Iv bob. Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlari
Download 283.87 Kb.
|
Korporativ boshqaruv
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2-rasm. Korporativ boshqaruv modellar farqlanishi 33
- Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va uning vakolat doirasi
Aksiyadorlar
Ikki pog‘onali (Kontinental Yevropa) Aksiyadorlar Davlat Xitoy
umumiy yig‘ilishi umumiy assembliyasi Aksiyadorlar yig‘ilishi Nazorat kengashi Direktorlar kengashi Direktorlar kengashi Ijrochi direktorlar va top-menejment Menejer va xizmatchilar Boshqaruv kengashi Ijrochi direktorlar va top-menejment Menejer va xizmatchilar Nazorat kengashi Ish boshqaruvchi- lar vakillari Ijrochi direktorlar va bosh menejerlar Menejer va xizmatchilar 4.2-rasm. Korporativ boshqaruv modellar farqlanishi33Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, davlatlar kesimida aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvida umumiy jihatlar bilan birga o‘zaro farqlanishlar ham mavjud. Bu haqda ikkinchi bobda ham to‘xtalib o‘tgan edik. Endi bevosita mamlakatimizda korporativ boshqaruv organlari faoliyati bo‘yicha to‘xtalib o‘tamiz. 33 Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 2012. – P. 446. 75
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va uning vakolat doirasiUmumiy holda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi eng yuqori boshqaruv organi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda eng avvalo aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish tartibi, ko‘rib chiqiladigan masalalar va qaror qabul qilish tartibi xususida atroflicha to‘xtalib o‘tamiz. Aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi har yili o‘tkazilishi shart. Yillik umumiy yig‘ilish esa ustavida belgilangan muddatlarda, ammo moliya yili tugaganidan keyin olti oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Shuningdek, ma’lum bir masalalar bo‘yicha navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishlar ham o‘tkazilishi mumkin. Barcha oddiy aksiyalar bitta aksiyadorga tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlarida aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilmasligini ham alohida ta’kidlash lozim. Umumiy yig‘ilishni kuzatuv kengashining raisi, u uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan taqdirda esa, kuzatuv kengashining a’zolaridan biri olib boradi. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasi va tartibi, yig‘ilish o‘tkazilishi haqida aksiyadorlarga xabar berish tartibi, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazishga tayyorgarlik vaqtida aksiyadorlarga beriladigan materiallarning (axborotning) ro‘yxati kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga quyidagilar kiradi: jamiyat ustaviga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yoki jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash; jamiyatni qayta tashkil etish; jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash; jamiyat kuzatuv kengashining va minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash; jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish; jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish; o‘z aksiyalarini olish; 76
jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash) va rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; jamiyat taftish komissiyasining a’zolarini (taftishchisini) saylash va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish, shuningdek taftish komissiyasi (taftishchi) to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash; jamiyatning yillik hisobotini va yillik biznes-rejasini, shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan kelib chiqqan holda jamiyatni o‘rta muddatga va uzoq muddatga rivojlantirishning aniq muddatlari belgilangan strategiyasini tasdiqlash; jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash; jamiyat kuzatuv kengashining va taftish komissiyasining (taftishchisining) o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan, shu jumladan jamiyatni boshqarishga doir qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan jamiyat kuzatuv kengashining hisobotlarini va taftish komissiyasining (taftishchisining) xulosalarini eshitish; jamiyat tomonidan korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish; qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish; jamiyatning korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish; imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish; aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash; aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash; aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish; jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va (yoki) kompensatsiyalarni, shuningdek ularning eng yuqori miqdorlarini belgilash; sho‘ba va tobe xo‘jalik jamiyatlari bo‘yicha, birlashish, qo‘shib olish, ajralib chiqish bo‘yicha bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 77
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish. Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida jamiyatning kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash to‘g‘risidagi, jamiyatning yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor), kollegial ijroiya organining a’zolari, ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnomaning muddatini uzaytirish, uni qayta tuzish yoki bekor qilish mumkinligi haqidagi masalalar hal etiladi, shuningdek jamiyatning yillik hisoboti jamiyat ijroiya organi va kuzatuv kengashining jamiyatni rivojlantirish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan masalalar ijroiya organ hal qilishi uchun berilishi mumkin emas. Lekin aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan quyidagi masalalar kuzatuv kengashi zimmasiga yuklatilishi mumkin: jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish, shuningdek ustavga jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish hamda jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog‘ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash; korporativ obligatsiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligatsiyalar chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish; qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilish; korporativ obligatsiyalarini qaytarib sotib olish to‘g‘risida qaror qabul qilish; jamiyatning ijroiya organini tuzish, uning rahbarini saylash (tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; jamiyatning ijroiya organiga to‘lanadigan haq va kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash; yillik biznes-rejani tasdiqlash. 78
Download 283.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling