Ix-xii асрлар марказий осиё халўлари фалсафаси


Download 155.8 Kb.
bet1/12
Sana19.11.2023
Hajmi155.8 Kb.
#1787060
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
axborot resurslari axborot tehnolog


AXBOROT RESURSLARI - AXBOROT TEHNOLOGIAYASINING ASOSI SIFATIDA
Axborot haqida tushuncha, uning turlari, hususiyatlari
«Axborot» so’zi lotincha «informasion» so’zidan olingan bo’lib, kutilayotgan yoki bo’lib o’tgan voqea, hodisalar to’g’risidagi ma’lumotlarni bildiradi.
Kundalik turmushda har bir mutahassis turli hil axborotlar bilan ish yuritadi. Axborot tushunchasi bir qancha fanlarda turlicha izohlagan. Masalan: Falsafada axborot inson ongiga ta’sir etib, ob’ektiv reallikni aks ettiruvchi va harakatlantiruvchi kategoriya sifatida ishlatiladi.
Kibernetikada, informatika fanida axborot voqea - hodisa to’g’risidagi bilimlarni oshirish yoki noaniqlikni kamaytirish mezoni sifatida qo’llaniladi.
Kompyuterlarni ishlatish faoliyatida esa axborotdan boshqarish funksiyalarini amalga oshiruvchi ob’ekt sifatida foydalaniladi. Axborot tushunchasi ma’lumot tushunchasi bilan o’zviy bog’langan, lekin har qanday ma’lumot axborot bulavermaydi.
Masalan: olma desaq bir necha hil ma’noni tushunish mumkin: kizil olma deganda, mevaning ma’lum bir rangi tushuniladi, demak barcha ma’lumotlar axborotga aylanishi uchun voqea - hodisa to’g’risidagi butun hususiyatlarni ifodalashi lozim.
Hozirgi kunda barcha axborotlarni nisbiy holda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1. Tehnik axborot
2. Agrobiologik axborot
3. Siyosiy axborot
4. Huquqiy axborot
5. Iqtisodiy axborot va boshqalar
Axborotning turlari o’zaro bog’liq bo’lib, bir-birini to’ldirib boradi. Bu axborotlar ichida iqtisodiy axborot asosiy hisoblanib, ular hajmining 80% ni tashkil qiladi.
Barcha axborotlar quyidagi hususiyatlarga ega:
1. uzluksiz hosil bo’lish.
2. harf raqamlarda ifodalanish.
3. Diskret harakterdaligi.

  1. Yig’ish, uzatish, qayta ishlash va boshqa amallarni bajarish mumkinligi.

2. Iqtisodiy axborotning ta’rifi va o’lchov birliklari.


Ta’rif. Axborot nima?
Iqtisodiy axborot deb, halq; ho’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy va moliyaviy faoliyatlarini ifodalovchi ma’lumotlar to’plamiga aytiladi.
Iqtisodiy axborotni o’lchashda turli hil birliklardan foydalanish mumkin.
Masalan: Axborotlarni yig’ish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt, Kilobayt, Megabayt o’lchov birliklaridan foydalaniladi.
1 bayt = 8 bit
1 Kbayt = 1024 bayt
Qayd qilish jarayoniga ko’ra axborotning o’lchov birligi sifatida belgi, so’z, jumla, abzas va boshqa birliklardan foydalanish mumkin.
Axborotni uzatish va qabul qilishda BODO kattaligidan foydalaniladi. 1 Bodo 1 simvolga teng.



Download 155.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling