Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Global moliyaviy-iqtisodiy bozorjahon mamlakatlari o`rtasidagi moliyaviy-iqtisodiy 
aloqalarni yagona xo`jalik tarzida amal qilishiga asoslangan munosabatlar. 
Diversifikatsiya – (lotinchadan diversus- har xil va facere-qilmoq, bajarmoq)ishlab 
chiqarishning samaradorligini oshirish, mahsulot va xizmatlarni sotish bozorlarini kengaytirish 
maqsadida tarmoq va korxonalar faoliyat sohalarini kengaytirish, mahsulot va xizmatlar 
assortimentlarini ko`paytirish. 
Diversifikatsiya strategiyasikorxona faoliyatini mavjud mahsulotlar va bozorlar turini 
kengaytirish orqali rivojlanish strategiyasidir. Diversifikatsiya strategiyasi korxonalarning ishlab 
chiqarish va tijorat faoliyatini rivojlantirishning eng yetakchi zamonaviy tendentsiyalardan biri 
hisoblanib, u orqali korxonalarni bozor sharoitida vujudga keladigan turli qaltisliklarga bo`lgan 
raqobatbardoshligini oshiradi. Diversifikatsiya strategiyasi – korxonalarda yangi mahsulotlar 
liniyalarini ishga tushirish, qo`shma korxonalar tuzish, boshqa korxonalarni sotib olish va boshqa 
turli uslublarda amalga oshirishi mumkin.


Dividend – aktsionerlik jamiyati sof foydasidan aktsiya egalariga to`lanadigan qismi bo`lib, 
u aktsionerlarga naqd pul yoki aktsiyalar bilan to`lanadi. 
Jahon banki – 1944 yilda Xalqaro valyuta jamg`armasi bilan bir vaqtda tuzilgan birinchi 
davlatlararo investitsiya institutidir. Bank o`zining faoliyatini 1946 yil 25 iyundan boshlagan.
Jahon bozori kon`yunkturasi - jahon tovar bozorlaridagi sotish sharti, ushbu bozorlardagi 
talab, taklif, narxlar darajasi, ularning o`zgarish tendentsiyalari. 
Joriy kon`yunkturamuayyan davrda tovarlarga bo`lgan talab va taklifning tarkibi, 
dinamikasini shakllantiruvchi iqtisodiy sharoit va omillar majmui. Joriy kon`yunktura ayni 
davrdagi milliy va jahon iqtisodiyotining u yoki bu omillaridan tarkib topgan vaqtinchalik 
vaziyatni ifodalaydi. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling