Til va nutq
Mavzu
: Meva va sabzavotlar haqida topishmoqlar.
Maqsad
: tarbiyalanuvchilar sabzavot va mevalarni farqlaydilar, lugʻat boyligiga yangi soʻzlarni qoʻshadilar, topishmoqlarning
javobini topish davomida diqqat, xotiralarini rivojlantiradilar, meva hamda sabzavotlarning tuzilishlariga qarab yangi
topishmoqlar toʻqishga oʻrganadilar.
Kerakli jihozlar
: meva va sabzavotlar toʻplami, savatcha, likopcha, “Meva va sabzavotlar” taʻlimiy oʻyini, topishmoqlar kitobi.
Faoliyatning borishi
:
1. Savatdagi sabzavotlarni va likopchadagi mevalarni kuzatish.
2. Oʻzlari bilgan topishmoqlarni doʻstlariga aytish va ularning javobini tinglash.
3. Likopchadagi sabzavot va mevalarni diqqat bilan kuzatish va ularning koʻrinishiga qarab yangi
4. topishmoqlar toʻqish.
5. Bolalarni ragʻbatlantirish.
Qoʻshimcha
: kim qanday sabzavot va mevalarni yaxshi koʻrishi haqida suhbat.
Alohida eʻtibor qaratiladi
: bolalar diqqati va xotirasini rivojlantirish.
Til va nutq
Mavzu
: Qismlardan butun yasa va u haqida hikoya qilib ber.
Maqsad
: tarbiyalanuvchilar diqqati, mavjud qismlardan kerakligini izlay olish va topish va oʻz oʻrniga joylashtirish malakalarini
rivojlantiradilar. Qismlarni birlashtirish orqali sabzavot va mevalarni farqlaydilarva ularniajratadilar.
Kerakli jihozlar
: meva va sabzavotlar rasmlarining qismlarga boʻlingan toʻplami va ularning asl rasmlari
Faoliyatning borishi
:
1. Berilgan toʻplamdagi qismlarni koʻzdan kechirish va vazifani aniqlashtirib olish.
2. Oʻzlari tanlagan qismning qolgan qismlarini topish va birlashtirish.
3. Qismlardan hosil boʻlgan yaxlit rasmlardagi sabzavot va mevalarning nomini aytish.
4. Bolalarni ragʻbatlantirish.
Qoʻshimcha
: kim qanday sabzavot va mevalarni yaxshi koʻrishi haqida suhbat.
Alohida eʻtibor qaratiladi
: bolalar diqqati va nutqini rivojlantirish.
103
Do'stlaringiz bilan baham: |