Ызбекистон республикаси хал+ таълими вазирлиги
Download 0.68 Mb.
|
Nurmamatova Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiya darslarida Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari
- II bob. boshlang’ich sinf tarbiya darsliklarida Bahouddin Naqshband ta’limiy-AXLOQIY qarashlarining asosiy yo‘nalishlari
- Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar r o‘y xati ILOVALAR KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi
- Uchinchidan
- Bitiruv malakaviy ish mavzusining o`rganilganlik darajasi
- Bitiruv malakaviy ishining maqsadi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKАSI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI PEDАGOGIK TA’LIM FАKULTETI BOSHLАNG`ICH TА’LIM NAZARIYASI KАFEDRАSI NURMAMATOVA SHODIYA BESHIMOVNAning “Tarbiya darslarida Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanishning nazariy va amaliy asoslari mavzusidagi BITIRUV MALAKAVIY ISHI Reja: KIRISH I Bob. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarini o‘rganishning nazariy-amaliy asoslari 1.1. XIV asrda Movarounnahrda ijtimoiysiyosiy muhit va Bahouddin Naqshband hayoti 1.2. Bahouddin Naqshbandning pedagogik qarashlari 1.3. Tarbiya darslarida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarini o‘rganish pedagogik muammo sifatida II bob. boshlang’ich sinf tarbiya darsliklarida Bahouddin Naqshband ta’limiy-AXLOQIY qarashlarining asosiy yo‘nalishlari 2.1. Barkamol inson tarbiyasi naqshbandiya ta’limotining negizi sifatida 2.2. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarining o‘quvchilarni ma’naviy tarbiyalashdagi imkoniyatlari 2.3.Tarbiya darslari jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ILOVALAR KIRISH Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev: “Buxoro azaldan ilm, maʼnaviyat markazi. Qadimda bu yerda 30 dan ortiq oliy madrasa boʻlgan. Hech qayerdan buncha koʻp ulamo chiqmagan. Bugun ham yoshlar tarbiyasida, jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashishda Buxoroning oʻz oʻrni bor”- deya ta’kidlaydilar va har kelganlarida tashrifni avvalo shu muqaddas qadamjo Bahovaddin Naqshband ziyoratgohidan boshlaydilar. Davlat rahbarining bunday yo’l tutishi bejizmas. Buyuk ajdodlarimiz yashab o‘tgan davrdan buyon yer yuzida ne-ne suron va to‘fonlar ro‘y berganiga, zamonlar, saltanatlar, hayotga qarashlar o‘zgarganiga qaramasdan, bu piri komilning «Dil ba yoru dast ba kor», ya’ni «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» degan hayotbaxsh hikmati xuddiki shu bugun aytilgandek jaranglamoqda.Hozirgi tahlikali dunyoda, turli nizo va adovatlar hali-beri barham topmagan murakkab bir vaziyatda Naqshband bobomizning millati, tili va dinidan qat’iy nazar inson zotini aziz va mukarram bilish, o‘zaro mehr-oqibat, shafqat va muruvvat muhitini qaror toptirish, etim-esirlarning boshini silash, muhtojlarga yordam berish kabi ezgu da’vatlari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biz Naqshband hazratlarini xalqimizning ruhi va tabiatiga behad yaqin bilgan ana shunday g‘oya va qarashlari uchun ardoqlaymiz, barchamiz uning boy merosidan ma’naviy kuch-quvvat olamiz. Ota-bobolarimiz bu buyuk avliyoga chin dildan ixlos qo‘yib, yuz yillar davomida uni «Bahouddini Balogardon» deb ulug‘lab kelishida ham albatta teran ma’no bor. Darhaqiqat, Yaratganning qudrati bilan karomat sohibi bo‘lgan bu aziz zotning ruhi poklari o‘tmishda ham, bugun ham bamisoli yurtimiz osmonida kezib, ona diyorimizni yomon ko`zlardan, ofatlardan, balo-qazolardan asrab kelmoqda, desak, hech qanday mubolag‘a bo`lmaydi». Darhaqiqat, tasavvuf ta’limotining yirik namoyandasi mazkur ta’limotni demokratlashtirgan ulug‘ alloma Bahouddin Naqshband musulmon olamida o‘zining barkamol inson haqidagi g‘oyalari bilan mashhurdir. Naqshbandiya ta’limotining g‘oyalari milliy istiqlol mafkurasi uchun negiz, poydevor bo‘lganligi uchun ularni tadbiq etish dolzarb masaladir. SHuning uchun ham bugungi kunda Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlarini o‘rganish va allomaning ilg‘or ta’limotini ta’lim-tarbiya amaliyotiga olib kirish o‘ta dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi, bizningcha quyidagi jihatlar bilan ham belgilanadi: Birinchidan, Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraviy muammolarning ma’naviy sohadagi asosiy vazifalardan biri, ajdodlarimiz ilg‘or qarashlarining insonparvarlik mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish borasidagi ishlarni davom ettirish. Toki bu qarashlar xalqimizning ming yillik tarixi, bugungi ma’naviy hayotimizning ham asosi ekani yosh avlod ongiga singib borsin. Shu ma’noda, buyuk ajdodimiz Bahouddin Naqshbandning “Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin” degan hikmati biz uchun muhim hayotiy tamoyil bo‘lib qolaveradi. Ikkinchidan, Naqshbandiya tariqati haqiqatga erishish, mazkur jarayondagi eng muhim shart va bosqich insonning ma’naviy jihatdan kamol topishi, yuksak axloqiy xislatlarni o‘zida mujassam ettirishdan iborat ekanligini ifoda etadi. Naqshbandiya tariqati va uning ta’limotini o‘rganish, bu mavzu ustida jiddiy tadqiqot ishlari olib borishlikni talab etadi. Bu ta’limot, avvalo, insonning o‘zo‘zini anglashi, boshqara olishi muhimligini ta’kidlaydi. Uchinchidan, bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi o‘zgarib, inson qalbi va ongi uchun kurash asosiy masalaga aylangan vaqtda har bir sog‘lom, bunyodkor g‘oyaga e’tibor juda muhimdir. Bahouddin Naqshband ta’limoti g‘oyalari tajovuzkor ekstremistik, aqidaparastlik g‘oyalariga ko‘rko‘rona taqlid qilish hamda g‘aflat botqog‘iga botishga qarshi tura oladigan yashovchan g‘oyadir. Naqshbandiya ta’limoti milliy istiqlol g‘oyasining diniy, ma’naviy ildizidir va milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi – ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta’minlashga xizmat qiladi. Bahouddin Naqshband va naqshbandiya tariqati ahlining bunyodkor qalbi va ezgu amali mustaqil O‘zbekiston Respublikasida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, o‘zaro hamkorlik, imone’tiqod, axloqan poklik, keng dunyoqarash va yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qila oladi. Shu jihatdan qaraganda, boshlang’ich sinflardanoq Bahouddin Naqshband va naqshbandiya tariqati g‘oyalarini yoshlar orasida keng yoyish, ularda ushbu ta’limot g‘oyalarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojni uyg‘otish, hurmatni qaror toptirish quyidagi muhim holatlarni hosil qiladi: milliy qadriyatlar mohiyatini o‘rganish o‘zlikni anglash borasidagi muhim omil ekanligini yosh avlod (o‘quvchi va o’qituvchilar) tomonidan tushunilishi; barkamol inson qiyofasining ular ongida to‘g‘ri aks etishini ta’minlash; o‘quvchilar o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borib, Sharqona odobaxloq me’yorlarining shakllanishi, ularning mohiyati, ma’lum hattiharakatlariga qo‘yiladigan talablarning hayotiy asoslari haqida ma’lumot berish orqali ularda ijtimoiy xulqatvor qoidalariga ixtiyoriy, ongli yondashish borasidagi munosabatni shakllantirish; Tarbiya darslarida o‘quvchilar o‘rtasida Bahouddin Naqshband g‘oyalarini targ‘ib etish asosida ularda manmanlik, kibrhavoli bo‘lish, tanballik, yovuzlik, hasad kabi salbiy xislatlarni shakllanishining oldini olish va boshqalar. Bitiruv malakaviy ish mavzusining o`rganilganlik darajasi: O’tgan asr mustabit tuzumi davrida Bahouddin Naqshband merosi g‘arb mamlakatlaridagidek chuqur o‘rganilmagan bo‘lsa ham V.A.Gordlevskiy, E.E.Bertels kabi SHarqshunoslar tomonidan Sharq tasavvufi doirasida naqshbandiya tariqati borasida ayrim ma’lumotlar qayd etib o‘tilgan. O‘zbek olimlaridan – I.M.Mo‘minov, V.Y.Zohidov, I.O.Sultonov, N.M.Mallaev, SH.M.SHomuhammedov, A.P.Qayumov, M.M.Xayrullaev, E.Rustamovlar ham mazkur ta’limot xususida o‘z fikrlarini bildirganlar. Biroq bunday yondashuv “kommunistik mafkura” talablariga muvofiq alohida risola tarzida namoyon etilmay, balki Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar ijodi yuzasidan yaratilgan asarlarda qismangina bayon etilgan. SHunga qaramay, aynan mana shu olimlarning asarlari naqshbandiya ta’limoti mazmunidan bizlarni xabardor etgan. Xususan, V.I.Zohidovning “Ulug‘ shoir ijodining qalbi” asarida Bahouddin Naqshbandning hayoti va faoliyati, shuningdek, naqshbandiya ta’limotining eng muhim asoslari Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi mutafakkirlar dunyoqarashlari bilan uyg‘un, biroq mazkur yondashuv ham sobiq SHo‘ro tuzumi manfaatlariga mos tarzda bayon etilgan. Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy merosini pedagogik muammo sifatida o‘rganishning keng ko‘lam kasb etishi 1992 yil 4 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Bahouddin Naqshbandning 675 yillik yubileyini o‘tkazish haqidagi Farmoni bilan tavsiflanadi. Bunda 1993 yil 15 sentyabr kuni alloma tavalludining 675 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar muhim rol o‘ynadi. Bahouddin Naqshband tariqati mohiyatini o‘rganish borasida qo‘lga kiritilgan yutuqlar I.Sulton, A.Hayitmetov, N.Komilov, I.Haqqulov, A.Qodirova, Ibrohim G‘ofur, Mahmud Hasaniy, Hamidxon Islomiy, Idris Shosh, S.Olimov, M.Imomnazarov, O.Usmonov, S.S.Buxoriy, Jamol Kamol, Eshqobil Shukur, Muhammad Dovud kabi olim hamda adiblar tomonidan olib borilgan ilmiy, falsafiy hamda badiiy mazmundagi faoliyat bilan bog‘liq. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosini ilmiy asosda maxsus o‘rganish va uni ta’lim sohasiga tadbiq etishga yo‘naltirilgan faoliyat I.Sulton, M.M.Xayrullaev, K.Hoshimov, A.Zunnunov, I.Iskandarov, O.Mirzaev, S.Nishonova, M.Inomova, J.Hasanboev, Sh.Homidiy, A.Munavvarov va boshqalar tomonidan amalga oshirilgan. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi sharoitida demokratik jamiyatni barpo etish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar hamda ular mazmunida ilgari surilgan g‘oyalarni o‘rganishga berilayotgan e’tibor, Bahouddin Naqshband ta’limotining hayotiyligi, o‘zida ezgu qarshlarni namoyon eta olishi, tasavvuf ilmining mohiyatini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishning yuzaga kelishi, Bahouddin Naqshband ta’limoti g‘oyalari asosida o‘quvchi va talabalarni barkamol inson sifatida tarbiyalash asosiy masala bo‘lib hisoblanadi.. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi: boshlang’ich sinf Tarbiya darslarida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarini aniqlash va ulardan yosh avlodni barkamol inson sifatida tarbiyalashda foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Bitiruv malakaviy ishining obyekti: Uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayoni. Bitiruv malakaviy ishining predmeti: Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlaridan uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanishning mazmuni, shakl va vositalari. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling