Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Ijtimoiy soha obektlari – aholining munosib turmush sharoiti va farovonligini ta`minlashga 
xizmat qiluvchi soha va tarmoqlar majmui. Bular qatoriga uy-joy fondlari, sog`liqni saqlash, 
maorif, sport, madaniyat muassasalari va boshqalarni kiritish mumkin. 
Ijtimoiy hamkorlik – xilma-xil fikr va qarashlarga ega bo`lgan, turli millat, irq va dinga 
mansub shaxs va guruhlarning umumiy maqsad yo`lidagi hamjihatligi. 
Iqtisodiy o`sish – real yalpi ichki mahsulot umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga to`g`ri 
keladigan real yalpi ichki mahsulotning oldingi yilga nisbatan o`sishi. 
Import – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini, kapitalini, 
texnologiyasini va xizmatlarni olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir. U vaqtni 
tejashga, iqtisodiyot, aholi ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal qilishga 
ko`maklashadi. 
Investitsion soliq kreditisoliq majburiyati bo`yicha to`lash muddatini o`zgartirish 
imkoniyati beriladi, agarda soliq to`lovchida belgilangan tartibdagi asos bo`lsa, u holda soliq 
to`lovlarini kamaytirilgan holda ma`lum bir vaqt ichida bosqichma – bosqich to`lash mumkin 
bo`ladi. 
Inson omiliamalga oshirilayotgan barcha islohotlarning bosh yo`nalishi va 
samaradorligining pirovard natijasini belgilab beruvchi asosiy tamoyil. Inson omili tarkiban ikki 
muhim jixatni o`z ichiga oladi. Birinchi jihat O`zbekistonda jami ijtimoiy tuzilma, ta`lim va 
sog`liqni saqlash, nafaqa bilan ta`minlash tizimini, aholini ekologik va boshqa xavf-xatardan 
himoya qilishdan iborat. Davlatning doimiy e`tiborini o`zida ifodalaydi. Ikkinchi jihat esa yalpi 
ijtimoiy taraqqiyot jarayonlarida shaxsning o`z ishtiroki, bunyodkorligi, yaratish zavqi, sa`y-
harakatlari va shijoatini ifodalanishini nazarda tutadi. 
Institutsional siyosat - davlat tomonidan mulkchilik, mehnat, moliyaviy, ijtimoiy va boshqa 
sohalarda yangi iqtisodiy institutlarni shakllantirish, eskilarini yo`qotish, mavjudlarini 
transformatsiyalash bo`yicha amalga oshiradigan chora-tadbirlar, hatti-harakatlar. 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling