Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Iqtisodiy islohotlar – iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sifat jihatidan takomillashtirish
uning barqaror va mutanosib rivojlanishini ta`minlash imkonini beruvchi, maqsadga muvofiq 
holda va izchil ravishda amalga oshiriluvchi tub o`zgarishlar, chora-tadbirlar majmui.
Iqtisodiy rivojlanish sur`atlari – mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkich va natijalarining 
miqdor jihatidan ko`payishi va sifat jihatidan takomillashuvi darajasi. 
Iqtisodiy rivojlanish samaradorligi – iqtisodiyotni rivojlantirish natijalarining bu borada 
qilingan sarf-xarajatlarga nisbati. 
Makroiqtisodiy muvozanat – iqtisodiyot turli tomonlarining o`zaro tengligi bo`lib, eng 
avvalo yalpi talab va yalpi taklifning tengligi orqali namoyon bo`ladi. 


Industriyalashtirish – mamlakat iqtisodiyotini sanoatlashgan asosga o`tkazish, iqtisodiyotda 
sanoat ishlab chiqarishi ulushini ahamiyatli darajada ko`paytirish, butun iqtisodiyot yoki uning 
alohida tarmoqlarida yirik mashinalashgan ishlab chiqarishni barpo etish jarayoni.
Sekulyarlashtirish – davlat va jamiyat boshqaruvini din ta`siridan holi qilish jarayoni. 
Urbanizatsiya – jamiyat taraqqiyotida shaharlar rolini oshirish jarayoni. Urbanizatsiya 
jarayoni shahar aholisining tabiiy o`sishi, qishloq aholi punktlarini shaharlarga aylantirish, keng 
shahar oldi hududlarini shakllantirish hamda aholining qishloq joylaridan shahar joylariga 
migratsiyasi hisobiga ro`y beradi. 
Erkinlashtirish – xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning erkinligi va iqtisodiy mustaqilligini, 
iqtisodiy faoliyatning bozorga xos mexanizmlarining samarali amal qilishini ta`minlashga 
qaratilgan jarayon; davlat tomonidan belgilangan chora-tadbirlar tizimi; iqtisodiy siyosat 
yo`nalishlaridan biri.
Eksporttovarlar, texnologiyalar va xizmatlarni tashqi bozorda sotish uchun mamlakat 
tashqarisiga olib chiqilishi. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling