. 
Sinflar o’rtasida daromatlarning taqsimlanishi muammolari 
111.D.Rikardo fikriga ko‘ra siyosiy iqtisodning asosiy vazifasi nimadan iborat? 
Taqsimotni boshqarish qonunlarini aniqlash 
112.D.Rikardo qiymatni qanday turlarga bo‘lgan? 


Mutlaq va nisbiy 
113.D.Rikardo kapitalni qanday qismlarga bo‘lgan? 
Asosiy va aylanma 
114.J.B. Seyning tadqiqot predmetini ko‘rsating. 
Jamiyatning moddiy farovonlik muammosi 
115.J.B. Seyning iqtisodiy ta’limotiga ko‘ra boylikning manbai nimaga bog‘liq? 
Millatning iqtisodiy salohiyatiga 
116.J.B. Seyning ishlab chiqarish omillari nazariyasiga ko‘ra qiymatni yaratish 
jarayonida nimalar teng ishtirok etadi? 
Ishlab chiqarish omillari nazariyasini asoslab qiymatni yaratish jarayonida mehnat, 
kapital va tabiat(ko’proq yer)ning teng ishtiroki g’oyasi 
117.“Sey” qonuniga muvofiq ... 
Ishlab chiqarish (taklif) o’ziga mos iste’mol(talab) bozor qonu 
118.Tomas Robert Maltus tadqiqotining predmetini ko‘rsating. 
Jamiyatning moddiy boyligini ko’paytirish masalasi 
119.Tomas Robert Maltus birinchi marta iqtisodiy o‘sish muammosini nima bilan 
bog‘lashga harakat qilgan? 
Axolining o’sishi bilan bog’lashga harakat qilgan 
120.Tomas Robert Maltusni “aholining nufus qonuni”ning mazmunini tushuntirib 
bering. 
Axoli soning tirikchilik vositalariga nisbatan tezro ko’payishi 
121.Klassik maktabga muxolif nazariyalarni ko‘rsating.
Kapitalizmni isloh qilishni taklif etdi pulga qarshi bo’lgan
/
chunki bu ta'limotda 
iqtisodiy kategoriyalar ikkinchi darajali bo`lib, asosiy e'tibor institut (davlat, oila, 
monopoliya, urf-odatlar, huquq, kasaba qo`mitalari va boshqalar)larga qaratiladi
noiqtisodiy omillar yetakchidir.
122.Iqtisodiy romantizmda qanday muammo o‘rganilgan? 
Ishchilar sinfining ahvoli asosiy muammo hisoblanardi 
123.Iqtisodiy romantizm namoyondasi S.Sismondi ishlab chiqarishning qanday 
shakliga qarshi chiqdi? 
Yirik kapitalistik ishlab chiqarishga qarshi chiqdi 
124.S.Sismondi boylikni taqsimlash va tartibga solishni kim o‘z qo‘liga olishi zarur 
deydi? 
Davlat 
125.Iqtisodiy romantizm namoyondasi P.Prudon iqtisodiyotdagi raqobatga qanday 
munosabatda bo‘lgan? 
Cheksiz erkin raqobatni inkor etib boshqarish mumkin bo’lgan raqobatni topib 
tashkil etishni taklif etgan 
126.Iqtisodiy romantizm namoyondasi P.Prudon pulga qanday munosabatda 
bo‘lgan?
Pulning muomiladagi harakatini bekor qilib, uning o’rniga ishchi pullari banklarni 
muomalaga kiritish 
127.Iqtisodiy romantizm namoyondasi P.Prudon kimlarning iqtisodiyotdagi 
yetakchilik o‘rnini e’tirof etgan? 


"mayda mulkchilik va mayda ishlab chiqarishni" 
128.P.Prudonning islohotchiligiga xos g‘oyalarida qanday kreditlarni tashkil etish 
nazarda tutilgan? 
Foizsiz kredit 
129.Tenglik, erkinlik va ijtimoiy adolat maqsadini ko‘zlovchi konsepsiyani 
ko‘rsating. 
Sotsializm 
130.T.Kompanellaning Quyosh shahrida davlat va iqtisodiy tizimida mulkga 
munosabat qanday bo‘ladi? 
Xususiy mulk mavjud emas
131.Hayoliy sotsializm namoyondasi K.Sen-Simon bo‘lajak adolatli jamiyatni nima 
deb ataydi? 
Industirial tizim 
132.Hayoliy sotsializm (K.Sen-Simon) nazariyasiga ko‘ra industrial jamiyat nima 
asosida rivojlanadi? 
Yirik sanoat ishlab chiqarishda 
133.Hayoliy sotsializm vakili Sh.Fure qanday ishlarda jamiyat roliga alohida e’tibor 
beradi? 
Aqliy va jismoniy mehnat almashib turadi. Birlashib ovqatlanish, bolalarni 
tarbiyalashda jamiyat ro’liga alohida etibor beradi 
134.Hayoliy sotsializm namoyondasi R.Ouen fikriga ko‘ra mehnatkashlarning og‘ir 
ahvolga tushib qolishlariga sabab nimada? 
Mahsulotlarning adolatsiz taqsimlanishi 
135.Nemis tarixiy maktabi vakillari qanday iqtisodiy nazariya mavjudligini inkor 
etishadi? 
Turli mamlakatlar uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan yagona iqtisodiy nazariya 
mavjudligini inkor etiyashdi. 
136.Nemis tarixiy maktabiga xos xususiyatni aniqlang.
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga ijtimoiy muhit(inson omili)ning ta’sirini 
o’rganish 
137.F.List qanday tamoyilni ilgari surdi?
Millatni sanoat orqali tarbiyalash tamoilini ilgari suradi 
138.Nemis tarixiy maktabi vakillari qanday fanga asos soldilar? 
Iqtisodiy tarix faniga asos solgan 
139.Marjinalistlar narxning shakllanishini nima bilan bog‘lashgan? 
Masulot istemoli bilan bog’lashgan 
140.Marjinalizm qanday ma’noni bildiradi? 
(fransuzcha marginal so’zidan olingan bo'lib ”eng yuqori” chegara mazmuniga ega 
141.Marjinalizmda qiymat qanday aniqlanadi? 
Tovarning marginal nafliligidan kelib chiqib aniqlanadi 
142.Marjinal naflilik (marginal utility) nazariyasi qaysi nazariyaga muqobil tarzda 
paydo bo‘ldi? 


Marjinal naflilik (marginal utility) nazariyasi qiymatning mehnat nazariyasiga 
muqobil tarzda paydo bo‘ldi 
143.Marjinalizm ta’limotining tadqiqot predmetini ko‘rsating.
Me’yorli tahlil tashkil etish 
144.Marjinalizm maktabining o‘rganish sohasi nima? 
Iqtisodiy doiradagi marjinal nazariyalar va munosabatlarni 
145.Marjinalizm ta’limotida iqtisodiy tizimni tahlil etishda qanday tamoyilga 
o‘tildi? 
Iqtisodiy tizimni tahlil etishda asosiy iqtisodiy kategoriyalar tamoyilidan 
muvozanat, ya’ni iqtisodiyot elementlarining o’zaro bog’liqligi tamoyiliga o‘tildi 
146.“Marjinal naflilik nazariyasi” ko‘ra mahsulotni iste’mol qilish miqdorining 
o‘sib borishi bilan uning naflilik darajasi qanday o‘zgaradi? 
Kamayadi 
147.Tovarlarga talabning narxga bog‘liq ekanligini talab egri chizig‘i yordamida 
ko‘rsatib bergan olimning ko‘rsating. 
Antuan Ogyust Kurno 
148.“Marjinal inqilob” bosqichiga xos xususiyatni ko‘rsating. 
Iqtisodiyot insonnning pisixologik xususiyati asosida o’rganiladi, marjinalizmning 
bu bosqichi iqsodiy talimotlardagi subektiv yo’nalish deb ataldi 
149.U. Djevons insonning lazzatlanishni his qilishi deb nimaga aytadi? 
Inson hulq atvori 
150.Avstriya (marjinalizm) maktabining asoschisi kim? 
K.Menger(1840-1921) 
151.Marjinalizmning Avstriya maktabining tadqiqot usulini aniqlang. 
Singulyar (lotincha Singular-alohida)xo’jalik, robinzonada usuli, individualizm 
152.K.Menger fikriga ko‘ra resurslarning cheklanganligi sharoitida xo‘jalik 
yurituvchi shaxs nimaga intiladi? 
Cheklangan resurslar sharoitida har doim maksimum(daromad, ishlab chiqarish) 
yoki minimum (xarajatlar)ga 
153.Oygen fon Byom-Baverk naflilikni qanday turlarga ajratadi? 
Ob’yektiv va sub’yektiv naflik 
154.Sub’ektiv naflilik nima? 
Malum bir shaxs uchun buyumning zarurlilik holati 
155.Lozanna (marjinalizm) maktabining asoschisi kim?
Valras (1834-1910) 
156.Marjinalizmda narxning shakllanishini nimaga bog‘liq holda o‘rganiladi? 
Talab va taklif asosida 
157.Quyidagi nazariyalarning qaysi biri “marjinal naflilik nazariyasi” ta’sirida 
paydo bo‘ldi? 
Iste’molchi hulqi nazariyasi 
158.Neoklassik maktab vakillarini yagona maktabga birlashtirib turuvchi xususiyat 
ko‘rsating. 
Iqtisodiy tadqiqotlarda foydalanilgan umumiy metodologiya va tahlil usullari 
159.A.Marshall qaysi maktab vakili hisoblanadi? 


Neoklassik maktab yoki kembridj maktabi 
160.Tovar narxi qanday aniqlanadi? 
Taklif omillari va talab omillari 
161.Ishlab chiqarish xarajatlari qanday turlarga bo‘linadi? 
Doimiy va o’zgaruvchan 
162.O‘zgaruvchan xarajatlarni ko‘rsating. 
Materiallar uchun to’lovlar; elektr energiysi uchun; transport; ishchilar uchun ish 
haqi 
163.Artur Pigu qanday nazariya muallifi? 
Milliy daromadni taqsimlash nazariyasi 
164.Artur Piguning tahlil predmetini ko‘rsating. 
Milliy daromadni taqsimlanishi muammolari
165.Tovar taklifi asosida nima yotadi? 
Ishlab chiqarish xarajatlari 
166.K.Marks nazariyasi bo‘yicha kapital - bu ... 
Qo’shimcha qiymat (foyda) yaratadigan qiymat 
167.K.Marks nazariyasi bo‘yicha qo‘shimcha qiymat - bu ... 
Yonlama ishchilar tomonidan yaratilgan va capital egalari tomonidan 
o’zlashtiriladigan qiymat 
168.K.Marks nazariyasiga ko‘ra kapital egasi qanday turdagi tovarlarni sotib oladi? 
|ishchi kuchi| 
169.K.Marks nazariyasiga ko‘ra qo‘shimcha qiymat kimga tegishli bo‘ladi? 
Kapital egasi 
170.K.Marks nazariyasiga ko‘ra ish haqi – bu ... 
Yonlama ishchilar tomonidan pul shaklida kun ko’rish uchun zarur vositalar 
qiymati/ishchi kuchi uchun to’lanadigan
171.XX asrning boshlarida K.Marksning iqtisodiy qarashlari qayerda keng 
tarqaldi? 
Rossiyada
172.Marks ta’limoti jamiyatdagi barcha ijtimoiy ziddiyatlarning asosini nima bilan 
bog‘lagan? 
Xususiy mulk 
173.Markazlashgan va rejalashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti qayerda 
vujudga keltirildi? 
Bozor iqtisodiyoti o’rniga/ garbda XX asrning 90-yillar 
174.Sotsialistik iqtisodiyotda ijtimoiy adolat g‘oyasi nimani keltirib chiqardi? 
Ijtimoiy tenglik 
175.Marks nazariyasiga muvofiq yollanma ishchi kapital egasiga nimani sotadi? 
Mahsus Tovar ish kuchini 
176.Qaysi nazariyada iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish uchun turli 
institutlardan foydalanish zarurligi asoslanadi? 
institutsionalizm 
177.Monopolistik kapitalga qarshilik qilish qaysi nazariyaning vazifalariga kiradi? 
institutsionalizm 


178.Quyidagilarning qaysi biri institutsionalizmning rivojlanish yo‘nalishlariga 
kirmaydi? 
(Kirishlarini yozdim siz shularni chiqarib tashisiz):ijtimoiy-huquqiy;emperik 
179.Veblen fikricha, insoniyatning kelajagi nimaga bilan bog‘liq bo‘ladi? 
180.Tovarlar va xizmatlarni xarid qilish ob’ektiv ehtiyojdan emas, balki o‘z 
moliyaviy imkoniyatlarini namoyish etish bilan bog‘liq sub’ektiv hohish-istak 
bilan bog‘liq holda amalga oshsa qanday qonun buziladi? 
Talab qonuni 
181.Nomukamall raqobat nazariyasi muallifini ko‘rsating 
Joan Vayolet Robinson 
182.Nomukammal raqobat - bu ... 
Bozor tarkibining mukammal raqobat uchun mos kelmasligi holati
183.Bozorda yagona sotuvchining mavjudligi nima deb ataladi? 
Monopoliya
184.Monopsoniya – bu ... 
Bozorda holat, bozorda haridorning hukmron bo’lishi 
185.Oligopoliya – bu ....
(oligo.. va yun.poleo-sotaman) bozorni tashkil etish shakillaridan biri/Bir necha 
yirik ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini 
belgilashdagi hukmronlik 
186.Firma qachon monopol hokimiyatga ega bo‘ladi? 
Firma talabi qanchalik past bo’lsa 
187.R.Kouz 1937 yilda nashr etgan «Firmalar tabiati» nomli maqolasida qanday 
nazariyaga asos soldi? 
Yangi institutsional iqtisodiyot yoki neoinstitutsinalizm 
188.R.Kouz qaysi xarajatlarni firma hajmi va uning tashkiliy tarkibini belgilab 
beruvchi omil sifatida keltiradi? 
Transaksiya xarajatlari 
189.Quyidagi xarajatlarning qaysi biri transaksiya xarajatlari hisoblanmaydi? 
Kirganlari:axborot to’plash va qayta ishlash; muzokaralar olib boorish va qarorlar 
qabul qilish;nazorat qilish;shartnomalarning bajarilishini huquqiy himoyalash 
190.«Muammoni firma yoki bozor munosabatlari ixtiyoriga topshirishga 
qaraganda, davlatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvi har doim ham ijobiy natija 
beravermaydi» deyilgan holat iqtisodiy adabiyotda kimning teoremasi deb ataladi? 
Kous teoremasi 
191.Ijtimoiy tanlov nazariyasi muallifi kim? 
D.M.Byukenen 
192.Qanday nazariya insonlar tomonidan davlat muassasalaridan o‘z shaxsiy 
manfaatlari yo‘lida foydalanishning turli usullarini o‘rganishga qaratilgan iqtisodiy 
nazariyadir? 
Ijtimoiy tanlov nazariyasi 
193.Zamonaviy iqtisodiy nazariyalarda opportunizm deyilganda nima tushuniladi? 
O’z manfaatlarini(jumladan, aldov yo’li bilan)ko’zlash 


194.Bevosita siyosiy ta’sir uchun muayyan qarorlar qabul qilishga qaratilgan 
faoliyat nima deb ataladi? 
Lobbizm/korrupsiya
195.Neoinstitutsionalizmda siyosat kimlar o‘rtasidagi o‘ziga xos ayirboshlashning 
murakkab tizimi, deb tushuntiriladi? 
Indivudlar
196.Qaysi iqtisodiy ta’limotda iqtisodiy agentlarning halol hatti-harakati 
to‘g‘risidagi fikrlar o‘rniga opportunistik hatti-harakat tushunchasi kiritildi? 
Opportunism 
197.Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish g‘oyasiga asoslangan nazariya – 
bu ... 
Institutsionalizm 
198.Keynschilik qayerda va qanday shakllangan? 
AQSHda Buyuk depressiyaga javob tariqasida shakllangan 
199.Keyns iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish metodologiyasini ko‘rsating 
Mikroiqtisodiyot sohasidan makroiqtisodiyot 
200.Keyns nazariyasi bo‘yicha davlat xarajatlari qachon ko‘payishi lozim? 
Iqtisodiyotning rivojlangan bosqichlarida davlat xarajatlari cheklanishi, inqirozlar 
davrida xarajatlar budjet taqchilligiga olib kelsa-da ko’payishi lozim 
201.Makroiqtisodiy tahlilning metodologik asoslarini shakllantirgan olimni 
ko‘rsating 
Keyns 
202.Keyns qanday bozorlar o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligini aniqladi? 
Keyns alohida(tovarlar, ishchi kuchi, pul) 
203.Yalpi talabning tarkibini aniqlang 
Bu barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar, davlat va davlat narxlarining o’rtacha 
darajasida sotib olish mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmini, 
yoki milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hahjmi (yalpi talab biror bir 
mamlakatning yalpi ichki mahsulotga bo’lgan talab) 
204.Agar ommaviy iste’mol milliy iqtisodiyot darajasida yalpi talabning 
jonlanishiga olib kelmasa, Keyns taklifiga ko‘ra bu ishni kim amalga oshirishi 
zarur? 
Davlat aralashuvi zarur 
205.Keyns taklifiga ko‘ra davlat iqtisodiyotni qanday qilib jonlantirishi mumkin? 
206.Davlat xarajatlari orqali iste’mol talabini qo‘llab-quvvatlash qanday siyosat 
orqali amalga oshiriladi? 
Budjet siyosati 
207.Keyns fikricha, qanday sharoitda muomalada pul massasining ortishi mos 
ravishda inflyatsiyaga olib keladi? 
davlat budjeti qarzlari ko`payib, ishsizlik ham o`sgan/ Ishsizlikning ish haqini 
pasaytirish yo`li/ missiya yo`li ko`pchilikka oson 
208.Keyns bo‘yicha har qanday boylikni bir birlik vaqt ichida maksimal narxda 
sota olish imkoniyati nima deb ataladi? 
Likvidlik


209.Iste’mol talabining yetarli bo‘lmasligi qanday qilib qoplanishi mumkin? 
Yangi invistitsiyalar 
210.AQShning qaysi Prezidenti «Yangi kurs» dasturini amalga oshirgan? 
F.Ruzvelt 
211.Investitsiyalashni rag‘batlantirish yuqori bo‘lishi uchun ssuda foiz stavkasi 
qanday bo‘lishi lozim? 
Ssuda % qancha past bo’lsa 
212.Quyidagilarning qaysi biri keynschilik ta’limotining rivojlanishn yo‘nalishi 
hisoblanmaydi? 
Hisoblanadi: neokeyschilik;neoklassik sintez;postkeyschilik;yangi keyschilik 
213.Liberal g‘oya bilan davlatning uyg‘un holatda iqtisodiyotga aralashishini 
yoqlovchi nazariya qanday nomlanadi? 
Neoliberalizm
214.«Erkin bozor» va «ijtimoiy tenglashtirish» asosida adolatli taqsimlash 
tamoyillarini uyg‘unlashtirish g‘oyasi neoliberalizmning qaysi maktab vakillariga 
tegishli? 
G’arbiy Germaniya 
215.Germaniyada neoliberalizm doktrinasi “Oyken maktabi” ta’sirida qanday atala 
boshlandi? 
Ordoliberalizm
216.Qaysi iqtisodiy ta’limotda davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli 
futbolni boshqarib boradigan, ammo o‘yinda ishtirok etishga haqqi bo‘lmagan 
hakamga o‘xshatiladi? 
Ordoliberalizm/ Neoliberalizm
217.Qaysi olim neoliberalizm nazariyasining asoschisi hisoblanadi? 
Fridrix fon Xaek 
218.F.Xayek 1944 yilda e’lon qilgan «Qullikka yo‘l» asarida iqtisodiyotga davlat 
aralashuvining har qanday shakli qanday rejim shakllaridan biri ekanligini 
asoslashga harakat qilgan? 
Totalitar
219.F.Xayek fikriga ko‘ra, davlatga ishonib topshirish mumkin bo‘lgan maksimum 
narsa – bu ... 
Qarilik pensiyalarini, ishsizlik bo’yicha nafaqalarni to’lash 
220.Monetarizm maktabi vakillari iqtisodiyotdagi beqarorlik sabablari nimada, deb 
hisoblashadi 
Pul ko’rsatkichlarining beqarorligi tufayli 
221.Iqtisodiyotni pul-kredit dastaklari yordamida tartibga solishga asoslangan 
nazariya qanday nomlanadi? 
Monetarism
222.Monetarizmda qanday masala birinchi o‘ringa chiqdi? 
Inflyatsiyani boshqarish 
223.Monetarizm nazariyasi bilan bir vaqtda qanday konsepsiyalar ishlab chiqildi 
“taklif iqtisodiyoti” va “ratsional kutish” 
224.Taklif iqtisodiyoti maktabi investitsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida qanday 
chora ko‘rishni tavsiya qilishadi 


Soliqlarni qisqartirish 
225.Taklif iqtisodiyoti maktabi tavsiyasiga ko‘ra, davlat korxonalarini 
xususiylashtirish natijasida nimalarga erishiladi. Noto‘g‘ri javobni toping. 
Xususiylashtirish davlatning xo’jalik faoliyatiga aralashuvini qisqartirishga 
qaratilgan chora-tadbir. Maqsad –qo’chimcha moliyaviy mablag’ toppish, davlat 
qarzini qisqartirish. Xususiy mulkka berilgan korxonalar samaradorligi ortadi, 
raqobat kuchayadi, milliy mahsulotlarning sifati va raqobatbardoshligi oshadi(bu 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling