«ИҚтисодий фанлар» kaфедраси «ИҚтисодиёт назарияси» фанидан маърузалар матни


Download 100.41 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/22
Sana09.01.2022
Hajmi100.41 Kb.
#261237
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрата махсус таълим вазирлиги солиқ академияси

Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar

o’rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning

o’zaro bog’liqligini ifodalaydi.

Iqtisodiyot nazariyasi fani tomonidan ochib berilgan iqtisodiy qonunlar ob’ektiv amal

qilayotgan iqtisodiy voqelikning umumlashgan nazariy ifodasi bo’lib, u ob’ekiv reallikni

ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar ob’ektiv

xususiyatga ega bo’lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham to’ishi

alohida kishilarning ongiga, ularning hohish-irodasiga bog’liq emas. Ma’lum tarixiy

davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy

tizimning xususiyati va shart-sharoitga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va

amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan

tashqarida, ulardan ajralgan holda amal qilmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti-

harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib to’adi va ular orqali namoyon bo’ladi.

Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarnig xususiyatini bilib, 

ularning


, talablarini

hisobga olib, ulardan foydalanishlari lozim bo’ladi. Masalan, odamlar vaqtni tejash

qonunini, ishlab chiqarish yoki bozor muvozanati qonunlari talablarini bilib, shunga

binoan faoliyat qilsa ish vaqti va boshqa cheklangan resurslar sarfini tejash bilan birga o’z

faoliyatlarini samarali olib borishlari mumkin. Bu talablarga zid har qanday qaror va hatti-



harakatlar kishilarning hoxish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo’jalik

faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgar-chiligiga olib keladi.

Iqtisodiy qonunlar ham tabiat qonunlarga o’xshab, uni bilib, o’z faoliyatida foydalanilsa

insoniyatga katta foyda keltiradi, agar uning mavjudligini tan-olmasdan, talablarini

bilmasdan yoki mensimasdan ko’r-ko’rona xatti-harakat qilinsa, bu katta salbiy ijtimoiy-

iqtisodiy oqibatlarga olib keladi. Lekin iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlari bilan tamomila

bir xil emas. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa

ijtimoiy hayot qonunlari bo’lib, tarixiydir va o’zgaruvchandir, chunki u kishilarning

faoliyati bilan bog’liq bo’lib kishilik jamiyati mavjud bo’lganda ‘aydo bo’ladi va amal qiladi.

“Iqtisodiyot nazariyasi” fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi guruhlarga turkumlaydi:

1. Umumiy iqtisodiy qonunlar - kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida

amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning tez o’sib borish qonuni, takror

ishlab chiqarish qonuni, ishlab chiqarish munosabatlarining ishlab chiqaruvchi kuchlar

xususiyati va rivojlanish darajasi mos kelishi qonuni va boshqalar.

2. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar - insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum

bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni, taklif qonuni va qiymat qonuni.

3. Maxsus, o’ziga xos iqtisodiy qonunlar - alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal

qiladi. Masalan, qo’shimcha qiymat qonuni.

Umumiy iqtisodiy qonunlar ijtimoiy taraqqiyot qonunlari sifatida, ularni belgilovchi

boshqaruvchi qonunlar sifatida namoyon bo’ladi va har bir tarixiy bosqichda ularning roli

o’zgarib boradi. Umumiy iqtisodiy qonunlar bilish, yaxlit va keng ma’noda iqtisodiyot

nazariyasi fani ‘redmetini aniqlashda muhim ahamiyatga egadir. Iqtisodiy qonunlar bilan

bir qatorda iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlarining alohida tomonlarini

tavsiflaydigan iqtisodiy kategoriyalarni (ilmiy tushunchalarni) ham ta’riflab, ularning

mazmunini ochib beradi.


Download 100.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling