VII VARIANT
I. Tahlil (nazm). Maksimal ball – 15 ball.
Ko‘zung ne balo qaro bo‘lubtur,
Kim jong‘a qaro balo bo‘lubtur.
Majmu’i davoni dard
qildi
Dardingki, mango davo bo‘lubtur.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki sango fido bo‘lubtur.
Begona bo‘lubtur oshnodin,
Begonag‘o oshno bo‘lubtur.
To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sori ango havo bo‘lubtur.
Boqiy topar ulki bo‘ldi foniy,
Rahravg‘a fano baqo bo‘lubtur.
To
tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli aro navo bo‘lubtur.
Ushbu g‘azalni mazmun va shakl jihatdan tahlil qiling. (15 ball)
II. Tahlil (nazm). Maksimal ball – 10 ball.
“Ul o‘z uyidа o‘lturg‘аnidа hаm ustidаgi аtlаs ko‘ynаk bilаn аdrаs mursаkni оq shоhi dаkаnа
bilаn kаhrаbо tаsbihni qo‘ymаy, qish kunlаri tаnchаdа pаr yostiqqа suyalib,
yoz kunlаri
аyvоnning to‘rigа yoslаnib Hаsаnаlining хоtini bo‘lg‘аn Оybоdоqqа, cho‘ri qiz Hаnifаgа
хаmirni аchitmаslikni, pаlоvni qirmоch оldirmаsliqni tаnbihlаbkinа o‘lturаr edi”.
Sharq xonadoniga xos tasvirlarni qanday davom ettirish mumkin. O‘ziga xos qaynona –
kelin munosabatga to‘g‘risida nima deyish mumkin? Fikrlaringizni asoslashda butun asar
matniga tayanishga harakat qiling. (Abdulla Qodiriy. “O‘tkan kunlar”.
Do'stlaringiz bilan baham: