«ИҚтисодий фанлар» kaфедраси «ИҚтисодиёт назарияси» фанидан маърузалар матни


 Iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti va vazifalari


Download 100.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana09.01.2022
Hajmi100.41 Kb.
#261237
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси

3. Iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti va vazifalari.

Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo’lib, falsafa, sostiologiya, ‘sixologiya, huquq,

siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir, ulardan

uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularning

hech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining o’rnini bosa olmaydi, bu fanning o’z vazifasi va

‘redmeti bor.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni o’rganib,

sintez qilishdan boshlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.




Iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib,

odamlarga nimani o’rgatadi, degan savolning echimi juda murakkab bo’lib, bu haqda

o’tmishda ham, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.

Masalan, Aristotel bu fanni uy xo’jaligini boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan deb

qaragan bo’lsa, merkantilistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari

unga boylik to’g’risidagi, uning manbalari va ko’’aytirish yo’llari, boylikni ishlab chiqarish,

taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish to’g’risidagi fan deb qaradilar. Keyingi ‘aytda

mazkur fanni xalq xo’jaligi, ijtimoiy xo’jalik to’g’risidagi fan deb ham hisoblamoqdalar.

Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va

ayirboshlashni boshqarish qonunlari to’g’risidagi fan deb ko’rsatadilar. A.Marshall esa

iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining ‘redmeti insoniyat, jamiyatning me’yoridagi

hayotiy faoliyatini tadqiq qilishdan iborat, deb yozadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda

va ayrim asarlarda uning ‘redmeti moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar

o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishdan iborat, deb ko’rsatilgan edi.

AQSh va boshqa ba’zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida

(iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning ‘redmeti

kishilarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan

samarali foydalanish muammolarini tahlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini

o’rganishdan iborat, deb ko’rsatilgan.

Bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan hozirgi davrda Rossiya Federastiyasida chiqarilayotgan

turli iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning ‘redmeti bo’yicha bir-biriga yaqin

bo’lgan ta’riflar berilmoqda.

Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, ‘rofessorlar L.S.Tarasevich va A.I.Dobrininlar

boshchiligida chiqarilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan «Rastional xo’jalik

yuritish tizimining tarkibiy evolyustiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a’zolari

va guruhlarining farovonligi, iqtisodiy o’sishning omillari va qonuniyatlarini o’rganadi»,

deb ko’rsatilgan.

1

Akademiklar G.’.Juravleva va V.I.Vidya’inlar boshchiligida chiqarilgan «Umumiy iqtisodiyot



nazariyasi» nomli darslikda ‘rofessor A.I.Dobrininning fikriga asoslangan holda: «Umumiy

iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo’lib, u cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni

qondirish maqsadida moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va

iste’mol qilish jarayonlarida kishilar va guruhlarning xulq-atvorini o’rganadi», deyilgan.

2

‘rof. V.D.Kamaev boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «Iqtisodiyot nazariyasi»



asoslari bo’yicha darslikda iqtisodiyot fanining ‘redmeti — cheklangan resurslar dunyosida

ne’matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o’rganishdan

iborat deb ta’kidlanadi.

3

‘rof. D.D.Moskvin boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «Iqtisodiyot nazariyasi



asoslari» darsligida iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti – ishlab chiqarish

munosabatlarini va ularning ishlab chiqarish kuchlari bilan o’zaro ta’sirini o’rganadi

deyiladi.

4

‘rof. E.F.Borisov o’zining «Iqtisodiyot nazariyasi» nomli kitobida fanning ‘redmetiga



qisqagina - u iqtisodiy munosabatlarni o’rganadi, deb aytib o’tib ketadi.

5

Iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti to’g’risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko’rinib



turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida


kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan munosabatlarni o’rganishga alohida e’tibor berilgan

bo’lsa, «Ekonomiks»da va bozor iqtisodiyotiga doir Rossiyada chiqarilgan darsliklarning

ko’’chiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo’lgan

munosabatini, xatti–harakatini o’rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli

foydalanishlariga alohida e’tibor berilgan.

Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini

ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo’l qo’ymasligi lozim.

Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, eng avvalo,

tabiat ashyolari, moddiy vositalar, ‘ul mablag’lari orqali amalga oshiriladi va ulardan

foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan 

tovar va xizmatlarga

,

ulardan unumli foydalanishga bo’lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o’zaro



bog’liqligi va bir-biriga ta’sirida o’rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hech qanday mehnat

yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan

aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat

ko’rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o’zaro munosabatda bo’ladilar va shu

munosabatga qarab harakat qiladilar, o’z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar.

Demak, iqtisodiyot nazariyasi fani shu munosabatlarning ikki tomonini qamrab olgan

bo’lishi, ularni o’rganishi lozim. Bundan tashqari mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar

ishlab chiqarish jarayonining o’zidagina emas, balki takror ishlab chiqarishning barcha

fazalarida ishlab chiqarish, ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish,

ya’ni iste’mol qilish jarayonlarida ham sodir bo’ladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining

‘redmetini aniqlashda shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning ko’’gina

tomonlari aniq iqtisodiy fanlar, ya’ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot

va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi

fanlar tomonidan o’rganiladi.

Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, ‘ul muomalasi,

bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonometrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalteriya

hisobi, xo’jalik faoliyati tahlili kabi fanlarda o’rganiladi.

Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog’liq holda mavjud bo’ladi, ulardan

ayrim aniq tomonlarni oladi va rivojlantiradi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq

iqtisodiy fanlarning nazariy asosi, ya’ni ‘oydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy

yo’nalish beradi. Ularning hammasi uchun umumiy bo’lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-

qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sohalari, tomonlari o’rtasidagi aloqadorlikni va

o’zaro ta’sirni o’rganadi va aniqlab beradi.

Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining ‘redmeti - iqtisodiy resurslar

cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy

ne’matlarni (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish

jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo’jalikni samarali

yuritish qonun–qoidalarini o’rganishdan iborat, deb aytish mumkin.

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon va

makonda shaklan va mazmunan o’zgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy

tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o’zgarib turishini, ularning doimo harakatda,

rivojlanishda bo’lishini o’rganadi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy

voqea hodisalar va jarayonlarning mazmuni hamda mohiyatini o’rganibgina qolmay,

ularning o’zaro aloqadorligini, bir-biriga ta’sirini ham tahlil qiladi.

Iqtisodiyot nazariyasi o’rganishi lozim bo’lgan muhim yo’nalishlardan biri cheklangan

iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy xo’jalikni samarali yuritish va

boshqarish, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning omillari, qonuniyatlari va



yo’llarini o’rganish va ko’rsatib berishdan iboratdir. Bu esa fanning ‘redmeti, uning

maqsadi va vazifalarida yanada oydinroq ko’rinadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya’ni ham amaliy va

ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.

Aksariyat hozirgi zamon iqtisodiy adabiyotlarida iqtisodiyot nazariyasining to’rtta asosiy

vazifasi ajratib ko’rsatiladi:

1) bilish vazifasi - har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham fundamental

ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, boshqa moddiy ashyolar hamda

o’zaro bir-birlari bilan aloqalarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq etib,

bizni o’rab turgan olam to’g’risidagi fikrlarimizni kengaytiradi;

2) amaliy vazifa – amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi cheklangan resurslardan unumli

foydalanib iqtisodiy o’sishni ta’minlash va shu asosda o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondira

borishdan iborat. Shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir

birligi evaziga ko’’roq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatishni ta’minlash, har bir

faoliyat turi bo’yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya’ni tovar va xizmatlar

miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo’llarini to’ishdan iboratdir;

3) uslubiy vazifasi – iqtisodiyot nazariyasi fanining o’zi, tahlili va uning tamoyillari,

olingan xulosalar

, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari

uchun uslubiy asos bo’lib xizmat qiladi;

4) g’oyaviy-tarbiyaviy vazifasi – ushbu vazifa shundan iboratki, uning yordamida

talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o’rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini

shakllantiradi, milliy istiqlol g’oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat

manfaatlari yo’lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko’’aytirish, milliy ‘ul

qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo’lishini ta’minlash,

mamlakat aholisining turmush darajasini ko’tarish ruhida tarbiyalaydi. Iqtisodiyot

nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson mehnatining mahsuli ekanligini

tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.

«Zaminimizda yashayotgan odamlarning munosib va erkin, faravon hayotini ta’minlash,

har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan to’liq foydalanish uchun barcha zarur sharoitlarni

yaratish - jamiyatimizni isloh qilish va yangilash ‘aytida oldimizga qo’yayotgan g’oyat

muhim vazifalardandir»

1

. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan



ta’minlash, ‘ulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy himoya qilish yo’llarini

ko’rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib,

uning sohalari, ko’rsatkichlari, omillari o’rtasidagi bog’lanishlarni, iqtisodiy o’sish yo’llarini

aniqlab ko’rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo’lib xizmat

qiladi.

Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan

kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun

o’zgarishlarini, ichki bog’lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni,

tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va

iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o’rgatishdan iboratdir.

Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy tomonlari

bir–biri bilan chambarchas bog’liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo’lishni, u

bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko’ra bilish va

amaliy harakat yo’lini to’g’ri belgilash imkonini beradi.




Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va hodisalar sirini

bilishda ilmiy qo’llanmadir.

«‘irovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish

borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, ilmiy asos - bu

milliy g’oya, milliy mafkuradir»

2

. Shu aqidadan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi fani



«Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini

o’zgartirish»

3

 vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik



maqsadlardan biri bo’lib hisoblanadi. ‘rezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab o’tganlaridek:

«Jamiyatda hayotga, o’zgarishlarga befarq qaraydigan loqayd kimsalar bo’lmasligi kerak.

Bu taraqqiyotimizni orqaga surib yuboradi. Inson buyuk, ezgu orzular bilan yashasin. Uni

nafaqat mamlakat, balki jahonda ro’y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi

chegaralanib bir qoli’da qolmasin. Milliy g’urur, istiqlol mafkurasi g’oyalari unga doim

hamroh bo’lsin»

1

. Bu maqsadga erishish uchun «Iqtisodiyot nazariyasi» fani



‘rezidentimiz I.A. Karimovning so’zlagan nutq va ma’ruzalarida, asarlarida ko’rsatib

berilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davri tamoyillarini, o’tishning o’ziga xos yo’lini, o’zining

iqtisodiy qonunlarini, yo’l-yo’riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan

qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarning

chuqur tahlilini, uni echish yo’llarini yoritmog’i, o’tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari,

ko’’ ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning vujudga kelish yo’llari, usullarini

ko’rsatib bermog’i lozim. 


Download 100.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling