IX. 2018. Tarix 1-dars


Download 1.7 Mb.
bet148/302
Sana28.10.2021
Hajmi1.7 Mb.
#169146
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   302
Bog'liq
6-sinf TARIX dars ishlanma (2) [uzsmart.uz]

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

O`quvchilar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, darsga jalb qilish, sinfda ishchi muhitini yaratish, dunyoda va O`zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.



II.Uy vazifasini tekshirish:

O`quvchilarga o`tilgan mavzu bo`yicha quyidagicha savollar beriladi:

1.Sivilizatsiya nima?

2.Qdimgi Yunonistonning tabiiy sharoitini hikoya qilib bering.

3.Xaritadan Qadimgi Yunonistonning joylashgan o`rni Peloponnes, Krit orollarini ko`rsating.

4.Dengiz sayohatlarining sababi nimadan iborat bo`lgan.



III.Yangi mavzu bayoni:

O`qituvchi “Aqliy hujum” usulidan foydalangan holda mavzuni tushuntiradi.

Yunonistonda dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topishi bilan manzilgohlar va shaharlar soni ham ortib boradi. Yunon shaharlarining ko’pchiligi bir qancha manzil­gohlar birlashishi yo’li bilan tashkil topadi. Bunday shaharlar va ularning tevaragida joy­lashgan qishloqlar shahar-davlatlarni vujudga keltiradi. Afina va Sparta davlatlari eng yiriklari bo’lgan. "Polis" deb atalgan barcha shahar-davlat­lar o’z armiyasiga ega bo’lgan. Armiyaning asosini og’ir qurollangan askarlar - goplitlar tashkil etgan. Ular to’rtburchak shaklini yuzaga keltiruvchi bir­ biriga tiqilib olgan qatorlar bilan jang qilish­gan. Jangovar safga shu tariqa tizilish esa falanga deb atalgan.

O’rta Yunonistonning janubi sharqiy qismida tog’lik Attika viloyati joylashgan yarimorol mavjud edi. Mil. avv. II mingyillikda Attikaning g’arbiy qismida yunonlar "Akropol", ya’ni "Yuqori shahar" deb atalgan qal’a quradilar. Afina shahri dunyoga keldi. Attika aholisi uch katta guruhga bo’lingan edi, jumladan: qullar, ajnabiylar (meteklar) va fuqarolar. Kumush konlari mahsuloti va tuz qazib olish Afina davlatiga katta daromad keltirar edi.

Afinada davlat maktablari bo’lmagan. Ota-onalar o’z bolalarini o’qitish uchun pedagogga haq to’lashar edi (yunonchadan "pedagog" so’zi bolani yo’lda kuzatib boruv­chi" ma’nosini anglatadi). Qonun bo’yicha faqat o’g’il bolalar uchun ta’lim olish majburiy edi. Yetti yoshdan boshlab bolalarga yozuv va hisob o’rgatilgan. Metall tayoqcha – stil bilan mum surkalgan taxtachalarga harflarni yozishardi. Puldor ota-onalarning farzandlari esa. Afinada oliy ma’lumot beradigan o’quv yurtlari ham bo’lgan. Miloddan avvalgi XII asrda Janubiy Yunoniston (Lakonika) hududiga ko’chmanchi doriylar qabilasi bostirib kirdi. Ular mahalliy qabilalarni bo’ysundirib, Sparta davlatiga asos soldilar. Sparta eng yirik yunon davlatlaridan biriga aylandi. Sparta urushga tayyorgarlik ko’rayotgan bir shaharga o’xshab qolgan. Ko’chalarda safda yurib kelayotgan spartaliklarni ko’rish va harbiy qo’shiqlarni eshitish mumkin edi.

Qadimgi Spartada kuchli va chidamli odamlar qadrlanar edi. Bolalar ancha qattiq sharoitda voyaga yetishgan. Boshidan mustaqillikka o’rgatish maqsadida ularni deyarli boqishmasdi. Bolalar o’zlariga yegulikni topishga majbur etilgandilar. Bunday sharoitda bolalarning o’g’rilik qilishdan boshqa chorasi qolmasdi. Sparta maktablarida bolalarni harbiy ishlarga o’rgatishar, ularni kuchli va chidamli etib tarbiyalashardi. Spartalik ayollarni ham jismoniy mashqlar bilan shug’ulla­nishga majbur qilishgan.




Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   302




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling