Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qonun
- Qonunchilik
- Qonunchilik palatasi
Konstitutsion burch – O`zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada belgilab qo`yilgan, fuqarolar
bajarishlari shart bo`lgan majburiyatlardir. Konstitutsion hukumat – demokratik hukumat qonunga va ayniqsa yozma hujjat– konstitutsiyasiga asoslanadi. Konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta`minlaydi. Shuningdek, ular qonunlar qanday tayyorlanishi va hayotga tatbiq etilishini ham o`zida aks ettiradi. Aksariyat konstitutsiyalar hukumatning vakolati va majburiyatlarini ta`minlaydi. Qonun – oliy yuridik kuchga ega bo`lgan, davlatning qonun chiqaruvchi muassasasi tomonidan yoki aholi tomonidan to`g`ridan-to`g`ri, referendum o`tkazish talablariga muvofiq qabul qilingan va o`zida qonunning amal qilish hududi, muddati va shaxslar doirasida huquqiy munosabatlar sub`ektlari faoliyatining umumiy namunasini mujassamlashtirgan me`yoriy– huquqiy hujjat. Qonun ustuvorligi – ushbu tamoyilning mazmuni shuni anglatadiki, qonun ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qat`iy hukmron bo`ladi. Ya`ni hech kim, hech bir davlat organi, mansabdor shaxs, tadbirkor yoki boshqa bir fuqaro qonunga bo`ysunmasligi mumkin emas, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi; uning barcha ishtirokchilari esa, hech bir istisnosiz, huquq normalarini buzganligi uchun javobgarlikka tortilishi kerak. Huquqiy normalarni tatbiq etishda konstitutsiya va qonunlarning normalari boshqa huquqiy normalardan ustun turadi. Qonunchilik – 1) davlat tomonidan o`z funktsiyalarini amalga oshirish-ning asosiy usullaridan biri bo`lib, davlat hukumati organlari tomonidan qonunlar chiqarishda ifodalanadi; 2) ijtimoiy munosabatlarni to`la tartibga soluvchi huquqiy normalar yig`indisi yoki ijtimoiy munosabatlarning bir ko`rinishi. Qonunchilik palatasi – O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyi palatasi. Qonunchilik palatasi saylov okruglari bo`yicha ko`ppartiyaviylik asosida saylanadigan bir yuz ellikta deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat ko`rsatishiga asoslanadi. Kredit – jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo`sh mablag`larlarini muayyan tamoyillar asosida qaytarish sharti bilan foydalanishga berish jarayonida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar majmui. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling