IV.
Badiiy asar yuzasidan mulohazaga undovchi savol . Maksimal ball – 25 ball.
1. Rey Bredberining “Farengeyt bo‘yicha 451 daraja” asariga ispan shoiri
Ximenesning “Agar senga chiziq tortilgan qog‘oz berishsa, ko‘ndalangiga yoz”
jumlalari epigraf qilib olingan. Ijodkor bu so‘zlari bilan nima demoqchi? Bredberi
romanga nega aynan shu epigrafni tanlagan bo‘lishi mumkin?
(5 ball)
2. O‘ylang va javob yozing. Dastlabki zamonaviy antiutopiya nega aynan 1920-yillarda
Rossiyada yaratilgan bo‘lishi mumkin? (Rus yozuvchisi Yevgeniy Zamyatinning 1921-
yilda yozilgan “Biz” romani nazarda tutilmoqda) Fikrlaringizni izohlang.
(5 ball)
3. Fikrlang va javob yozing. Sizningcha, Erkin Vohidovni olis Hindiston milliy ozodlik
harakati vakili bo‘lgan Nazrul Islom haqida asar yozishga nima undagan bo‘lishi
mumkin?
(5 ball)
4. Fikrlang va javob yozing. Abdulla Oripovning “Jannatga yo‘l” dramasida asar
voqealarini o‘zga makon – “narigi dunyo”da tasvirlashdan maqsad nima bo‘lishi
mumkin? O‘zbek va jahon adabiyotida shunday syujet asosiga qurilgan yana qanday
asarlarni bilasiz?
(5 ball)
5. O‘ylang ham javob yozing. Rauf Parfining “Bukun bir tush ko‘rdim. Tushimda…” deb
boshlanuvchi she’rida tush qanday ramziy ma’nolarni tashigan deb o‘ylaysiz? Nega shoir
aynan tushdan poetik obraz sifatida foydalanmoqda?
(5 ball)
V.
Jadvalda berilgan so ‘zlarni izohlang. Har bir izoh 1 ball bilan baholanadi. Maksimal
ball – 15 ball.
1 Tah-batah
2 Dushvor
3 Na’sh
4 Uzor
5 Dag‘i
6 Osig‘
7 Xobolud
8 Sabza
9 G‘azola
10 Tegru
11 Na’f
12 Beshak
13 Kishtibon
14 Ar
Do'stlaringiz bilan baham: |