3. Boshlang’ich sinf tarbiya darslarida Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarining yo‘nalishlari belgilandi.
4. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarining boshlang’ich sinf o’quvchilariga o‘rgatish mazmuni, shakllari va metodlari ishlab chiqish.
5. Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarini o‘quvchilarni barkamol inson sifatida shakllantirish darajasi aniqlash.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy-amaliy ahamiyati:
1. “Tarbiya”, “O`qish”, “Odobnoma” va “Ona tili va o’qish savodxonligi” darslarining mazmunini o‘quvchi va talabalarning axloqiyinsoniy xulqatvorini rivojlanib borishga xizmat qiladigan Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlari bilan boyitish imkoniyati vujudga keldi.
2. “Tarbiya”, “O`qish”, “Odobnoma” va “Ona tili va o’qish savodxonligi” darslarda foydalanish uchun qulay bo‘lgan Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlari, ta’limotiga oid ma’lumotlar, alloma hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatini beradigan ilmiyamaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
3. Ta`lim jarayonida darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarda foydalanishga qaratilgan materiallar bilan ta’minlashga muvaffaq bo‘lindi.
4. Bitiruv ishining natijasida ishlab chiqilgan ilmiy-metodik tavsiyalar o‘quvchi va talabalar orasida tashkil etiladigan axloqiyma’naviy ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash imkonini beradi, Bahouddin Naqshband ta’limoti mazmunini o‘quvchi va talabalar ongiga singdirish muvaffaqiyatini ta’minlaydi.
5. Bitiruv ishining mavzusiga doir ilmiy-metodik tavsiyalardan uzluksiz ta’lim tizimida axloqiyma’naviy tarbiyani tashkil etishda foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi: Bitiruv malakaviy ish 2 ta bob,6ta fasl, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati hamda ilovalardan iborat.
I Bob.
Bahouddin Naqshband ta’limiy-axloqiy qarashlarini o‘rganishning nazariy-amaliy asoslari
Do'stlaringiz bilan baham: |