Ix –mavzu. Korxona mahsulotlariga narxning shakllanishi


 Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi


Download 187.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana18.12.2022
Hajmi187.9 Kb.
#1030807
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9-MAVZU

9.2. Korxonaning narx siyosati va shakllanish strategiyasi 
Narxning iqtisodiyotdagi о‘rni beqiyos bо‘lganidan uning har bir turidan 
oqilona foydalanish tadbirkorlik uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli 


korxonalar va firmalar narx belgilashga katta e’tibor beradilar. Ular о‘zlarining 
narx strategiyasini ishlab chiqishda quyidagi maqsadlarni kо‘zlaydilar: 
- tovar sotishni kо‘paytirish; 
- kо‘proq foyda olish; 
- о‘rnini muayyan mavqeini saqlab qolish. 
Tovar sotishni kо‘paytirishdan uch natija kutiladi: a) tovar sotishni 
kо‘paytirish orqali bozorda о‘z xissasini oshirish, imkon bо‘lganda bozorni о‘z 
nazoratiga olish; b) har bir tovarni (tovar birligini) sotishdan tushadigan foydaning 
kamayishiga rozi bо‘lgan xolda tovarlarni kо‘plab sotish orqali keladigan yalpi 
foydani oshirish; v) tovarni kо‘p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo-
sotiq xarajatlarini qisqartirish. 
Bozordan raqiblarni surib chiqarib, о‘z mavqeini mustaxkamlash uchun 
firmalar maxsus narx qо‘llaydilar, uni bozorga kirib olish narxi yoki demping narx 
deb ataladi. 
Bu narx raqibni sindirishga qaratilganligidan davlat uni ta’qiklaydi, shu 
sababli firmalar uni yashirin qо‘llaydilar va bu ish rasmiy narxning bir qismini 
kechib yuborish shaklida bо‘ladi. 
Bozorda sotuvchi bilan xaridor о‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bо‘lganidan 
narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi. Xaridor deganda, biz tovar 
va xizmatlarni iste’mol etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun 
resurslarni sotib oluvchi firmalarni tushunamiz. Narxlarning shakllanishida tovarni 
ishlab chiqarishdan tortib, iste’molga yetgungacha bо‘lgan mehnat sarflari ishtirok 
etadi. Jamiki xarajatlar narx tarkibiga kiradi. 
Narxni shakllantiradigan asosiy omillar esa quyidagicha: 
1. Iqtisodiy xarajat darajasi; 
2. Tovarlarning naflilik darajasi; 
3. Tovarga bо‘lgan talab va uning taklifi; 
4. Raqobat shakllari va usullari; 
5. Tovarni iste’mol qilish vaqti. 
Raqobat cheklangan bozorlarda (sof monopoliya, monopolistik raqobat, 
oligopoliya) ishlab chiqaruvchilarning о‘rni bozor narxlarini belgilovchi muhim 
omillardan hisoblanadi. Monopoliya sharoitida bozorda bir turdagi mahsulotlar 
taklif qilinishi sababli narx ustidan tо‘liq nazorat amalga oshiriladi. 
Bu degani monopolist ishlab chiqaruvchilarning narx belgilashdagi 
hukmronligi, iste’molchi daromadlari cheklanganligi bilan tо‘qnash qiladi. О‘rnini 
bosuvchi tovarlarning mavjudligi ham ularning narx belgilashdagi mutlaq 
imkoniyatini cheklaydi. 
Oligopoliya sharoitida esa alohida ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bir-
biriga bog‘liq bо‘lganliklari sababli narxlarni mustaqil belgilashga botina 
olmaydilar. Faqat narx belgilashda yashirincha kelishishlari mumkin. 
Bozor iqtisodiyotiga о‘tish jarayonida narxning roli va ahamiyati beqiyosdir. 
Ma’lumki, hozirgi zamon iqtisodiyoti bozor iqtisodiyotidir. Bu iqtisodiyot Yer 
yuzidagi kо‘pgina davlatlarda turli darajada va о‘ziga xos xususiyatlar bilan 
rivojlanib bormoqda. Uning mohiyat belgilarini eng rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiyotida 
kо‘rish 
mumkin. 
Shunday 
belgilaridan 
biri, 
narxlarning 


liberallashuvi, narx-navoning erkin shakllanishidir. Tovarlar narxini davlat 
yuqoridan belgilamaydi. U bozordagi talab va taklifga qarab, xaridor bilan 
sotuvchining savdolashuvi asosida yuzaga keladi. Kelishilgan narxlar esa bozor 
munosabatlariga xizmat qiladi. Narx pul bilan о‘lchanadi. Bozor iqtisodiyoti pulsiz 
bо‘lishi mumkin emas. Pul esa, iqtisodiy munosabatlarning asosiy vositasi bо‘lib, 
iqtisodiyotda о‘ta muhim rol о‘ynaydi. Pul munosabatlari bozor iqtisodiyotining 
ajralmas qismi hisoblanadi. Pul oboroti, pul emissiyasi, qadri-qimmati, inflyatsiya, 
valyuta kursi kabi hodisalar iqtisodiy vaziyatning kо‘zgusi hisoblanadi. Bozor 
iqtisodiyotida tovar taqchilligi bо‘lmaydi, shu sababdan bozorda ishlab chiqaruvchi 
emas, balki iste’molchi (xaridor) о‘z izmini о‘tkazadi, tovar va xizmatlarni sifati va 
narxiga qarab tanlab olish imkoniyatiga ega bо‘ladi. 
Narx shakllanishida raqobat muhim о‘rin tutadi. Raqobatda yutib chiqish yoki 
yutkazish narxni belgilashga ham bog‘liq. Raqobatlashuv jarayonida xaridor kо‘p 
bо‘lsa, yuqori narx tashkil topadi. Agar sotuvchilar kо‘p bо‘lib, ular 
raqobatlashishsa, past narxlar vujudga keladi. 
Raqobat kurashida xarajatlarni qoplamaydigan, binobarin, zarar keltiradigan 
о‘ta past narxlar ham paydo bо‘ladi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
xо‘jalikni oqilona yuritish esa moliyaviy aloqalar va qiymat qonunlaridan 
foydalanishni talab qiladi.
Korxonflar raqobat kurashida iste’molchilarning imkoniyatlaridan kelib 
chiqib, narxlar diversifikatsiyasi uch xil bо‘lishi mumkin: Istemolchi daromadiga 
kо‘ra istemolchi xajmiga kо‘ra va tovarlar turiga kо‘ra. 
Istemolchilarni daromadiga kо‘ra narxlarni belgilashning ideal varianti har 
bir xaridorning imkoniyatidan kelib Chiqib, u sotib oladigan har bir tovarga 
maksimal narxni xaridorning rezerv narxi deb qaraladi. Har bir xardor uChun 
rezerv narx belgilashdir.
Xaridor uChun rezerv narx belgilashda istemolChilarning daromadiga kо‘ra 
narxlarni ideal diversifikatsiyasilash deyiladi. 
Ideal diversifikatsiyasi firma daromadi kanday bо‘lishini kо‘rib Chiqamiz. 
BirinChi navbatda firma monolog narx R
m
da qanCha foyda olishini aniqlaymiz. 
Buning uChun umumiy ishlab Chiqarilgan va sotilgan tovar xajmi H
m
ning 
har bir qо‘shimCha ishlab Chiqarilgan va sotilgan birlik maxsulotdan olinadigan 
qо‘shimCha foydani qо‘shib Chiqamiz. Bu qо‘shimCha foyda AP=MR-MC ga 
teng. Ushbu Chekli daromad .MR birinChi maxsulot uChun maksimal bо‘lib, 
uning Chekli xarajati MS yeng mimnimaldir. Keyingi har bir qо‘shimCha 
mahsulot uChun Chekli daromad kamayib boradi, Chekli xarajat yesa ortib boradi.
Endi firma ideal diversifikatsiyadan foydalandi deylik. U maxsulot narxini 
har bir haridor uchun u tufayli mumkin bо‘lgan. Maksimal darajada qilib 
belgilaydi, 
va 
natijada 
Chekli 
daromad 
Chizig‘i, 
firma 
foydasini 
masimallashtiradigan ishlab Chiqarish bilan bog‘liq bо‘lmay qoladi. Har bir-birlik 
qushishga maxsulot sotishdan tushadigan qо‘shimcha foyda tovarga tо‘lanadigan 
narxga bog‘liq. Bog‘liq funksiya bshlib, chekli daromad chizig‘i talab Chizig‘i 
bilan ustma ust tushadi. Narx diversifikatsiyasi firmaning harajatlari tarkibiga tasir 
qilmaydi. 



Download 187.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling