Iv bob. Buzmasdan nazorat qilish (bnq) turlari, uni standartlash va metrologik ta’minlash
Vizual – optik va o‘lchab nazorat qilish
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya
4.3. Vizual – optik va o‘lchab nazorat qilish
Jihozlarning berilgan geometrik shaklidan og‘ishadigan nuq- sonlarni vizual nazorat qilishda turli o‘lchov asboblari va vizual- optik asboblardan foydalaniladi. Kichik bo‘lgan nuqsonlarni o‘lchash uchun mashinasozlikda qo‘llaniladigan standart o‘lchov asboblaridan foydalaniladi: lineyka – chizg‘ich, o‘ramli lineyka (ruletka), shtangelsirkul chuqurlik o‘lchagich, simli tolalar, mu- vozanat o‘lchagichlari, shablonlar va hokazo. Kichik nuqsonlarni o‘lchash RD 03-606-03 «O‘lchov va vizual nazorat qo‘llanmasi» ga mos ravishda amalga oshiriladi. Metall konstruksiyalari nuqsonlarining deyarli 95% payvandlangan yer- larini tashkil etishini hisobga olsak, bunda standart instrument- lardan tashqari boshqa maxsus asboblarni ham ishlatish ko‘zda tutiladi, masalan, payvandlovchining universal shabloni UShS-3, tayanchli shtangelsirkuli SHTS-1 va boshqalari. Sanab o‘tilgan asboblar bilan o‘lchashning aniqligi o‘rtacha olganda o‘lchov shkalasining yarmi qiymatini tashkil etadi. Optik vositalar bilan vizual nazorat qilishni, shuningdek, vizual- optik nazorat ham deyiladi. Optik vositalardan foydalanish inson- ning tabiiy ko‘rish imkoniyatlarini amalda kengaytiradi: o‘ta aniq- likda o‘lchashni amalga oshiradi, juda mayda nuqsonlarni topishda qo‘l keladi, inson kira olmaydigan joylarda yopiq konstruksiyalarda nazorat qilish imkonini beradi. Bunda ruxsat etilgan qobiliyatni oshi rilishiga bog‘liq ravishda bu holat 1–5 mkm gacha yetadi. Vizual-optik nazorati asboblari uchta guruhga bo‘linadi: – yaqin joylashgan obyektlarni nazorat qilish uchun (lupalar, mikroskoplar); 23 – uzoq masofada joylashgan obyektlarni nazorat qilish uchun (ko‘rish optik quvurchalar, binokllar, teleskoplar); – yopiq obyektlarni nazorat qilish uchun (endoskoplar). Lupalar yaqin joylashgan obyektlarni 2x–20x marotaba katta- lashtirib nazorat qilish uchun ishlatiladi. Kattalashtirish qanchalik yuqori bo‘lsa shuncha fokus masofasi va oraliq masofasi kam bo‘ladi. Shuning uchun kuzatuv lupalari deganda ularning kattalashti- rishi 2x–4x bo‘lganlari tushuniladi. Biron-bir moslamani taqib olmagan ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan elementlarni ko‘rishda qo‘llaniladigan mikroskop ko‘p linzali murakkab qurilma hisoblanadi. Mikroskop optik xos- salari boshqariladigan bo‘lib, 2000x kattalikkacha tiniq sifatli tas- virlarni ko‘rish imkonini beradi. Juda kattalashtiradigan mik- roskop lar qoidaga asosan statsionar hisoblanadi. Vizual-optik diagnostikalash maqsadida nazorat qilish uchun nazorat qilinadi- gan obyektning o‘ziga o‘rnatiladigan olib yurishga mo‘ljallangan mikroskoplardan foydalaniladi. Ularning kattalashtirishi asosan 100x dan oshmaydi va gabarit o‘lchamlari va massasi statsionar mikroskoplarnikidan birmuncha kamdir. Kattalashtirishi bilan birga ishlatilish sohasini ko‘rsatuvchi mikroskoplarning asosiy parametrlari quyidagilardir: kuzatish maydonining kattaligi; mikroskopning ishchi masofasi (obyektdan predmetgacha); okulyar mikroskop shkalasining bo‘lish qiymati oralig‘i ( ≈0,01…0,005 mm); ta’minlanganligi va yoritish quvvati; asbobning gabariti va massasi. Ichki sirtlarni nazorat qilish va sirt oraliqlaridagi qiyin aniqla- nadigan nuqsonlarni topishda sanoat endoskoplari qo‘llaniladi. Neft va gaz sanoati sohalarida quyidagi sanoat endoskopik tizim- laridan foydalaniladi: qo‘zg‘almas endoskoplar (boroskoplar), egi- luvchan optik tolali endoskoplar, videoendoskoplar. Ular obyektlarni yoritish uchun quyidagi yorug‘lik manbalari- dan (yoritish blokidan): optik sistemani uzatkichdan, asbobni ku- zatuv maydoni o‘lchami va yo‘nalishini o‘zgartiruvchi nasad- kadan, foto yoki videokamerada vizual kuzatish uchun okulyarli obyektivdan, nasadkani boshqaruvchi va obyektivni fokuslovchi mexanizmdan tarkib topgan bo‘ladi. 24 Konstruksiyasiga asosan qotirilgan endoskoplar linzali kon- struksiyaga ega bo‘lib, uning mos keluvchi uzunlikdagi ichki to‘g‘ri quvurchasida optik uzatuvchi sistema ulangan. Qattiq en- doskoplarning ishchi uzunligi 1500 m gacha va ishchi qismining diametri mos ravishda 1,7; 2; 2,7; 4; 6; 8, 10 mm larni tashkil eta- di. Bunday endoskoplar ham havo muhitida va ham neft mahsu- lotlari, gidravlik suyuqliklar, ko‘pchilik sanoat erituvchilari va suv muhitida ishga yaroqlidir. Qotirib qo‘yiladigan endoskoplarning asosiy kamchiliklari bu ularning katta o‘lchamliligi hamda ichki egri-bugri sirtlarni nazorat qilish noqulayligidir. Optik tolali endoskoplarning kuzatish maydonini kengaytirish uchun iloji boricha artikullash maqsadida ikki yoki to‘rtta tekis- likda ularni qo‘shpo‘latli chekka bilan (qo‘shpo‘latli chekka qis- mini egilgan joyini) jihozlanadi, buning natijasida ishning murak- kablashishida kuzatish yo‘nalishini turli burchaklarga o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Misol tariqasida 4.3.1-rasmda optik tolali en- doskopning umumiy ko‘rinishi va juft po‘latli chekkaning artiku- latsiyasining to‘rt tomonli sxemasi keltirilgan. a b Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling