Ызбекистон республикаси хал+ таълими вазирлиги
Tarbiya darslari jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanish
Download 0.68 Mb.
|
Nurmamatova Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vuqufi zamoniy
- Vuqufi adadiy
2.3.Tarbiya darslari jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanish
“Tarbiya “ darsliklarida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosidan foydalanishdan ko‘zlangan maqsad – o‘quvchilar tomonidan egallangan Bahouddin Naqshband hayoti va ta’limiy-axloqiy qarashlari borasidagi nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularni amaliy faoliyatga tadbiq etish, o‘quvchilar tomonidan tashkil etilayotgan faoliyat, hattiharakatlarning ma’naviyaxloqiy mazmun kasb etishiga erishish, bu borada dastlabki ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, ularda ma’naviyaxloqiy sifatlarni shakllantirish, ushbu sifatlarni yanada boyitish va doimiy sur’atda rivojlantirib borishdan iboratdir. Sinfdan tashqari sharoitda uyushtiriluvchi tarbiyaviy ishlar jarayonida Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanish quyidagi tarbiyaviy ishlar shaklida tashkil etish mumkin: ma’ruza, seminar, suhbat, ifodali o‘qish, matbuot konferensiyasi, o‘quvchilarning nazariy anjumanlari, bahs, sayohat va boshqalar. Ommaviy tarzda o`tkazilgan tarbiyaviy tadbirning xarakteriga ko‘ra o‘quvchilarni barkamol inson sifatida tarbiyalashning ma’lum bir tomonini o‘zida namoyon etishi bilan insoniylik fazilatlarini shakllanishiga ta’sir etadi. Masalan, har damda, har lahzada ogoh bo‘lish, vaqtning qadriga yetishlik, nafs tarbiyasi, qalb pokligi va fidoiy bunyodkor insonlar bo‘lib yetishmoq o`sib kelayotgan yosh avlodning baxti va istiqboli ekanligi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. O‘quvchilar Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlarini o‘rganishi va ularni barkamol inson sifatida tarbiyalashda guruhlar bilan o`tkaziladigan tarbiyaviy tadbirlar ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, u dars jarayonida olgan bilimlarni mustahkamlash, to‘ldirishga xizmat qiladi. Bu guruhdagi tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarning qiziqishlariga ko‘ra uyushtiriladi. Ommaviy tadbirlardan farqli tarzda mag`lub va g`olib aniqlanadi, tarbiyaviy tadbir jarayonida har bir o‘quvchining ma’naviy qiziqishi, qobiliyati, saviyasi, tarbiyalanganlik darajasi, alloma merosiga munosabati namoyon bo‘ladi, o‘quvchi qobiliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi: tarbiyaviy tadbir o‘tkazishda reja, dastur asos bo‘lib xizmat qiladi, natijani yakunlash va baholash faol kechadi. Guruhlar asosida tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘quvchilarning ma’naviyatini shakllantirish bilim, nazariy, amaliy, ijodiy, ijtimoiyma’naviy faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Umumiy O‘rta ta’lim maktablarida “Odobnoma”, “O`qish”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari” fani to`garagi rejasiga Bahouddin Naqshband merosini kengroq o‘rganishga yordam beradigan ilmiy asarlarni o‘qibo‘rganish vazifasi ham kiritiladi. Shu bilan birga mazkur to`garak rejasini tuzishda o‘quvchilar jamoasining xohishistaklari, yosh xususiyati hisobga olinadi. To`garakda o`tkaziladigan mashg‘ulotlar rejasining har taraflama o‘ylanib tuzilishi to‘garak a’zolarining faoliyatini oshirishga yordam beradi. «Oltin meros» to‘garagining ish uslubi quyidagicha bo‘lishi mumkin: Bahouddin Naqshband merosidagi ayrim pandnasihatlarni ifodali o‘qish, ayrimlarining tahlili ustida ishlash, alloma ta’limoti yuzasidan ma’ruzalar tayyorlash va uni muhokama qilish, ayrimlari yuzasidan kitobxonlar anjumani o‘tkazish va boshqalar. Shuningdek, adabiy to`garaklarda mutafakkirning «Diling – Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiorini o‘rganish o‘quvchilarni mehnatsevar bo‘lishga, ularda hurfikrlilik, insonparvarlik, ma’rifatparvarlik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik hissini tarbiyalashga, nafosatlilik g‘oyalarini o`stirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari dramatik to`garaklarda Bahouddin Naqshband hayoti va ta’limoti haqidagi rivoyatlardan kichik sahna epizodlar tayyorlash ham mumkin. O‘quvchilarni ma’naviyaxloqiy, milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga yo`naltirilgan tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati o‘quvchi kundalik hayotining muhim tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu tadbirlarda ishtirok etish natijasida o‘quvchi, birinchidan, o‘quv ishining davomi sifatida turli mavzudagi ma’ruzalar, suhbatlar, savoljavoblarda qatnashadi, o‘z bilim va ma’naviy saviyasini boyitib boradi. Ikkinchidan, bu tadbirlar ta’lim jarayonida beriladigan ma’naviyaxloqiy ko‘nikmalarni mustahkamlaydi, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan boyitadi, o‘tmish ma’naviyaxloqiy qadriyatlariga qiziqishini o`stiradi. Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlari vositasida o`smirlarni ma’naviyaxloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashni ko‘zda tutgan tarbiyaviy tadbirlarga umumiy O‘rta ta’lim maktabi tarbiyaviy ishlarining tarkibiy qismi sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. Uchinchidan, o‘quvchilarni tarbiyaviy tadbirlar jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanish orqali ularda insoniylik fazilatlarini shakllantirish, asosan, maktabning mavjud imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda uyushtiriladi. To`rtinchidan, Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlaridagi odob, axloqiy fazilatlar va ta’limiy qarshlarni o‘rganish, qsmirlarni tarbiyalashga bag`ishlangan tarbiyaviy tadbirlarning mazmuniga o‘rganiladigan davr ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy hayoti mohiyati singdiriladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishda quyidagi talablarni bajarishga e’tiborni qaratish lozim: sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish; mavzuning ma’nosini o‘quvchilarga to‘g‘ri tushuntira olish; ma’naviyaxloqiy tarbiya borasida tarbiyaviy tadbirlarning turli shakllaridan foydalanish va hokazoolar. Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy merosidan tarbiyaviy jarayonda foydalanishga yo`naltirilgan tadbirlar o‘quv faoliyatning uzviy davomi hisoblanib, ular o‘quvchilar tomonidan egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularda ma’naviyaxloqiy mazmundagi amaliy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar jarayonidagi tadbirlarning aniq maqsad va puxta asoslangan vazifalarni hal etishga yo`naltirilishi o‘quvchilarda Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy g‘oyalari asosida muayyan ma’naviyaxloqiy kamolotni ta’minlaydi. Bahouddin Naqshband ta’limotidan darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar o‘quv faoliyatning uzviy davomi bo‘lib, ular o‘quvchilar tomonidan egallangan nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish, ular tomonidan ma’naviy-axloqiy mazmundagi amaliy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirishga yordam beradi. Xulosa Mustaqilligimiz sharofati bilan so‘nggi yillarda Respublikamizda madaniy meros, o‘tmish allomalarning hayot faoliyatini o‘rganish, milliy qadriyatlarni tiklashga katta e’tibor qaratildi va shart-sharoit yaratilmoqda. SHarq xalqlarining buyuk mutafakkirlari ma’rifatparvar allomalarning pedagogik qarashlari, milliy qadriyatlar, jumladan, diniy ta’limotlarimizda ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarni ilmiy jihatdan keng o‘rganishga kirishilmoqda. Darhaqiqat, o‘quvchi va talabalarni bunyodkor g‘oyalarga ega barkamol inson qilib tarbiyalashda Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlari katta ahamiyatga egadir. XIV asr pedagogik fikr namoyandasi Bahouddin Naqshband asos solgan tariqatlar bugungi kunga qadar o‘zining qiymatini saqlab kelmoqda. Naqshbandiya ta’limoti g‘oyalari insoniyatni kamolotga yetaklaydi va tanazzuldan asraydi. Olib borilgan Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, uzluksiz ta’lim tizimida Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy merosidan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish, alloma g‘oyalarini o‘rganish jarayonida o‘quvchi va talabalarning yosh, psixologik xususiyatlarini hamda qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish, pedagoglarning alloma qarashlari mohiyatidan to‘laqonli xabardor bo‘lishlari o‘rganilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo‘lishini ta’minlaydi. «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» amaliyotga joriy etilayotgan, yosh avlodning axloqiy-madaniy tarbiyasiga e’tibor ortayotgan bugungi kunda boshlang`ich sinf o‘quvchilarida Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlarini o‘rganish yuzasidan amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqotlar alohida ahamiyatga ega. «Odobnoma», «O`qish», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari», «Pedagogika tarixi» darslarida va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlaridan foydalanib, ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlar mazmuni, shakl, usul va vositalarini tizim holida ishlab chiqish yuzasidan bajarilgan bitiruv malakaviy ishimizda quyidagicha xulosalar chiqarish imkonini berdi: 1. Ta’lim-tarbiya jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlari g‘oyalaridan tizimli, uzluksiz hamda maqsadga muvofiq foydalanish ma’naviyati barkamol insonni tarbiyalash omillaridan biridir. 2. Pedagogika fanida o‘quvchi va talabalarni barkamol inson qilib tarbiyalashda Bahouddin Naqshband ta’limotidan foydalanishga oid ilmiy izlanishlar, qarshlar, fikr-muloщazalarni o‘rganish asosida mazkur masala ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z echimini kutayotgan dolzarb muammo degan xulosaga keldik. 3. Bahouddin Naqshband ta’limotida ilgari surilgan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnatsevarlik xislatlariga ega bo‘lish borasidagi qarshlar bugungi kunda ham o‘zining asl qimmatini saqlab qolmoqda. SHu bois, ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida unumli, samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir. Yosh avlodni barkamollik sari yetaklovchi ta’limiy-axloqiy sifatlar va mehnatsevarlik xislatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi: a) Vuqufi zamoniy – jamiyatda ogoh bo‘lib yashashlik, vaqtni asrash, umrning har onini g‘animat deb bilishlik, halolu-pok yashash; b) Vuqufi qalbiy - qalb pokligi; Inson qalbi sokin bo‘lishi, hasad, kibr, ta’na kabi illatlardan forig‘ bo‘lishi; v) Vuqufi adadiy – yolg‘iz Allohga itoat etish, bu munosabat xufiy bo‘lishligi; toq bo‘lishi, dil pokligi, yertalab va kechqurun bo‘lishi; kunduzi o‘z xalqi farovonligi va jamiyat rivojiga hissa qo‘shishi; g) Nafs tarbiyasi – inson o‘z-o‘zini nazorat qila olishi; halol luqma, ovqatlanish, uxlash, gapirishda me’yorni saqlash; d) Ezgu niyat ila mehnat bilan barkamol bo‘lish yo‘lini ko‘rsatish orqali, ahli jamiyat uchun mukammal mehnat, ham qalban, ham jismonan harakat qilib, foydali inson bo‘lish; kibrni mehnat bilan yo‘lga solish. «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori mehnatga muhabbat, insonlar mehnatini qadrlash xususiyatlari asosida tarbiya jarayonini takomillashtiradi. 4. Uzluksiz ta’lim tizimida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosini o‘rganishning mavjud holati qoniqarli darajada emas. Mazkur fikr ta’kidlovchi tajriba natijalari bilan izohlanadi. 5. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘qitiladigan «Odobnoma», «O`qish», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari», «Pedagogika tarixi» o‘quv fanlari Bahouddin Naqshbandning ta’limoti to‘g‘risida o‘quvchi va talabalarga puxta nazariy bilimlarni hosil qilish loyihasi asosida aniq maqsad va vazifalarni belgilash imkoniga ega. Egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosini o‘zlashtirish imkonini beradi. 6. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosidan darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilarda axloqiy sifatlar hamda ijobiy mazmundagi faoliyatni tashkil etish borasidagi ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. 7. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy merosi xususida ta’lim oluvchi o‘quvchi yoshlarga chuqur nazariy ma’lumotlar berish, ularda naqshbandiya ta’limotida ilgari surilgan g‘oyalar bilan boyitilgan amaliy faoliyatni tashkil etish. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling