Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича


Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi


Download 3.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/197
Sana05.10.2023
Hajmi3.5 Mb.
#1692280
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   197
Bog'liq
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish

Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshliligi – iqtisodiyotning to`lovga qodir talabga mos 
keluvchi, iqtisodiy o`sish va turmush sifatini oshirishni ta`minlaydigan tovar va xizmatlar ishlab 
chiqarish va ichki hamda tashqi bozorlarda sotish qobiliyati. 
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi – iqtisodiyotning turli qism va bo`laklari o`rtasidagi 
proportsiyalar va o`zaro nisbatlar. 
Tarkibiy o`zgarishlar siyosati – davlat tomonidan amalga oshiriladigan, iqtisodiyotning 
tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, uning samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar 
majmui. 
Kooperatsiya aloqalari – mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha bir yoki bir necha korxonaning 
hamkorligi. 
Mahalliylashtirish – import qilinadigan tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va 
materiallarni mamlakatda ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish orqali unga bo`lgan ichki talabni 
qondirish va eksportini yo`lga qo`yish. 
Iste`mol bozoridagi mutanosiblik – iste`mol bozoriga taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar 
hajmi bilan aholining to`lovga qodir talabining o`zaro mosligi. 


Tashqi savdo aylanmasi diversifikatsiyasi – eksport va importning tovar nomenklaturasini
va hamkor davlatlar sonining kengaytirilishi. 
Eksportning geografik tarkibi – alohida qit`a mamlakatlari, mamlakatlar guruhlari, yoki 
alohida mamlakatning mamlakat eksportidagi ulushlari nisbati. 
Investitsiyalar – daromad olish maqsadida iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga 
kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar. 
Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va 
boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va 
ularga doir huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka doir huquqlar, shuningdek chet el 
investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi hududida chet el 

Download 3.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling