Ызбекистон республикаси хал+ таълими вазирлиги


XIV asrda Movarounnahrda ijtimoiy­siyosiy muhit va Bahouddin Naqshband hayoti


Download 0.68 Mb.
bet4/12
Sana16.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1496337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Nurmamatova Sh

1.1. XIV asrda Movarounnahrda ijtimoiy­siyosiy muhit va Bahouddin Naqshband hayoti
O‘zbekiston Respublikasida barkamol yosh avlodni tarbiyalash jarayonida milliy­madaniy merosni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj va zaruratning vujudga kelishi Bahouddin Naqshband ta’limoti yuzasidan bir qator ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun zamin yaratdi.
Bahouddin Naqshband yashagan davr mo‘g‘ul bosqinchilarining tor­mor qilinganligi va temuriylar saltanatining o‘rnatilishi davridir.
Tarixdan bizga ma’lumki, mo‘g‘ullar hukmronligi davrida Movarounnahr xalqi og‘ir zulm ostida qoldi. Bosqinchilarning beboshligi mehnatkash xalqning sabr kosasini to‘ldirdi. Buxoroda kosib Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan so‘ng mo‘g‘ullarga qarshi hech qanday harakat bo‘lmagan. XIV asrning 30­yillarida Xurosonda mahalliy aholining vatanparvar va ilg‘or qismi bo‘lgan sarbadorlarning (mo‘g‘ullarga qarshi kurashda o‘z boshlarini dorga tikishga rozi bo‘lganlar) mo‘g‘ullardan kichik bir hududni ozod qilganlar, o‘z davlatlarini barpo etib, hatto Sabzovor shahrini bu davlatning poytaxtiga aylantirganlar. Movarounnahrda birinchi bo‘lib 1361­1362 yillar oralig‘ida Samarandda ham sarbadorlar mo‘g‘illarni tor­mor qilib hokimiyatni qo‘lga kiritadilar.
140 yillik mo‘g‘ullar hukmronligidan keyin mahalliy xalqning ozodlikka erishganligi o‘ziga xos muhim hodisadir. Holbuki, sarbadorlar harakati ta’siri ostida Movarounnahrning Samarqanddan boshqa shaharlarida, xususan Kesh bekligida ham aholining katta bir qismi erk va ozodlik g‘ayrat kamarini bog‘lagan edi. Hatto bu xarakatga nisbatan xayrixohlik bilan qaraganlar safida Amir Temurning ham bo‘lganligi uning keyingi faoliyatida ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Sohibqiron Amir Temur tarixan o‘ta murakkab vaziyatda, XIV asrning 60­yillarida siyosat maydoniga chiqadi. Bu davrda mo‘g‘ul hukmdorlari O‘rtasida toju­taxt, davlat va mol­dunyo uchun bo‘lgan kurashlar shu darajada kuchayib ketadiki, oqibatda Movarounnahr hududida o‘nlab mustaqil bekliklar vujudga keladi. SHahrisabzda – Hoji Barlos, Xo‘jandda – Boyazid Jaloyir, Balxda – Amir Xusayn, Shibirg‘onda – Muhammad Aperdi Nayman, Ko‘xistonda – Amir Sotilmish, Arxang saroyda O‘ljay Aperdi va boshqalar o‘zlarini hokimi mutlaq deb hisoblashardi va bir­birlari bilan yovlashib saltanatni talon­taroj qilar edilar. Mo‘g‘ul xonlari o‘tkazayotgan zug‘umlar o‘lkani mushkul ahvolga solib, oddiy xalq turmushi nihoyatda og‘ir sharoitga tushib qoladi. Shu boisdan ham o‘lkada feodal tarqoqlikka barham berish, markazlashgan kuchli davlat hokimiyati barpo etish va so`ngra mo‘g‘ullarning istibdodidan ozod bo‘lishga intilish g‘oyasi tobora kuchayib boradi. Xalqning ana shu istak va orzusini birinchilar qatorida tushungan mahalliy amirlardan biri Temurbek edi.
Amir Temurning Samarqand taxti uchun kurashi davri 1361­1370 yillarni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadga erishish yo‘lidagi dastlabki qadamini Balx viloyatining hokimi amir Xusayn bilan yaqinlashib, Ilyosxo‘jaga qarshi kurashdan boshlaydi. Temurning haq va adolat yo‘lida boshlagan qutlug‘ ishining shiori «Rosti­rusti» bo‘lib, uning ma’nosi «Haqgo‘y bo‘lsang najot topasan» demakdir. U o‘zining butun faoliyati davomida shunga amal qilib yashadi. Amir Temur Movarounnahrni mo‘g‘ullar zulmidan ozod qilishni va markazlashgan kuchli davlat tuzishni o‘z oldiga bosh maqsad qilib qo‘ydi.
Amir Temur amir Husayn ustidan g‘alaba qozongach, butun Movarounnahr uning qo‘li ostida birlashadi.
Amir Temur o‘zining faoliyati davomida tasavvuf ta’limoti shu jumladan, Bahouddin Naqshband tariqatiga amal qildi. Bahouddin Naqshband Temur hukmronlik qilgan davrning buyuk vakili edi. Alloma asos solgan tariqatning mavqei bu davrda ancha yuksaldi.
«Ma’lumki, bir toifa shayxlar amir­amaldorlar, shoxu­sultonlarni o‘z dargohlariga yo‘latmaganlar, mol­mulk egalarining darveshlikka aloqasi yo‘q, deb aytganlar. Bahouddin Naqshband esa tasavvufni «demokratlashtirib», uni hammaga barobar ta’limot deb e’lon qildi» .
Natijada temuriy shayxzodalar, hokim sinf vakillari orasidan chiqqan ayrim kishilar o‘zlarini ma’naviy faqirlikka daxldor hisoblab, naqshbandiya tariqatiga kirganlar.
«Xoja Bahouddin tariqatda shohu gado teng, deyishi bilan kambag‘allar manfaatidan yuz o`girgan emas, aksincha, shoh­amirlarni ham darveshlikka tortib, ularni tarbiyalash, shohlarni qalbini poklashga undab o‘z aqidasini ilgari surgan» . Naqshband bu qarashlari bilan shoh‘larni qalban pok bo‘lishga, komillikka intilishga amaliy jihatdan undagan. SHuning uchun bu ta’limot Amir Temur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Husayn Boyqarolarga ma’qul bo‘ldi. Darhaqiqat, «Dini islomda majburlash yo‘q» , naqshbandiya tariqatida inson erkin bo‘lib, faqat Allohgagina itoat etgan.
Amir Temur ham naqshbandiya tariqatiga amal qilgan holda shunday fikr qiladi: «Piru komil SHayx Bahouddin Naqshbandiyning: «Kam yegin, kam uxla, kam gapir» degan pandu nasihatlariga amal qildim. Arkanu davlatga, barcha mulozimlarga ham aytar so‘zim shu bo‘ldi. «Kam yenglar – ocharchilik ko‘rmasdan boy­badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar – mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar – dono bo‘lasizlar!» .
SHunday qilib, Bahouddin Naqshband o‘z davrining ma’naviy­ijtimoiy hayotida katta va o‘chmas iz qoldirgan.
Muhammad ibn Jaloliddin al Buxoriy – Bahouddin Naqshband hijriy 718 (milodiy 1318) yilda Buxoroga yaqin Ko‘shki Hinduvon qishlog‘ida tug‘iladi.
Bahouddin Naqshband asl ismi Muhammad ibn Jaloliddin al Buxoriy bo‘lib, G‘arbu SHarqda Hazrat Bahouddin, Xoja Buzurg (Buyuk Xoja), SHohi Naqshband nomlari bilan mashhurdir.
Hozirgi Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan bu manzil Bahouddin Naqshband tug‘ilishidan oldin “Qasri Hinduvon”, ya’ni hindular yashaydigan qasr nomi bilan atalgan. SHarqshunos olim V.A.Gordlevskiyning fikricha, bu yerda avval budda diniga sig‘ingan hindular ham yashagan va shuning uchun bu manzilga shu nom berilgan” .
Muhammad Boboyi Sammosiyning bashoratlari bilan Bahouddin Naqshband tufayli bu joy qasri Orifon bo‘ldi.
«Bolalik chog‘larimda buzurgvor shayx Xoja Muhammad Boboyi Sammosiy quddisu sirruhuning nazari muboraklariga musharraf bo‘ldim va ular meni farzandlikka qabul qildilar. Tug‘ilishimdan bir necha vaqtlar ilgari qasri Hinduvondan ko‘p marta o‘tgan ekanlar va har gal: «Bu yerdan bir erning hidi kelmoqda, tez fursatda qasri Hinduvon qasri Orifonga aylanadi», ­ der ekanlar. Bir kuni o‘z xalifalaridan bo‘lgan Hazrati Sayyid Amir Kulol manzillaridan ketayotib aytibdilarki: «O‘sha hid ziyoda bo‘libdi, o‘shal er tug‘ilganga o‘xshaydi» .
Darhaqiqat, Hazrati Bahouddin tug‘ilgan ekanlar. Bahouddinni Muhammad Boboyi Sammosiy ma’naviy farzandlikka qabul qilib, Amir Kulolga «Farzandim Bahouddinga shafqatingni darig‘ tutmag‘aysan, agar nuqsonga yo‘l qo‘ysang, seni kechirmayman!» deydi va unga Bahouddin tarbiyasi bilan jiddiy shug‘ullanishni topshiradi.
«Boboyi Sammosiy o‘z kulohlarini Bahouddinga bergan ekanlar. Alloh shu kuloh sharofatidan Bahouddinga balogardonlik karomatini ato etgan ekan. Naqshband ta’limoti Qur’oni karim va Hadisi sharifga asoslanadi. Qur’oni karim va Hadisi sharif balogardondir. Mening ta’limotimga ergashing, amal qiling, sizdan balo daf bo‘lur» deganda ul zoti sharif shularni nazarda tutganlar . Baho­ud­din ­ «dinning nuri» degan ma’noni bildiradi. Naqshband uning laqabidir. Bu laqab bir jihatdan uning ta’limotiga taalluqli bo‘lsa, «Naqshband bir dil band», ko‘nglingda Alloh taolo zikrini naqsh ayla demakdir. Demak, Naqshbandning mazmuni yurakda Alloh nomini naqsh aylash hisoblanadi».
Ikkinchi jihatdan uning kasbiga ham taalluqlidir.
Bahouddin Naqshband ikki marta haj qiladi. Haj safaridan Buxoroga qaytgach, 791 (1389) yilda vafot etib, Qasri Orifonda dafn etiladi.
Bahouddinga tarbiya bergan ustozlarni ikki guruhga ajratish mumkin:
1. Zohiran, bevosita muloqotda bo‘lib tarbiya bergan ustozlar.
2. Ruhlari orqali tarbiya bergan ustozlar.
Birinchi guruhga Xoja Muhammad Boboyi Sammosiy, Xalil ota, Amir Kulol, Orif Diggaroniy, Qusam SHayx va hadis ilmini o‘rgatgan ustozlari kiradi.
Xoja Muhammad Boboyi Sammosiy Bahouddinga tarbiya bergan birinchi ustozdir. Muhammad Boboyi Sammosiy qarib qolgan paytlarida Bahouddin Naqshbandni bobosi Samarqandga yetaklab borgan. qaerdaki biron­bir darveshni ko‘rsa, Bahouddinni ularning suhbatiga olib borgan va behad Xojatmandlik izhor etgan. So‘ng Buxoroga olib kelib, uni uylanish marosimini ado qilgan . Keyin Bahouddin tushidagi ishoraga asosan Xalil otadan tarbiya olganligi ko‘rsatilgan .
Bahouddin Naqshband tavba qilib, Revartunga kelgandan so‘ng, ilm olish bilan mashg‘ul bo‘lgan. U hadis ilmini Bahouddin qishloqiy Diggaroniydan olgan. «… Hazrati Bahouddin Diggaroniy qoshida bir necha vaqt hadis o‘qigan edim» .
Bahouddin tavbaga yetishib, Buxoroga kelib, hadis ilmini o‘rgangandan so`ng Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ruhiy ishoratlari bilan Amir Kuloldan tarbiya olgan.
Amir Kulol o‘zidagi bor bilimlarini Bahouddin Naqshbandga bergandan so`ng majlisda unga yuzlanib shunday dedi: «Farzandim Bahouddin, Hazrati Xoja Muhammad Boboyi Sammosiyning siz haqingizdagi gaplarini to‘laligicha bajo qildim. Menga aytgan edilarki, men sening tarbiyangni qanday bajo keltirgan bo‘lsam, sen ham farzandim Bahouddinning tarbiyasini shunday joyiga qo‘y», degan edilar. Men shunday qildim! Amir o‘z ko‘kraklariga ishorat qilib dedilar: «Sizning ruhoniyat qushingiz baland parvoz qilib keldi. Endi sizga ruxsat va ijozatdir, turk yoki tojik (shayx)lardan har kimning bo‘yi dimog‘ingizga yetsa uni talabida bo‘ling. Maqsadga yetish borasidagi himmatingizga nuqson yetkiza ko‘rmang» .
Bahouddin Amir Kuloldan keyin etti yil uning to‘rtinchi xalifasi bo‘lgan mavlono Orif Diggaroniyning xizmati va mulozamatida bo‘lgan. Mavlono Orifdan so‘ng Bahouddin ikki­uch oy Qusam SHayxdan tarbiya olgan.
«Bahouddin Naqshbandga Abdulholiq G‘ijduvoniy ruhlari tariqat sabog‘ini o‘rgatgan. Vaholanki, Abdulholiq G‘ijduvoniy vafotlaridan 139 yil o‘tgandan keyin Bahouddin tug‘ilganlar» .
Alloma keyinchalik Xakim Ali Termiziy, Xakim ota –Sulaymon Boqirg‘oniy, Mansur Xalloj-Boyazid Bastomiy kabi ustozlardan tarbiya olib, ruhan kamol topgan.
Ruhiy ustozlar ishorati bilan Bahouddin har bir insonning qalbini topishga urinib, ojiz­notavonlarga yordam bergan, yetti yil hayvonlarga qaragan, itlarga xizmat qilgan. Keyinchalik yetti yil yo‘llarni toza saqlagan. Bu haqda Naqshband tilidan shunday yoziladiki, «SHu yetti yil ichida yengim va yetagim tuproqdan aslo xoli bo‘lmas edi. Bu haqning do‘sti qanday amalni buyursa, sadoqat bilan bajo keltirardim, har bir amalning natijasini o‘zimda mushohada qilardim va ahvolimda to‘liq taraqqiy yuz berayotganini sezardim» .
Bahouddin Naqshbandning insonlarga, hayvonlarga, o‘simlik va barcha mavjudotga mehr­muhabbat va shafqat ko‘zi bilan qarashi natijasida ruhiy quvvati shu darajada kamolotga yetadiki, xalq mushkulini oson qila oladigan, balolarni qaytara oladigan qudratga ega bo‘ladi.
Amir Kulol dunyodan o‘tayotgan vaqtlarida butun shogirdlariga Bahouddin Naqshbandga itoat qilishni buyurganlar. Bu davrda Bahouddin Naqshband mustaqil bo‘lgan va ta’limoti yo‘lini belgilash orqali o‘z tariqatini asoslaydi. Amir Kulol 1370 yilda vafot etgan. Bahouddin Naqshband hayotining ziddiyatlarga boy mana shu o`n ikki yildan olti yili darveshlik va yana olti yili Xalil Sulton xizmatida o‘tgan .
Bahouddin Naqshband dunyoqarashi, o‘z davrining talab va shartidan kelib chiqib, siyosiy arbob sifatida ham ibratli ishlarni amalga oshirgan. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, alloma XIV asrda «Buxoroda Xalil Sulton bilan birga mahalliy xalqlarning siyosiy mustaqilligi uchun kurashga boshchilik qilgan. Xalil Sulton davlatida u «Muqarrabi sulton» (sultonning eng yaqin kishisi) sifatida faoliyat ko‘rsatgan .
Bahouddin, garchi avliyoulloh xizmatiga kirib, unga murid sifatida sadoqat ko‘rsatgan bo‘lsa ham, hayot unga darbor odobi qoidalari bilan oshno bo‘lish va «dunyoning barcha koru boridan hafsalasi pir bo‘lishi uchun imkoniyat yaratdi. SHundan so`ng uning biron shayx xizmatida bo‘lganligi ma’lum emas» .
Bahouddin Naqshbandning to‘rtta xalifasi bo‘lgan. Alouddin Attor, Muhammad Porso, Ya’qubi Charxiy va Alouddin G‘ijduvoniylardir .
Demak, naqshbandiya tariqati XIV asrda O‘rta Osiyoda, so‘ngra Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Eron, SHarqiy Turkiston, Arab xalqlariga taqalgan Ko‘rinib turibdiki, Bahouddin Naqshband o‘zining butun hayoti davomida ilm-ma’rifat izlagan, halol mehnat qilgan. O‘zi olgan bilimlar, egallagan tariqatlarga tayangan holda tasavvuf ta’limotini demokratlashtirgan. Uni yangi yondashuvlar va yo`nalishlar bilan boyitgan. Ushbu ta’limot o‘zining hayotbaxshligi bilan asrlar va hududlar osha yashab, yosh avlodni ezgu maqsadlar yo‘lida tarbiyalab kelmoqda.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling