1-chizma. Tovarlar, xizmatlar va resurslarning takror ishlab chiqarish
jarayonlaridagi harakati.
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy
resurslarning cheklanganligidir.
Bu masalani to’g’ri tushunish uchun, eng avvalo, ehtiyoj nimaligini, uning turlarini bilish
zarurdir.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, inson yashamog’i uchun, eng avvalo, oziq-ovqat, kiyim-
kechak, uy-joy, uy-ro’zg’or buyumlari, trans’ort hamda isitish va yoritish vositalari zarurdir.
Bundan tashqari, inson kamol to’mog’i uchun o’qib, bilim olishi, kasb o’rganishi, malaka
egallashi va davolanishi, dam olishi, turli xizmatlardan foydalanishi va boshqa juda ko’’
hayotiy narsalarga ehtiyoj sezadi. Insonning yashashi va kamol to’ishi, umuman
insoniyatning rivojlanishi uchun kerak bo’lgan hayotiy vositalarga bo’lgan zaruriyati
iqtisodiyot nazariyasi fanida ehtiyoj deb ataladi.
Barcha hayotiy ehtiyojlar (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) ichida
ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o’rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi,
mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan moddiy ne’matlardan hamda
xizmatlardan iborat bo’ladi. Shu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy va
ma’naviy ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o’zlariga
foydali bo’lgan moddiy ne’matlarni xarid qilish va foydalanishga bo’lgan xohishlaridir.
Bular iste’mol uchun zarur bo’lgan ko’’lab hayotiy ‘redmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak,
turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-u’a, engil avtomobil va h.k.) o’z ichiga
oladi. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat buyumi, dabdaba bo’lib
hisoblangan narsa endi eng oddiy hayotiy zarur ‘redmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar
ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy
avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish
kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ehtiyojlarini qondiradi.
Jamiyatning moddiy ehtiyojlari korxonalar va davlat muassasalari ehtiyojlarini ham o’z
ichiga oladi. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar
ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak. Davlat, jamoa va
xususiy korxonalar, mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va
temir yo’llari, maktablar, kasalxonalar qurilishiga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |