Ix bob. Ionlashtiruvchi nurlanishlar va ularning xususiyatlari


Bob. Radiatsion ekologiya asoslari


Download 1.87 Mb.
bet26/97
Sana05.01.2022
Hajmi1.87 Mb.
#222377
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97
Bog'liq
Radioekologiya krill-lotin 2

10.Bob. Radiatsion ekologiya asoslari.

    1. Tabiiy va sun’iy radioaktiv manbalarning radiatsion xarakteristikasi.

Radiatsiyaumumlashgan tushuncha. U bir qismi tabiatda erkin holda uchraydigan va yana bir qismi sun’iy yo‘l bilan hosil qilinadigan turli nurlanishlarni qamrab oladi. Bunda massasi noldan farqli zarralardan iborat korpuskulyar nurlanishlar va elektromagnit nurlanishlarni farqlash kerak. Korpuskulyar nurlanishlar zaryadlangan va neytral zarrachalardan iborat bo‘lishi mumkin. Elektronlar, pozitronlar va α-zarrachalar bo‘lsaneytronlar, gamma kvantlar radioaktiv yadrolarning emirilish reaksiyasi natijasida hosil bo‘ladi. Tabiatda mavjud qo‘rg‘oshindan og‘irroq bo‘lgan elementlarning noturg‘un yadrolari α- va β-zarrachalarni (elektron va pozitron) hosil qilib emiriladi, emirilishdan keyin hosil bo‘lgan uyg‘ongan yadrolar gamma kvantlarni nurlantiradi. β-emirilish nisbatan engil yadrolar uchun o‘rinlidir. Radiatsiyaning boshqa tabiiy manbalariga asosan elektron, proton va engil yadrolardan iborat kosmik nurlanishlar misol bo‘la oladi. Xuddi shunday kosmik nurlanishlarning atmosfera bilan o‘zaro ta’sirida neytronlar va protonlar tug‘iladi.

Tezlashtirilgan protonlar, elektronlar va turli yadrolar modda bilan o‘zaro ta’sirlashishda katta miqdorda ham zaryadlangan ham neytral elementar zarrachalarni hosil qilishi mumkin.SHunday qilib, radiatsiya keng ma’nodagi so‘z bo‘lib, birinchidan ilgaridan mavjud ekologik omil bo‘lsa, ikkinchidan texnogen tabiatga ham ega. Umuman olganda radiatsion ta’sirdan qochib bo‘lmaydi. Erdagi hayot million yillar radiatsiya ta’sirida bo‘lib, doimiy radiatsion fon ta’sirida rivojlanib kelmoqda. Radiatsiya turli materiyaning genetik rivojlanishini belgilaydi va shu sababli Erdagi hayot evolyusiyasida muhim o‘rinni egallaydi.

Radiatsiyaning tirik organizmlarga ta’siri (radiatsion ekologiya), radioaktiv nurlanishlarni qo‘llashning ilk paytlaridanoq dunyo olimlarini qiziqtirib kelmoqda. Bu tasodifiy emas, xuddi shunday tadqiqotchilar uning teskari effektlari bilan ham to‘qnash kelgan edi. 1895 yilda Rentgenning yordamchisi V.Grubbe rentgen nurlari bilan ishlaganda qo‘lini radiatsiya tufayli kuydirib olgan bo‘lsa, Fransuz olimi A.Bekkerel radiy nurlanishidan terisini kuchli kuydirib olganligi ma’lum. Ammo barcha radiatsion nurlanishlar ham inson uchun xavfli emas, bu radiatsiyaning turi va energiyasidan bog‘liq.

Masalan, hammamiz elektromagnit to‘lqinlar okeanida yashayapmiz. Quyidagi jadvalda kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlarning keng diapozoni keltirilgan.




Download 1.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling