Ix mavzu. Ishlab chiqarish funksiyalari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Ishlab chiqarish funksiyalari
118 IX MAVZU. ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYALARI 9.1. Ishlab chiqarish funksiyasi tushunchasi Ishlab chiqarish korxona faoliyatining asosiy sohasidir. Korxonalar ishlab chiqarish omillarini qo‘llaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab chiqarish omillari bo‘lmish-ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, shuningdek, pech, xamirqorgich va boshqa asbob-uskunalarga qo‘yilgan kapitaldan non, gumma va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanadi. 70 Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar-mehnat, materiallar va kapitalga ajratishimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida mehnat sig‘imi ko‘rsatkichi orqali ham malakali (duradgorlar, muxandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xo‘jaligi ishchilari)ni, shuningdek korxona rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi. Po‘lat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar borki, ular korxona sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan materiallar hisoblanadi. Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga taaluqlidir. Kiritiladigan omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish o‘rtasidagi o‘zaro munosabat ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalanadi. Ishlab chiqarish funksiyasi korxona ishlab chiqarish omillarining har biri alohida nisbatda qo‘llanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini ko‘rsatadi. 71 Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchi omil-mehnat L va kapital K mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funksiyasini Q=F (L, K) (9.1) tarzida yozishimiz mumkin. Tenglamadan ko‘rinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish omilining miqdoriga bog‘liq. Masalan, ishlab chiqarish funsiyasi bir yilda kattaligi ma’lum bir zavodning mavjud texnologiya va yig‘uv konveyerida band bo‘lgan muayan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab chiqariladigan shaxsiy kompyuterlar maksimal sonini aniqlash imkonini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo sharoitida, mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ishda band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab chiqarish funksiyasi yordamida aniqlash mumkin. Demak, ishlab chiqarish funksiyasi muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi. Masalan, vinoni ko‘p mehnat talab qiluvchi qo‘lda tayyorlash usulida yoki uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib ko‘p kapital sarflash usuli bilan tayyorlash mumkin. Ta’kidlash zarurki, tenglamani (9.1) ma’lum texnologiyaga (ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini o‘zaro bog‘lanishning turli usullari to‘g‘risidagi muayyan bilimga ega bo‘lgan holat 70 Pindayk R., Rubinfeld D. Miqroiqtisod. (Inglizchadan qiqartirib tarjima qilingan. A.O‘lmasov) Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2002.-448 b (140 b). 71 Pindayk R., Rubinfeld D. Miqroiqtisod. (Inglizchadan qiqartirib tarjima qilingan. A.O‘lmasov) Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2002.-448 b (140 b). 119 uchun) qo‘llash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari takomillashib bormoqda, korxona mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish omillarini qatiy belgilangan tarkibda ko‘paytirishi mumkin. Ishlab chiqarish funksiyasi nuqtai nazaridan “mahsulotni maksimal ishlab chiqarish” iborasi juda muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish funksiyalari serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yo‘l qo‘ymaydi-ular korxonalarning iqtisodiy samaradorligini e’tiborda tutadi, ya’ni, korxonalar ishlab chiqarish omillarining har qanday o‘zaro bog‘lanishidan maksimal darajada samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish funksiyalari ishlab chiqarish omillarining o‘zaro ma’lum nisbatda bo‘lishi mahsulotni maksimal ishlab chiqarilishiga erishish bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, hech qachon mahsulot ishlab chiqarishni pasaytiruvchi kombinatsiyalar qo‘llanilmaydi. Ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy samarali deb uylash hamma vaqt ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda olish uchun intilgan korxonalar hech kachon resurslarni bexuda sarflamaydi. 72 Hozirgi davrdagi bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarda ishlab chiqarish omillari bilan uning samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ishlab chiqarish funksiyasi deb ataladi. Masalan, ishlab chiqarish omillari – yer (S), kapital (K) va ishchi kuchi (L)ni ishlab chiqarishda qo‘llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb faraz qilsak, ishlab chiqarish funksiyasi ) , , ( Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling