Ix-bob. Ehtimollar nazariyasi 1-§. Hodisalar fazosi, hodisalar ustuda amallar. Hodisaning ehtimoli


Download 0.58 Mb.
bet26/37
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1508368
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37
Bog'liq
Эконометрика 1 курс 2 семестр мажмуа

Tanlab kuzatish metodi
Faraz qilaylik, biror bir jinsli to’plamni son yoki sifat jihatdan o’rganish talab qilingan bo’lsin. Agar to’plamni har bir elementini alohida o’rganilsa, bunday o’rganishga, to’plamni yalpi kuzatish deyiladi. Yalpi kuzatish samolyotsozlik, mashinasozlik, kemasozlik, parashyutsozlik va hokazolarda qo’llaniladi. Ko’p hollarda to’plamni elementlari juda ko’p bo’lsa uni yalpi kuzatish imkoniyati bo’lmaydi.
Agar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yalpi kuzatish natijasida sifati buzilsa yoki kuzatish katta xarajatlar, ko’p vaqt, ishchi kuchi talab qilsa, bunday vaqtlarda ham yalpi kuzatish o’tkazib bo’lmaydi. Masalan: Zavod bir kunda 10000 dona lampochka ishlab chiqarsa, lampochkalarni hammasini tekshirish natijasida ularni sifati buziladi, juda ko’p elektroenergiya sarf bo’ladi, bundan tashqari ishchi kuchi, vaqt sarflanadi. Ana shunday hollarda tekshirilishi lozim bo’lgan asosiy to’plamning bir qismi olib tekshiriladi va natija asosiy to’plamga yoyiladi. Tekshirishni bunday usuliga tanlab kuzatish metodi deyiladi.
1-Ta’rif. Asosiy to’plamdan tekshirish uchun olingan qism to’plamga tanlanma to’plam deyiladi. Tanlanma tuplamdagi elementlar soniga tanlanmaning hajmi deyiladi yoki kuvvati deyiladi.
2-Ta’rif. Tanlanma olingan asosiy to’plamga bosh to’plam deyiladi. Bosh to’plamdagi elementlar soniga uning quvvati deyiladi yoki xajmi deyiladi.
Masalan: 10000 ta ishlab chikarilgan mahsulotdan 1000 tasi olib tekshirilgan bo’lsa, bosh to’plamni quvvati, tanlanma to’plamni quvvatini bildiradi. Tanlab kuzatish paytida bosh to’plamdan tekshirish uchun olingan element tekshirilgandan keyin bosh to’plamga qaytariladi yoki qaytarilmasligi ham mumkin.
Shularga qarab tanlanma takror va takrorsiz tanlanmalarga bo’linadi.
3-Ta’rif. Bosh to’plamdan olingan har bir element tekshirilgandan keyin yana bosh to’plamga qaytarilsa, bunday tanlanmaga takror tanlanma deyiladi.
4-Ta’rif. Bosh to’plamdan olingan har bir element kuzatilgandan keyin bosh to’plamga qaytarilmasa, bunday tanlanmaga takrorsiz tanlanma deyiladi.
Agar tekshirish natijasida mahsulotni sifati buzilmasa takror tanlanma, agar buzilsa takrorsiz tanlanma o’tkazilgani ma’qul. Kuzatish natijasida mahsulotni sifati buzilsa, takror tanlanmada qancha ko’p kuzatish o’tkazilsa bosh to’plamda sifatsiz mahsulotlar shuncha ko’paya boradi va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sifatlilik darajasiga beriladigan bahoni chetlanishi kattalasha boradi. Shuning uchun amaliyotda ko’proq takrorsiz tanlanma ishlatiladi.
Bosh to’plamdan tanlanma to’plam ajratilganda, tanlanma to’plam kerakli sifat bo’yicha bosh to’plamga ekvivalent bo’lishi kerak, ya’ni bosh to’plamni to’g’ri akslantirishi kerak, boshqacha aytganda tanlanma to’plam reprezentativ bo’lishi kerak.
Katta sonlar qonuniga asosan tanlanma to’plam reprenzentativ bo’ladi, agarda uni bosh to’plamdan tasodifiy ravishda olinsa. Agar bosh to’plamni quvvati kattalashib borsa, tanlanma to’plamni quvvatini ham mos holda ko’paytirib byuorish maqsadga muvofiq.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling