Maksimal ball – 15 ball.
1 Vola
2 Itob
3
Tah-batah
4 Dushvor
5 Osig‘
6
Sabza
7 Hola
8 Sabo
9 Mubaddal
10 Zulf
11 Zunnor
12 Fatton
13 Usruk
14
Nazzora
15 Suman
IX. Ijodiy ish .O‘quvchining o‘z ijodidan namuna ilova sifatida test varag‘iga tikiladi.
Ijodiy ish uchun ajratilgan ball 15
№
Topshiriq turi
Maksimal ball
I
Tahlil (nazm)
15
II
Tahlil (nasr)
10
III
Nazariy ma’lumotlar bo‘yicha test
20
IV
Badiiy asar yuzasidan mulohazaga
undovchi savol
25
V
Lug‘at
15
VI
Ijodiy ish
15
Jami ball
100
VI VARIANT
I. Tahlil (nazm). Maksimal ball – 15 ball.
Ayoqingg‘a tushar har lahza gisu,
Masaldurkim: “Charog‘ tubi qorong‘u”.
Tuturmen ko‘zki, ko‘rsam orazingni, —
Ki derlar: “Oqqan ariqqa oqar su(v)”.
Yuzungni tuttum ortuq oy-u kundin,
“Kishining ko‘zidur, ore, tarozu”.
Ko‘zing qonimdin iymanmas, ajabtur, —
Ki: “Qo‘rqar, qaydakim qon ko‘rsa hindu”.
Tilar vaslingni Lutfiy, qil ijobat, —
Ki ayturlar: “Tiloganni — tilogu”
Ushbu g‘azalni mazmun va shakl jihatdan tahlil qiling. (15 ball)
II. Tahlil (nasr). Maksimal ball – 10 ball.
Xayolim bo‘linarmikin deb, tomorqadagi jo‘xorizordan sigirga o‘t yulayotganimda
ertalab Muzaffar «jo‘xori kabob yeyman» degani esimga tushdi. Ukam ham juda kajbahs-da!
Bolani tashlab keta qol, desam ko‘nmaganini ko‘rmaysizmi? Yosh bola kun bo‘yi dalama-dala
yuradi. Og‘ziga bir qoshiq obiyovg‘on tutadigan onasi bo‘lmasa! Peshinda obshi qozondan
sho‘rva ichadi – shu.
Qora ammaning ilojsizligi, Shomurodning kajbahsligi sabablari hamda
uning shunday tabiat egasi bo‘lib
qolganiga olib kelgan omillar, umuman urushning ma’naviy
zarari to‘g‘risida fikrlaringizni bayon qiling. Qarashlaringiz ifodasida asarning to‘liq matnidan
kelib chiqishingiz tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: