Iv bob. Buzmasdan nazorat qilish (bnq) turlari, uni standartlash va metrologik ta’minlash


Download 1.12 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana11.03.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1259501
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-laboratoriya

4.3.1-rasm. Tolalioptik endoskoplar: 
a – endoskopning yoritish bloki bilan birga umumiy ko‘rinishi;
b – juft po‘latli chekka artikulatsiyasining to‘rt tomonli sxemasi.
Obyektning tizimli o‘lchamlari katta nuqsonlarini o‘lchash 
uchun va uni berilgan geometrik shaklidan og‘ishtirish uchun geo-
dezik optik-elektronli va lazerli asboblardan foydalaniladi. Texnik 
diagnostika jarayonida ko‘pincha dalnomerlar (uzoqlikni o‘lcha-
gich lar), nivelirlar, teodolitlar va taxomerlar ishlatiladi (4.3.2-rasm).


25
a
b
d
4.3.2-rasm. Uzoqlikni o‘lchagichlar: nivelir, teodolit, taxomer
Dalnomer – belgilangan maqsadgacha bo‘lgan masofani aniq-
lash uchun xizmat qiladi. Birinchi optik uzoqlikni o‘lchagichlar – 
bir-biridan ozgina masofada joylashtirilgan ikkita obyektivga ega 
bo‘lganlar. 
Tasvir hosil qiluvchi linzalar va oynalar sistemasi yordamida 
nazorat obyekti turli obyektivlardan bitta okulyarga uzatiladi va 
bir-birining ustiga tushiriladi. Fokslashni o‘zgartirib turib, ikkita-
lik tasvir bitta yagona holatga birlashadi va hisoblash shkalasi bi-
lan obyektgacha bo‘lgan masofa aniqlanadi. Aniqligini oshirish 
uchun obyektivlar orasidagi masofaning maksimal katta olinishi 
qabul qilingan, bu esa uzoqlikni o‘lchash asbobining (dalnomer) 
gabariti va massasi oshirilishiga va ularning qo‘pol bo‘lishiga olib 
keldi. Biroq obyektivlar orasidagi bazani oshirish ham o‘lchashning 
kerakli aniqligini ta’minlay olmadi. 
Hozirgi vaqtda optik dalnomer o‘rniga qulay bo‘lgan kompakt 
lazer dalnomeri ishlatiladi. Bunga esa kichik gabaritli lazerlar ixtiro 
qilinganidan keyin mumkin bo‘ldi, hamda dalnomerlarning o‘lchash 
aniqligi bir necha marotaba darajalarga oshdi. Lazerli dalnomeri-
ning ishlatilish usuli oddiydir. Boshqaruvchi nishonga dalnomerni 
yo‘naltiradi va lazer nuqtasini bosib uni faollashtiradi va uni nishon 
tomonga yo‘naltiradi. Nishondan aks etib qaytgan nurni dalno-
merning maxsus ushlab qolish qurilmasi qabul qiladi. Dalnomerda 
elektron soat o‘rnatilgan bo‘lib, undan nishonga nur berilganida bu 


26
soat ishga tushadi va nishondan nur aks etib qaytganida bu soat 
to‘xtab qoladi. Yorug‘likning aniq bo‘lgan tezligi va nishonga undan 
borib-keluvchi nurni o‘tish vaqti bo‘yicha nishongacha bo‘lgan 
masofa aniqlanadi. Yer yo‘ldoshining obyektlarni navigatsiyalashida 
ishlatiladigan yanada mukammal bo‘lgan lazerli dalnomerlar vaqt 
oralig‘ini bildiradigan 1•10
-9 
soniya aniqligidagi vaqt intervali hisob-
lagichi bilan jihozlangan bo‘ladi (vaqtning bu kattaligi nanosoniya 
deyiladi). Bu esa oraliq masofani 0,2•10
-5
% aniqligigacha o‘lchashga 
imkon beradi. Burchakli aks ettirgichi bo‘lgan shtativli komplekt bi-
lan ishlatiladigan standart lazer dalnomerlari aniqligi 100 metr 
uchun 1,5 mm gacha aniqlikka ega. Oxirgi vaqtlarda aks ettirmas-
dan obyektgacha (nishongacha) bo‘lgan masofani o‘lchaydigan dal-
nomerlardan keng foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bunday asboblar-
ning aniqlikda o‘lchashining aks etuvchi sirt xossasi va o‘lchash 
nuqtasini o‘lchash sezgirligi ishonchliligini bog‘liqligi tufayli bu as-
boblarning obyektni o‘lchashining uzoqligi 100–150 metrdan osh-
maydi va uning aniqligi 10–20 mm oralig‘ida bo‘ladi.
Nivelir asbobi – bu optik asbob bo‘lib, obyektning butunligi-
cha balandligini yoki uning bir qismini aniqlaydigan qurilmadir. 
Teodolit asbobi yanada universal bo‘lib, u faqatgina balandlik ning 
o‘zini emas, balki balandlik bilan birga vertikal va gorizontal tek-
isliklardagi burchak belgilarni ham aniqlash imkonini beradi. 
Teodolit va nivelir asboblarining asosiy kamchiliklari bu ular-
ning ishlatilishining murakkabligi, bajariladigan ishning hajmi 
kattaligi va o‘lchashning aniqligi kamligidir. Bu muammolar yan-
gi raqamli-geodezik asboblar yaratilganidan keyingina hal bo‘ladi. 
Masalan, raqamli DiNi 22 (4.3.2-rasm) nivelir misolida ularning 
ishlash prinsipini va imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz. 
Bundan nivelir avtomatik ravishda balandlik belgilarini maxsus 
raqamli reykada sanaydi va ularni xotirasida saqlaydi. Ushbu kod-
langan reykalar bilan sanash 0,01 mm aniqlikkacha olinishi mum-
kin, bunda bir vaqtning o‘zida uzoqlikni ham sanash amalga oshi-
riladi. O‘lchash ma’lumotlari asbobning displeyiga kiritiladi va 
uning ichki xotirasida saqlanadi, bu esa dala sharoitlarida dala 
jur nallarini to‘ldirish qiyinchiligini oldini oladi. Raqamli nivelir-
ning pasport bo‘yicha aniqligi kodli reykasi bilan ishlatilganida 1 
km ikki martalik harakat uchun 0,7 mm ni tashkil etadi.

Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling