9.8.Mikrozarralarni kuzatish usullari. Geyger-Myuller schyotchigi. Ssintillyasion schyotchik. Vilson kamerasi. Pufakli kamera.
Alfa va beta zarralarni qayd etishda quyidagi asboblar qo‘llaniladi ;
Ionizatsion schyotchik, ssintillyasion schyotchik, Vilson kamerasi, Pufakchali kamera, fotoemulsiya.
1.Ionizatsiya schyotchigi-zaryadlangan mikrozarralarning harakatida gaz molekulalarining ionlashuvida gaz razryadining hosil bo‘lishiga asoslangan. Bunday ionizatsion kamerani Geyger-Myuller schyotchigi (GMGS) deyiladi.
1 5
2
4
64-rasm.Geyger-Myuller schyotchigining umumiy sxemasi
1-shisha ballon, 2-silindirsimon kondensator, 3-metall sim (elektrod)4-elektr batareyasi 5-qarshilik
1-shisha ballonda ( bosimda gaz bilan to‘ldirilgan) 2-silindrik kondensator joylashgan bo‘lib,3-metall sim elektrod vazifasini bajaradi. Kondensatorga 5-yupqa qarshilikli () 4-batareyadan kuchlanish beriladi.
Agar kondensatorga biron zaryadlangan zarra uchib kirsa bo‘lib o‘tgan ionizatsiya gaz razryadini hosil qiladi. 5-rezistorda kuchlanish pasayishi bilan kondensator zanjirida qisqa muddatli elektr toki paydo bo‘ladi. Bu kuchlanishlar tebranishlari oddiy radiotexnik asboblar yordamida kuchaytirilib keyin qayd qiluvchi asboblar yordamida yozib olinadi.
SHunday qilib, Geyger-Myuller schyotchigi har bir ionlashgan zarrachani qayd qiladi. Schyotchikning ajrata olish qobiliyati 1 sekund vaqt ichida 10000-15000 zarrachani qayd etish imkoniyatiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |