Иқтисодиётни давлат томонидан тартибга солиш усуллари фани бўйича
Kutilayotgan inflyatsiya darajasi
Download 3.5 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodni davlat tomonidan tartibga solish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari
- Kuchli jamiyat
- Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar
- Mamlakat to`lov balansi
- Mehnat bozori
- Modernizatsiya
Kutilayotgan inflyatsiya darajasi – mavjud ijtimoiy-iqtisodiy axborotlar, ma`lumotlar
asosida alohida shaxs va korxonalar tomonidan kutiladigan bo`lg`usi davrdagi inflyatsiya darajasi. Kuchli davlat – omma faoliyatiga asoslangan kuchli boshqaruv tizimiga, rivojlangan iqtisodiyot, yuksak ma`naviyatga ega bo`lgan davlat. Bunday davlat mustahkam iqtisodiy, huquqiy va ma`naviy asosga ega bo`ladi. Uning qudrati fuqarolar hamjihatligi, jamiyatdagi do`stlik va bag`rikenglik, har bir fuqaroning onglilik darajasi, davlat boshqaruvidagi faol ishtirokiga asoslanadi. Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari – mustahkam iqtisodiy asosga ega bo`lgan, demokratik qadriyatlar qaror topgan, ma`naviy–ma`rifiy yuksaklikka erishgan va boshqaruvning demokratik uslublari shakllangan davlatdan jamoat va nodavlat tashkilotlari hal qiluvchi o`rin tutadigan jamoatchilik fikri, tashabbusi va davlat idoralari ustidan nazorati ustuvor ahamiyat kasb etadigan, fuqarolar o`zini-o`zi boshqarish idoralarining roli muttasil ortib boradigan jamiyatga o`tish kontseptsiyasi. Kuchli jamiyat – mustahkam negizning barqarorligi ta`minlangan, davlatning boshqaruvchilik faoliyati qisqarib, jamoat tashkilotlarining roli kuchaygan, fuqarolarning qonun asosida, ularning huquq va erkinliklari oliy qadriyatlarga aylangan jamiyat. Makroiqtisodiy ko`rsatkichlar – mamlakat yaxlit iqtisodiyoti darajasidagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va hodisalarni o`lchash va baholash imkoniyatini beruvchi ko`rsatkichlar. Masalan, yalpi ichki mahsulot, milliy daromad, iqtisodiy o`sish, ishsizlik, inflyatsiya darajasi va boshqalar. Mamlakat to`lov balansi – mamlakat rezidentlari (uy xo`jaliklari, korxonalar va davlat) va chet elliklar o`rtasida ma`lum vaqt (odatda bir yil) oralig`ida amalga oshirilgan barcha iqtisodiy bitimlar bo`yicha to`lovlar summasining nisbati bo`lib, u o`z ichiga savdo balansi, xizmatlar balansi, o`tkazmalar balansi va kapital operatsiyalarini oladi. Mehnat bozori – mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo`lgan va band bo`lmagan qismlari va ish beruvchilar o`rtasidagi munosabatlarni hamda ularning shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi shartnomalar asosida ishchi kuchi xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, unga bo`lgan talab va taklif o`rtasidagi nisbatlarni bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko`p aspektli, o`suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir. Mehnat haqi – joriy davrda ish beruvchi tomonidan yollangan xodimga bajargan ishlari uchun berilgan pul yoki natura usulidagi to`lovlar bo`lib, ular hisoblangan summalar yig`indisidan tashkil topadi va ikki qismga bo`linadi: ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar. Mikrokredit – xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va boshlang`ich sarmoyani shakllantirishga beriladigan kreditlar. Mikrokreditlar: a) yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmagan tadbirkorlik faoliyati uchun – eng kam ish haqining 50 barobarigacha; b) mikrofirma va dehqon xo`jaliklariga eng kam ish haqining 100 barobarigacha; v) fermer xo`jaligiga eng kam ish haqining 200 barobarigacha beriladi. Modernizatsiya – ob`ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni yangi talab va me`yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko`rsatkichlariga moslashtirish. Download 3.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling