«ИҚтисодий фанлар» kaфедраси «ИҚтисодиёт назарияси» фанидан маърузалар матни


Download 100.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana09.01.2022
Hajmi100.41 Kb.
#261237
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси

resurslar deganda jamiyat, mamlakat, ayrim korxona va firma, oila ixtiyorida to’’lanib,

ayni vaqtda mavjud bo’lgan, tovar ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish, ularni iste’molchiga

etkazib berishda va iste’mol jarayonlarida foydalanish mumkin bo’lgan imkoniyatlar, qo’r-

qutlar va manbalar tushuniladi. Tabiiy resurslar (er, suv, o’rmon, er osti boyliklari), ishchi

kuchi resurslari, moddiy resurslar (binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-uskunalar,

inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, ularning qo’r-qutlari, ‘ul mablag’lari va

boshqalari) ana shular jumlasidandir. Iqtisodiy resurslarning ishlab chiqarish omillaridan

farqi shundaki, ularga ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchi kuchi, tabiiy resurslar va

ishlab chiqarish vositalaridan tashqari hamma moddiy resurslar, tovar va ‘ul resurslari

ham kiradi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli hamma odamlar xohlagan iste’mol

buyumlarini, trans’ort vositalarini va boshqa narsalarni darhol xarid qila olmaydi va

xohlagancha iste’mol qila olmaydi. Har bir kishi, hatto eng ko’zga ko’ringan davlat arbobi,

sahna yoki s’ort yulduzi ham bu muammoga duch keladi. Resurslar cheklanganligi

faqatgina iste’molni emas, shu bilan birga ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni ham

cheklab qo’yadi. Buning natijasida har bir korxona, mamlakat o’z imkoniyatlarini hisobga

olib, tovarlar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishning hamma turini birdaniga emas,

uning shu davr uchun eng kerakli bo’lgan sohalarini tanlab kengaytirish va rivojlantirishga

e’tibor beradi, resurslarni birinchi navbatda ularga jalb qiladi. Masalan, O’zbekiston endi

mustaqillikka erishgan dastlabki ‘aytda res’ublikamizning energiya mustaqilligini

ta’minlash uchun neft qazib olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga nisbatan ko’’roq

mablag’ ajratishga majbur bo’ldi.



Ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida davlat mavjud ‘ul va valyuta zahiralarini

chetdan iste’mol buyumlarini sotib olib kelishga emas, ularni cheklab, investistiya

tovarlarini, ya’ni yangi texnika va texnologiyalarni sotib olib kelishga qaratadi. Bunda

ayrim sohalarga e’tibor va mablag’ sarflash kuchaytirilgan sharoitda boshqa sohalarga

ajratiladigan mablag’larni ob’ektiv ravishda nisbatan kamaytirishga to’g’ri keladi.

Shunday qilib, resurslarning cheklanganligi ehtiyojni qondirishning muhim yo’li bo’lgan

ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklab qo’yadi. Bu imkoniyatlar darajasi doimo bir

xil bo’lib turmaydi, balki yangi texnikalar va texnologiyalarning yaratilishi va ishga

solinishi ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uning chegaralarini kengaytirish imkonini

beradi. Yangi texnikalar va texnologiyalar, bir tomondan, mehnat unumdorligini, ekinlar

hosildorligini oshirish, energiya, yonilg’i, mehnat va boshqa moddiy resurslarni tejash

imkonini bersa, ikkinchi tomondan, yangi material, xom ashyo, energiya va boshqa

resurslar manbalarini to’ib, hayotga jalb etish imkonini beradi: jumladan, erning chuqur

qatlamlaridagi boyliklarni to’ish va ishga tushirish, jahon okeanining uzoq va chuqur

joylaridagi resurslaridan foydalanish, quyosh energiyasidan foydalanish va h.k. Iqtisodiy

resurslar, ishlab chiqarish va ehtiyojlarni qondirish darajasi o’rtasidagi doimiy va

mustahkam aloqadorlikni quyidagicha ifodalash mumkin:

Иқтисодий ресурслар, имкониятлар 

Ишлаб чиқариш ёки хизмат кўрсатиш даражаси 

Эҳтиёжларнинг қондирилиш даражаси 




Download 100.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling