investitsiyalari deb e`tirof etiladi.
Infratuzilma – iqtisodiy tizim umumiy tuzilishining yordamchi tavsifga ega bo`lgan hamda
ushbu tizim umumiy faoliyatining bir maromda borishini ta`minlovchi tarkibiy qismi.
To`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar - o`zga mamlakat rezidentlari tomonidan boshqa
mamlakat real aktivlariga mablag` kiritish, uni tasarruf etish va ular ishlatilishi ustidan nazorat
o`rnatish. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti tavsifiga ko`ra aktsiyalarni kamida 10
foiziga egalik qilish.
Korxonalarni texnik qayta qurollantirish - alohida ishlab chiqarish turlarini zamonaviy
talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab chiqarish jarayonlarini
mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, eskirgan qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish,
ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil etilishini yaxshilash yo`li bilan, korxonaning texnik darajasini
oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yaxshilashga
yo`naltirilgan bo`ladi.
Aholi pul daromadlari – ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa,
pensiya, stipendiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividend, renta shaklda
olinadigan daromadlarni, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk, qishloq xo`jalik mahsulotlari,
hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko`rsatishidan kelib tushadigan
daromadlar.
Natural daromad – mehnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo`jaliklarining o`z iste`mollari
uchun ishlab chiqargan mahsulotlari.
Nominal daromad – aholi tomonidan ma`lum vaqt oralig`ida olingan daromadlarining pul
ko`rinishidagi miqdori.
Real daromad – narx darajasi o`zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo`lgan
daromadga sotib olish mumkin bo`lgan tovar va xizmatlar miqdori bo`lib, real daromad aholining
ixtiyorida bo`lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.
Turmush sifati – jamiyat farovonligi darajasini namoyon etuvchi va mohiyatiga ko`ra uning
o`lchovi hisoblanuvchi tushuncha.
Do'stlaringiz bilan baham: |