Ix mavzu. Ishlab chiqarish funksiyalari
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Ishlab chiqarish funksiyalari
L
К S f М dan iborat bo‘ladi. Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning, ya’ni sarflarning har birligi evaziga olingan mahsulotni bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko‘proq mahsulot olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu ko‘rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va ko‘paytirish mo‘ljallangan mahsulot hajmini ishlab chiqarishga qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan turli xil omillar sarfini birdaniga yoki ularning ayrim turlarini ko‘paytirish yo‘li bilan mahsulot hajmini ko‘paytirish mumkin. Lekin boshqa omillar va sharoitlar teng bo‘lgani holda ayrim omillar sarfini oshirish yo‘li bilan mahsulotni cheksiz ko‘paytirib bo‘lmaydi. Omillardan foydalanish va ularning miqdorini oshirish evaziga olingan mahsulot uch xil o‘lchanadi: umumiy mahsulot, o‘rtacha mahsulot va so‘nggi qo‘shilgan mahsulot. Umumiy mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillaridan foydalanish evaziga olingan mahsulotning mutlaq hajmi. Odatda korxona yoki yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchining faoliyati eng avvalo uning umumiy mahsuloti orqali baholanadi. Misol uchun, «A» korxonada 1 oy davomida barcha mavjud resurslardan foydalangan holda 100 birlik mahsulot yaratildi, deb faraz qilaylik. Bu o‘rinda 100 birlik hajmdagi umumiy mahsulot uni yaratishga sarflangan resurslar to‘g‘risida ma’lumot bera olmaydi. Biz faqat ushbu korxona faoliyatini boshqa bir korxona faoliyati natijasiga taqqoslab, baholashimiz mumkin. Masalan, xuddi shu turdagi mahsulotni ishlab chiqaruvchi «V» korxonada bir oy davomida 80 birlik mahsulot ishlab chiqarilgan, deylik. U holda, «A» korxonada «V» korxonaga nisbatan 1,25 72 Pindayk R., Rubinfeld D. Miqroiqtisod. (Inglizchadan qiqartirib tarjima qilingan. A.O‘lmasov) Oliy o‘quv yurtlari uchun qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2002.-448 b (141 b). 120 baravar ko‘p umumiy mahsulot ishlab chiqarilgan, deb xulosa chiqarish mumkin. Biroq, bu mahsulot nima evaziga, qanday sarflar hisobiga yaratilganligini ayta olmaymiz. Buning uchun bizga ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan omillar to‘g‘risida ham ma’lumot kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlardan foydalangan holda o‘rtacha mahsulotni hisoblash mumkin. O‘rtacha mahsulot – jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmi: ) , ( К И М М У (9.2) Aytaylik, 100 birlik mahsulot 10 birlik ishchi kuchi, 8 birlik kapital va 15 birlik tabiiy resurslarni sarflash evaziga yaratilgan. U holda har qaysi omilning bir birligiga to‘g‘ri keladigan mahsulot hajmini hisoblaymiz: 1) ishchi kuchi omili birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot: 10 10 100 И М У birlikka teng. 2) kapital omili birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot: 5 , 12 8 100 К М У birlikka teng. 3) tabiiy resurs omili birligiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mahsulot: 7 , 6 15 100 Е М У birlikka teng. Ishlab chiqarish natijasini baholashda ishlab chiqarish omillari navbatdagi birligini sarflashning maqsadga muvofiqligini o‘rganish, ya’ni har bir omil qo‘shimcha sarfining u keltiradigan samara bilan taqqoslash muhimdir. Bu so‘nggi qo‘shilgan mahsulot ko‘rsatkichi orqali ifodalanadi. So‘nggi qo‘shilgan mahsulot – eng so‘nggi qo‘shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o‘sgan mahsulot hajmi. «A» korxonada keyingi oyda boshqa ishlab chiqarish omillari sarfi o‘zgarmagani holda, ishchi kuchi resurslarining soni 2 birlikka oshirilgan, ya’ni 12 birlikni tashkil etib, buning natijasida umumiy mahsulot 110 birlikka yetgan bo‘lsin. U holda, ishchi kuchi omilining so‘nggi qo‘shilgan mahsuloti 5 birlik (10/2)ni tashkil etadi. Har bir qo‘shilgan omil evaziga olingan qo‘shilgan mahsulot so‘nggi qo‘shilgan omil unumdorligi deb aytiladi. So‘nggi qo‘shilgan mahsulot (o‘sgan) miqdorini so‘nggi qo‘shilgan (o‘sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan qo‘shilgan omil, ya’ni qo‘shilgan kapital yoki qo‘shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi, ya’ni: К М КМ yoki И М КМ (9.3) Bu tushunchalarni yana bir shartli misol yordamida quyidagi jadvalda yanada aniqroq ifodalash mumkin (19.1-jadval). Yuqorida aytilganidek, alohida olingan omil evaziga qo‘shilgan mahsulot ma’lum darajaga borgandan keyin kamaya boshlaydi. Bu kamayish ayniqsa uning har bir birligi evaziga qo‘shilgan mahsulotda aniq seziladi. Mana shu qo‘shilgan omil unumdorligining pasayishiga qarab, marjinalistik yo‘nalish vakillari unumdorlikning 121 pasayib borishi qonuni degan qonunni kashf qilishgan. Ularning g‘oyasi bo‘yicha har bir keyingi qilingan xarajat yoki omil oldingisiga qaraganda kam samara beradi va oqibatda umumiy o‘rtacha mahsulot ham pasayib ketadi. 9.1-jadval Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling