107
AVGUST. IKKINCHI HAFTA
KATTALARGA QULOQ SOL
Qurish-yasash va matematika
Mavzu
: Buvijonimnikiga boradigan yoʻl
Maqsad
: bolalar yoʻl qurish
kerakli ish ekanligi, qurilgan yoʻlning insonlarga foydasi tegishini tushunadilar.
Kerakli jihozlar
: lego, pazl, qurilish bloklari.
Faoliyatning borishi:
1. Namunalarni oʻrganish orqali vazifani tushunish.
2. Kerakli jihozlarni tanlash
3. Ijodiy ish.
4. Yasalgan yoʻldan Qizil qalpoqcha bilan buvijonnikiga
mehmonga borish
Qoʻshimcha
: keng va tor yoʻllarni mayda detallar bilan toʻldirish
Alohida eʻtibor qaratiladi:
hayot
xavfsizligi asoslari.
Til va nutq
Mavzu
: Nima yaxshiyu,
nima yomon
Maqsad
: bolalar yaxshini yomondan ajrata olishga oʻrganadilar, qisqa gaplardan hikoya tuza oladilar.
Kerakli jihozlar
: mavzuga oid rasmli kitoblar, rasmlar, AKT
Faoliyatning borishi:
1. Kitoblardagi mavzuga mos rasmlar va alohida suratlarni koʻrib chiqish.
2. Mavzuga mos videorolikni tomosha qilish.
3. Rasmlar asosida oʻzaro
suhbat
4. Mavzu yuzasidan sodda gaplar bilan hikoya tuzish
5.
Muhokama, xulosa
Qoʻshimcha
: “Zumrad va Qimmat” ertagini tinglash.
Alohida eʻtibor qaratiladi:
ertakdan yaxshi va yomon xususiyatlaarni farqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: