Qo‘shilgan mahsulot va qo‘shilgan omillar unumdorligi
1-yil
2-yil
So‘nggi
qo‘shilgan
miqdor
Qo‘shilgan omillar
unumdorligi
M/
O
Jalb qilingan kapital, ming so‘m
120
150
30
1
Ishchi kuchi (ishchilar soni, nafar)
100
120
20
1,5
Olingan umumiy mahsulot, dona
100
130
30
-
O‘rtacha mahsulot:
100
130
30
-
a) ming so‘m kapitalga, dona
0,83
0,87
0,04
-
b) 1 ishchiga, dona
1
1,08
0,08
-
Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, keyingi jalb qilingan omil yoki xarajat
unumdorligining pasayib borishi qonuni har doim ham amal qilavermaydi. Balki u
quyidagicha to‘rt holat mavjud bo‘lgan sharoitdagina amal qilishi mumkin:
1) ishlab chiqarishning boshqa omillari o‘zgarmay faqat bir omil to‘xtovsiz
oshirilganda;
2) fan-texnika taraqqiy etmaganda yoki ishlab chiqarishga jalb qilinmaganda;
3) omillar o‘rtasidagi miqdor va sifat nisbatlari buzilganda;
4) shart-sharoitni hisobga olmasdan xarajatlar xo‘jasizlarcha, ko‘r-ko‘rona
amalga oshirilganda.
Yuqorida belgilangandan boshqa holatlarda bu qonun amal qilmaydi.
9.2. Qisqa va uzoq muddatda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi omillarining
o‘zgarishi tamoyillari
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish
omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar uchta omil: ishchi kuchi,
mehnat qurollari va mehnat predmetlari bo‘lishi shart.
Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarish omillari, iqtisodiy resurslardan farqli o‘laroq,
o‘z ichiga faqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonida bevosita ishtirok etuvchi
unsurlarni oladi. Misol uchun, iqtisodiy resursning muhim tarkibiy qismlaridan biri
hisoblangan pul resurslari ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo‘llanilmaganligi sababli,
ishlab chiqarish omili bo‘la olmaydi. Ishlab chiqarish omillarining mohiyatini yanada
kengroq tushunish uchun ularning har birini alohida ko‘rib chiqamiz.
Ishchi kuchi deb insonning mehnat qilishga bo‘lgan aqliy va jismoniy
qobiliyatlarining yig‘indisiga aytiladi. Ishchi kuchi mehnat qobiliyatiga ega bo‘lgan
kishilar uchun xosdir. Lekin ishchi kuchi insonning o‘zi emas yoki uning mehnati
ham emas, uning qobiliyatidan iboratdir.
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga
ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi. Bularga mashinalar, stanoklar, traktorlar,
qurilmalar, uskunalar va boshqalarni misol keltirish mumkin.
122
Do'stlaringiz bilan baham: |