Tashqi savdo – bir mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan savdosi.
Tashqi savdo siyosati – bir mamlakatni boshqa mamlakatlar bilan olib borayotgan savdosi
(eksporti va importi) borasidagi siyosati. Bunga teng huquqlilik va ikki tomonlama manfaat olish
ko`zda tutiladi. Eksport va importning tovar tarkibi va geografik hajmiga asosan olib boriladi.
Turmush darajasi – aholining zaruriy, moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda xizmatlar
bilan ta`minlanganlik hamda ularni iste`mol qilish darajasi.
Xalqaro valyuta jamg`armasi – xalqaro savdo va valyuta hamkorligini rivojlantirishga ta`sir
ko`rsatish maqsadida 1944 yilda tashkil etilgan xalqaro valyuta-moliya tashkiloti. Xalqaro valyuta
jamg`aramasi – a`zo davlatlar o`rtasida valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solib turish va
ularga to`lov balansining kamomadi bilan bog`liq valyutaviy qiyinchiliklar paytida chet el
valyutasida qisqa va uzoq muddatli kreditlar berish yo`li bilan moliyaviy yordam ko`rsatish uchun
mo`ljallangan hukumatlararo tashkilot. XVJ o`z amaliy faoliyatini 1947 yil 1 martdan boshlagan.
Xalqaro tashkilotlar – ularning har biri xalqaro siyosatda o`zlarining faoliyat maqsadlari
yo`nalishlariga qarab, yer yuzi taraqqiyotida egallab turgan mavqelariga qarab, umuman xalqaro
siyosiy-amaliy munosabatlar jarayonida harakatlarga kirishadigan boshqa xalqaro tashkilotlar
tizimidagi maqomlariga qarab ahamiyat kasb etadilar.
Xalqaro tranzit - xorijiy yuklarni jo`natish va qabul qilib olish punktlari berilgan mamlakat
hududidan tashqarida bo`lishi shartida tashilishidir. Agar tovarlar bojxona omboriga
joylashtirilmasdan tashilsa bevosita xalqaro tranzit, bojxona omboridan foydalanilsa – bilvosita
xalqaro tranzit hisoblanadi.
Xizmat ko`rsatish sohasi – ijtimoiy ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan ko`rinishga
ega bo`lmagan iste`mol qiymatlarini yaratishga yo`naltirilgan sohalari. U o`z ichiga moddiy
xizmatlar ko`rsatish (transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va boshqalar) hamda nomoddiy
xizmatlar ko`rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o`qitish, malaka oshirish va boshqalar)ni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |