Iv bob. Buzmasdan nazorat qilish (bnq) turlari, uni standartlash va metrologik ta’minlash
Download 1.12 Mb. Pdf ko'rish
|
1-laboratoriya
Rangli tasvir deganda – hosil bo‘lgan tasvirda rang qalinligi,
to‘yinganligi va tiniqligi bo‘yicha uning farq qilish me’yori tu- shuniladi. Ko‘z ko‘plab rangli soyalarni farqlash qobiliyatiga ega. Shu bi- lan birga ushbu qobiliyat turli toifadagi insonlarda turlicha bo‘lib ularning bu qobiliyatlarini maxsus rang – atlaslari bilan tekshirila- di. Nuqsonning maksimal tasviri tiniqligiga yoritish burchagining aniq burchagini topish, spektr va nurlanish manbaining intensiv- ligi, kogerentlilik darajasi qutblanish darajasi bilan erishiladi. Masalan, metallar va dielektriklardan aks etgan nurlarning farq lanishidan nuqsonlar tasvirini tiniqlashtirishda foydalaniladi (masalan, metallardagi moy dog‘i va hokazo). Inson ko‘zi ko‘rinuvchan diapazon oralig‘ida turli to‘lqindagi elektromagnit nurlanishga (rangga) bir xilda sezavermaydi. Ko‘zning imkoniyati, ya’ni tasvirdagi mayda detallarni farqlay oli- shi ranglilikka, yorug‘lilikka, tiniqligiga va nazorat qilinayotgan obyektni kuzatish vaqtiga bog‘liqdir. Bu holat yorqinlik 10–100 kd/m 2 bo‘lganida va obyektning tiniq tasviri ([K] ≥0,5) hamda ku- zatish vaqti 5–20 soniya bo‘lganida maksimaldir. Ushbu sharoitda 22 va obyektgacha L=250 mm bo‘lgan eng yaxshi masofada ko‘rish- da ko‘zning ruxsat etadigan burchagi α=1ga teng. Nazorat obyek- tining tekis chizig‘i ruxsat etiladigan tekisligi ye=Lsin α= 250•0,0003=0,08 mm vizual nazorat qilishda nuqsonning real aniq lanadigan minimal o‘lchami albatta tekshirayotgan xodim ning tajribasiga va ko‘rish qobiliyatining yaxshiligiga bog‘liq. Taxminan aytish mumkinki, yaxshi ko‘rish qobiliyatiga ega bo‘lgan kuzatuv- chi kuzatish chizig‘iga perpendikular bo‘lgan tekislikda 0,1 mm o‘lchamdagi nuqsonni ham ishonchli ravishda aniqlay oladi. Download 1.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling