109
Sanʻat
Mavzu
: Qogʻoz supurgi yasash
Maqsad
: bolalarda yelim, qaychi bilan ishlash malakalari mustahkamlanadi.
Kerakli jihozlar
: namuna, rangli qogʻoz, daraxt novdalaridan tayyorlangan dastaklar, salfetka, yelim.
Faoliyatning borishi:
1. Namunalarni oʻrganish, mavzuga mos topishmoqlarni aytish.
2. Ish uchun kerakli anjomni tanlash va ishni rejalashtirish.
3. Ijodiy ish.
4. Yakuniy suhbat.
Qoʻshimcha
: “Qaysi biri ortiqcha?” taʻlimiy oʻyinini taklif etish.Ota-onalar uchun koʻrgazma tayyorlash.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
gigiyena qoidalariga rioya qilish.
Syujetli-rolli oʻyinlar
va sahnalashtirish
Mavzu
: Yaxshi va yomon. “Zumrad va Qimmat” ertagini sahnalashtirish.
Maqsad
: bolalar ertak qahramonlarining ijobiy va salbiy xususiyatlarini ajrata oladilar, ijrochilik mahoratini
takomillashtiradilar.
Kerakli jihozlar
: oʻyin uchun kerakli boʻlgan
kiyim-kechaklar, idish-tovoqlar, roʻzgʻor buyumlari.
Faoliyatning borishi:
1. Oʻ yin uchun j oy tanlash va kerakli anjomlarni tayyorlash.
2. Ertakni qanday sahnalashtirishni rejalashtirish.
3. Rollarni taqsimlash.
4. Sahna namoyishi.
5. Ijro etilgan obrazlarni tasniflash.
Qoʻshimcha
: “Yaxshi va yomon odatlar” mavzusidagi rasmli kartochkalar bilan ishlashni taklif etish.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
oʻzaro munosabatlar, muomala madaniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: