Ызбекистон республикаси хал+ таълими вазирлиги
Bahouddin Naqshbandning pedagogik qarashlari
Download 0.68 Mb.
|
Nurmamatova Sh
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zuhd (zo h idlik)
- Nafosat tarbiyasi
1.2. Bahouddin Naqshbandning pedagogik qarashlari
Bahouddin Naqshband ta’limotini xalq hayotiga, jamiyat manfaatiga xizmat etishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi, natijasi esa mustaqil diyorimizda barkamol insonni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liqdir. Bahouddin Naqshband o‘z tariqatida suhbat yetakchi rol o`ynaganligini, jamiyat ishlari esa suhbat, muloqot bilan bo`lajagini uqtiradi. Bahouddin Naqshband ta’limi xufiy zikr usuliga va anjuman ichra xilvat talabiga mosdir. Bu haqda alloma shunday fikrni ilgari surgan: «Bizning tariqamiz jahriya zikriyu raqs emas, bizning tariqamiz anjumanda xilvat (xilvat dar anjuman), vatanda safar (safar dar vatan)dir. Xilvatda shuhrat bor, shuhrat esa ofatdir. Jamiyatda xayriyat bo‘ladi, jamiyat esa suhbatda bo‘ladi. Agar bu yo‘l toliblaridan bir guruhi birbirovlari bilan hamsuhbat bo‘lsalar, bu suhbatda xayrubaraka ko‘p bo‘ladi. Umid borki, bu ishga doimo amal qilinsa oxiri haqiqiy iymon bilan yakunlanadi. Demak, suhbat hushyor va zakovatli insonlar faoliyatida alohida o‘rin egallar ekan. Bahouddin Naqshband o‘z tariqatini suhbat orqali bo‘lganini va shuhratni ko‘nglida topgani, agar shuhratni ko‘ngli bilan bilgan bo‘lmasa, uning ofat bo‘lishini ko‘rsatib, ko‘ngildagi shuhrat jamiyat ishlarida ekanini, jamiyat ishlari esa suhbat, muloqot bilan bo`lajagini uqtirib beradi. Tasavvufshunos olim N.Komilov shunday fikr bildiradi: «Suhbatxilvatjamiyat. Yana nomuvofiqlar muvofiqligi, birbiriga zid tushunchalarni moslashtirish, xilvatdan maqsad yakka bo‘lish, ya’ni Alloh bilan birga bo‘lishdir. Ikki kishi bir joyda bo‘lsa, bu xilvat emas, balki jamiyatdir. Naqshbandning suhbat haqidagi fikrlari yana shunisi bilan muhimki, unda piru murid suhbati, boshqacha qilib aytganda, biri nasihat qilib, ikkinchisi so‘zsiz quloq soladigan suhbat emas, balki haqiqiy orifona tortishuv nazarda tutilgan». Demak, munozara jarayonida fikrni dalilisbot bilan haqiqatni aniqlash, birbiridan bahramand bo‘lish demakdir. Suhbatda ofat va ofatda shuhrat deganlarining ma’nosi ham shudir. Allomaning mana bu fikrlari ham diqqatga sazovordir: «Tolib Haq taolo do‘stlaridan bo‘lgan do‘sti bilan suhbatlashar ekan, o‘z holidan xabardor bo‘lsin va suhbat zamonini o‘tgan zamonlar bilan qiyoslasin. Agar tafovut ko‘rsa, ul azizning suhbatini g‘animat bilsin» . Inson suhbatdoshining fikrlarini diqqat bilan kuzatsa va agar uning fikrmulohazasi yangilik bo‘lsa, bunday insonlar bilan suhbatni davom ettirish, bilmaganini o‘rganish, unga nisbatan hurmat munosabatida bo‘lishlikni uqtiradi. Agar «suhbat obro` oshirish, g‘arazli maqsadlarni amalga oshirish, mol yig‘ish, dunyo ahliga yaqinlashish orzusida bo‘lsa, bunday suhbatdan xazar qilmoq kerak» yoki: «Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy (r.a) so‘zlaridankim, aytadilar: «Sherdan qanday qochsang, (Xudodan) begona kishilar suhbatidan shunday qoch. Botinda suhbat bilan mashg‘ul bo‘lsangiz, zohirda ham be’mani so‘zlardan xazar qiling, botindagi suhbatning sixxati (to‘g‘riligi) shuki, bu paytda Haq taolodan banda diliga fayz (nur) keladi va mosuvo (Allohdan o‘zga narsalar)dan xalos bo‘ladi. Chunonchi, aytadilar: «Birov bilan o`tirsang, diling diliga to‘g‘ri kelmasa, Sendan bashariyat zahmati uzoqqa ketmasa, Uning suhbatidan zinhorzinhor qoch, Yo‘qsa seni Azizonning ruhi kechirmaydi» . Xudoyi ta’olo do‘stlarining suhbatida foyda ko‘p: «Kulib turgan anor bog‘ni ham kuldiradi, Mardlar suhbati seni ham mardga aylantiradi» . Bahouddin Naqshbandning bu fikrlari, suhbat jarayonida inson ustozlar yordamida kamolotga yetishi, o‘z aqlzakovati, bilimi, keng dunyoqarashi, fahmfarosatini ezgulikka qaratishi lozimligi haqida ta’lim beradi. Naqshbandning o‘zlari ham ko‘p ustozlarining suhbatlarini olganlar va muridlarini suhbat vositasida tarbiyalaganlar. Ul zotning Muhammad Porso, Ya’qub Charxiy, Alouddin Attor, Alouddin G‘ijduvoniy singari shogirdlari ham suhbat usulini maqul ko‘rganlar. «Bahouddin Naqshbandning suhbatga e’tibor berishlarining sababi shuki, bu ham Rasullohdan qolgan sunnatdir. Zero, Rasuli akram din asoslari, shariat ahkomini va ham g‘ayb asrorini suhbat bilan boshqalarga tushuntirar edilar» . Bahouddin Naqshband ta’limotining xalqchilligi, uning tarbiyaviy qarashlarini ta’minlagan muhim omillarni ilmiy tarbiyaga oid nazariy tahlildan o‘tkazish ishning ibtidosini tashkil qiladi. Naqshbandiya ta’limoti islom ma’naviyatining, qolaversa, jahon islom olamining buyuk ta’limotidir. Ta’limotning qoidalari insonni donolikka, donishmandlikka chorlaydi va xalq donishmandligini oshiradi. Donolik mujassam jamiyatdagina barcha mavjud masalalar yuzasidan inson haqiqatga muvofiq fikrlay oladi. Bahouddin Naqshband qoidalari, uning pedagogik qarashlari insoniyatni idroki, donishmandlik maqomi orqali yuksaklikka intiltiradi, barcha ishlarda ilmiylik kasb ettiradi. Aqlidrok orqali kishilik huquqiga erishish, o‘zo‘zini boshqarishga yo‘llaydi. Asirlikdan,qullikdan, zulmdan o‘zini ozod etadi. Umumiy qilib aytganda, insonni ruhiy erkinlikka erishtiradi. Bu shunday ta’limotdir. Bahouddin Naqshband muridlik (shogirdlik) chog`larida atrofdagilardan ancha yetuk va ilg‘or edi, buni uning naqllaridan ham bilsak bo‘ladi: «Biz bu yo‘lning talabiga qadam qo‘yganimizda ikki yuz kishi edik. Mening himmatim bularning hammasidan o‘tish edi. Ilohiy inoyatga noil bo‘lib, bu jamoatning hammasidan o`tib ketdim va asl maqsadga yetdim. Himmat bilan etdilar bu yo‘lga mardlar, Himmat bilan topursan uning nishonin» . «Biz nimaiki topgan bo‘lsak ulug‘ himmat tufayli topdik». Ma’lumki, tariqat yo‘li odobdan iborat, har bir maqomning o‘z odobi bo‘lganidek, Bahouddin Naqshband tariqatining ham o‘z xulqodoblari bor. Mashoyixlarning fikricha: «Tariqat yo‘li odobdan iboratdir, har bir hol va har bir maqomning odoblari bor, kimki odobni ushlasa, uni balog‘at ahlining balog‘atiga etkazadi. Adab bu – xulqni chiroyli qilish, so‘zni va fe’lni soz qilishdir. Xizmat odobi ulug‘ baxtdan yaxshiroq, uning belgisi – amalning qabuli, tug‘yon esa odobning buzuqligidir. Adabni saqlash – muhabbat samarasi, yana muhabbat daraxti, yana shu muhabbat urug‘i hamdir» . «Agar adabdan ozgina nuqsonga yo‘l qo‘ysang ham nimaiki qilsang beadablik ko‘rinadi». Alloma uqtirganlaridek: «Ogoh bo‘l, yuzingni to`smagay zinhor, xudbinlik, Iblisni axir qildi badnomu xor, xudbinlik. Xudbinlikni tashla, angla o‘zliging, Iblisga mengzama, ayla bekor xudbinlik» . Naqshbandiya tariqati a’zolarining xulqatvori yuksak darajada bo‘lishi, keng fe’l egasi bo‘lishligi, har damda o‘zini tuta olishi, adab mehrmuhabbatning daraxti, urug‘i hamda uning samarasi ekanligi, bu yo‘lda ozgina xatoga yo‘l qo‘yilsa, butun faoliyatni qaytadan boshlashi lozimligi uqtiriladi. Bahouddin Naqshband dilni turli ginaadovatdan saqlay bilishlik, murosali bo‘lish haqida «Sendan kechib ketganga borib qo‘shil, senga bermaganga sen ber va senga zulm qilganni sen kechir. Bu xislatlarning hammasi nafs orzuhavasiga qarshilik qilishdir» deydi. Bu hikmatlardan ko‘rinib turibdiki, naqshbandiya tariqati odobaxloq tariqati, chunki bu tariqat aynan insonning ma’naviyaxloqiy kamolga yetishi uchun qay darajada xulqodob talablariga javob berishi, uni egallab olishiga bog‘liqdir. Bahouddin Naqshbandning tasavvuf ta’limoti va ta’limiy-axloqiy qarashlari uning g‘oyalari asosida qurilgan. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iboratdir: 1. Quroni Karim va Hadis talablariga to‘la rioya qilish. 2. Ahli sunnat va jamoat aqidasiga muvofiq e’tiqodda bo‘lish. 3. Dilni turli ginaadovat, g‘ashliklardan pok tutish. 4. Nafsni to‘q qilib, ochko‘zlik balosidan qutulish. 5. qo‘li ochiq, saxiy bo‘lish. 6. Ochiq chehra, xushmuomalali bo‘lish. 7. Insonlarga tili va qo‘li bilan biror ozor va aziyat yetkazmaslik. 8. O‘ziga nisbatan qilingan yomonlik, beodoblik va kamchiliklarni kechirib yuborish. 9. Kattayu kichikdan o‘zining foydali nasihat va maslahatlarini darig‘ tutmaslik. 10. Hech kim bilan adovat, xusumat yoki nizo qilmaslik, balki murosali bo‘lish. 11. O‘zidagi boriga qanoat qilib, o‘zgalarning boyligiga ko‘z olaytirmaslik, ya’ni ta’magir bo‘lmaslik. 12. Xaloskorlik va najot faqat rostgo`ylikda deb bilish. 13. O‘zining barcha Xojatlarini yolg‘iz Allohning o‘zidan so`rashlik. 14. O‘zini hech kimdan ulug‘ yoki afzal deb bilmaslik. 15. Allohga ma’nan yetishishning yagona yo‘li Uning payg`ambari Muhammad (s.a.v.) ga ergashish ekanligiga to‘la ishonch hosil qilish. 16. Unga hasad qilgan yoki fitna qilgan kishilardan och qolmaslik. Demak, naqshbandiya ta’limotidagi bu g‘oyalar Quroni karim va Hadisu sharifda ifodalangan ulug‘ insoniy fazilatlarni, odobaxloqni yuksak darajaga ko‘taradigan, barcha razil sifatlardan poklanishga olib keladigan g‘oyalardir. Naqshbandiya tariqati va ta’limotining tamal toshi - Quroni karim va Hadisu sharifga asoslanadi: a) Naqshbandiya tariqatida ladun ilmi asosiy tushunchalardan biridir. Tasavvuf ahli «Biz unga O‘z dargohimizdan rahmat ato etgan va o‘z huzurimizdan ilm bergan edik». (qahf – 18.65) oyatiga suyanib, zohiriy (shariat) ilmidan tashqari yana ladun ilmi ham borligini qabul qilganlar, sezgi va ilhomga tayanadigan bilim nazariyalarini ushbu tamal asosiga qurganlar. Ularning fikricha, Muso a.s.ga farishta orqali yuborilgan yoki xalqqa tablig‘ uchun berilgan diniy bilimlar zohiriy ilm (shariat ilmi) sanaladi. Xizr (a.s.) ga bevosita va maxsus berilgan diniy bilimlar esa ladun ilmi (haqiqat ilmi) yoki botin ilmi sanaladi. «Alloh biror kishini hidoyatga erishtirmoqni istasa qalbini Islom uchun ochib qo‘yadi» (An’om – 6: 125) oyati ham ma’rifat ilmiga erishish insonning kasbiga qarab emas, balki Allohning xohishirodasiga va lutfu karamiga bog‘liq ekanini ko‘rsatmoqda. Bu ilm insonning kasbi bilan emas, Allohning inoyat qilishi natijasida qo‘lga kiritiladi. Bahouddin Naqshband bu haqda: «Bu ilmi laduniydir. Agar Alloh xohlasa avliyolardan birortasini senga yetkazadi va u senga ta’lim beradi». b) Naqshbandiya tariqatida zikr (xufiya) bo‘lib, oyathadislar orqali tavsiya qilingan: «Rabbingizning nomini (mudom) yod eting va Unga butunlay ajraling (Muzammil: 73: 8), «Ey, iymon keltirganlar, Allohni ko‘p zikr qilingiz» (Ahzob – 33: 41); «Bas, Meni yod etingiz, Men ham sizlarni yod eturman va Menga shukr qilingiz va noshukrchilik qilmangiz! (Baqara–2: 152); «Sizlarning ilohlaringiz yagona ilohdir. Undan o‘zga iloh yo‘q, (U) mehribon va rahmlidir» (Baqara – 2: 163); «…Alloh barcha gunohlarni mag‘firat qilur. Albatta, Uning o‘zi mag‘firatli va rahmlidir» (Zumar – 39: 53); «Bas, tunga kirish paytlaringizda ham, tongga kirish paytlaringizda ham Allohga tasbeh aytingiz! Osmonlar va Yerdagi (bor) hamd Unikidir. Oqshomda ham, peshin paytiga kirishlaringizda ham (tasbeh aytingiz)! (Rum – 30: 17:18) . «… Ey mo‘minlar, (sizlar ham) unga salavot va salom aytinglar! (Ahzob – 3356) ; «Do‘stlarning yaxshisi – Tangrini zikr qilishingga yordami tegadigan va yoddan chiqarganingda eslatadiganidir» , hadisi ham shu mazmundadir. v) Valiylik – tasavvufda muhim o‘rin tutadi. Bu tushuncha ham Qur’on va hadisga asoslangan bo‘lib, «do‘st» ma’nosini anglatadi. «Ogoh bo`lingizki, albatta, Allohning valiy (do‘st)lariga (oxiratda) xavf yo‘qdir va ular tashvish ham chekmaslar. Ular imon keltirgan va taqvoli bo‘lganlardir. Ularga dunyo hayotida ham, oxiratda ham bashorat (xushxabar) bordir. Allohning so‘zlarida o‘zgartirish yo‘qdir. Ana shu buyuk yutuqdir» Hadisda esa bu fikrlar quyidagicha tasdiqlanadi: «Sizlarning yaxshilaringiz – uzoq umr ko‘rish bilan birga yaxshi ishlarni qiladiganlaringizdir» . Bahouddin Naqshband esa: «Valiy shundayki, u ilohiy inoyat bilan saqlanuvchi bo‘lsin, to uning o‘zini o‘zi bilan qoldirmasin va bashariyat ofatlaridan saqlansin» . g) Tavba – ko‘pgina oyat va hadislar bilan insonlarni tavba qilishga buyurilgan: «…Barchangiz Allohga tavba qilingiz, ey mo‘minlar! SHoyad (shunda) iqbolli bo‘lsangizlar» (Nur – 24:31); «…Agar tavba qilsangiz,bu sizlar uchun yaxshidir»(Tavba–9:3); «Albatta, Alloh chin tavba qiluvchilarni va obdon poklanib yuruvchilarni sevadi» (Baqara – 2: 222); «Gunohidan tavba qiluvchi kishi, gunohsiz odam bilan barobardir» hadisi ham shu mazmunni ifodalaydi. «Risolai unsiya» manbasida YA’qub CHarxiyning esa shu mazmundagi fikri davom etadi: «Ey bori Xudoyo, bizni kechirgin, bizga rahm qilgin, tavbamizni qabul et, chunki sen tavbalarni qabul qiluvchi mehribonsan». «Avrodi naqshbandiya»da esa «Bilib turib qilgan gunohim va bilmay qilgan gunohim uchun Unga tavba qilaman». d) Zuhd (zohidlik) – voz kechish, nazarga ilmay tark etish – taqvo «nafsni tiyish» kabi ma’nolarni bildiradi. Naqshbandiya tariqatida esa Allohdan tashqaridagi boshqa hamma narsalar, ya’ni mosuvoga ko‘ngil bermaslik ma’nosini anglatadi. Bu fikrlar oyat va hadisda quyidagicha ifodalangan: «… Bas sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo‘ymasin va sizlarni aldamchi (shayton) Alloh (kechaveradi, degan aldov) bilan aldab qo‘ymasin!» (Luqmon – 31: 33); «Bu dunyo hayoti faqat (ozgina) o`yinkulgudir! Agar ular bilsalar, oxirat diyorigina (haqiqiy) hayot (joyi) dir». (Ankobut – 29:64); «Dunyo yamyashil va go‘zaldir. Kimki undan haqli ravishda halollik bilan olsa, undan baraka topadi. Kimki nafs xohishi bilan dunyoni mukkasidan ketib egallasa, qiyomat kuni do‘zaxdan boshqa narsaga erishmaydi» hadisi ham shu fikrni bayon etadi. Bahouddin Naqshband esa «… Va hamdlar bo‘lsin Allohgakim, bizni mana shular sari hidoyat qildi, agar hidoyat qilmasa edi, bizlar hidoyat topuvchilardan bo‘lmas edik» . e) Tavakkul – Allohga ishonib, suyanish va undan boshqasiga ehtiyojni aytmaslik ma’nolarini bildiradi. Tavakkul ham Qur’on oyatlari va hadislarga asoslanadi: «Yana, uni o‘zi qylamagan joydan rizqlantirur. Kimki Allohga tavakkul qilsa, bas (Allohning) O‘zi unga kifoya qilar» (Taloq 65:3) ; «Allohga tavakkul qiling! Allohni O‘zi yetarli vakil (homiy)dir» (Ahzab – 33:3); «Ayting: «Bizga Allohning yozib qo‘yganidan o‘zga narsa etmaydi. U xojamizdir. Allohga esa, faqat mo‘minlar tavakkul etsinlar!» (Tavba – 9:51); «Tangri go‘zaldir, go‘zallikni yaxshi ko‘radi» hadisi ham shu haqdadir. Bahouddin Naqshband esa «Mutavakkil (tavakul qiluvchi)lardan bo‘lmoq kerakki, ular o‘zlarini biladilar va tavakkullarini kasb bilan pinщona tutadilar» deya uqtiradi . yo) Riyozat – mujohada (nafsni jihod qilish tushunchasi) oyat va hadislarga asoslangan- «Bizning (yo‘limizda) jihod (jiddu jaщd) qilganlarni, albatta, O‘z yo‘llarimizga hidoyat qilurmiz. Albatta, Alloh ezgu ish qiluvchilar bilan birgadir» (Ankabut – 29-69); «YAxshilik – nafsingiz taskin topib, dilingiz orom oladigan ishdir. Yomonlik yoki gunoh esa uning aksidir, garchi muftiylar fatvo bersalar ham o‘z qalbingizga qarab ish tuting».. Bahouddin Naqshband fikricha, nazar qilishdan ko‘ngilda paydo bo‘ladigan narsa bu yaqin (ishonch)ning zaifligidan, u vahm (xayol)dan o‘zga narsa emas, bu fikrni daf etmoq kerakki, uni albatta daf qilsa bo‘ladi. Garchi hikmat olami bo‘yicha bu ishga ruxsat bo‘lsada, biroq botinda tavakkul maqomidan joy oladi. j) Axloqiy qarshlar (sabrtoqat, salomlashish, hayoandisha, do‘stga munosabat, imon, yaxshilik) oyat, hadislar: «Ular sabr qilgan va yolg‘iz Parvardigorlarigagina tavakkul qiladigan zotlardir» (Ankobut – 29:59); «Ey, imon keltirgan bandalarim, albatta, Mening erim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilingizlar» (Ankobut – 29:56); «(Yaxshi) amal qiluvchilarning mukofoti naqadar yaxshidir!» (Ankobut – 29:58); «Ey, imon keltirganlar! Bitimlar (ahdlar)ga vafo qilingiz! (Moida – 5:1); «Ezgulik va taqvo (yo‘li)da hamkorlik qilingiz, gunoh va adovat (yo‘li)da hamkorlik qilmangiz!» (Moida – 5:2); «Ey, imon keltirganlar! Allohdan qo‘rqingiz va Unga (yaqinlashtiruvchi savobli ishlardan) vasila (vosita) izlangiz» (Moida – 5:35); «YAxshi gap va kechirim (uzr so‘rash) ketidan ozor keladigan sadaqadan yaxshiroqdir. Alloh bexojat va halimdir»(Baqara-2: 263); «(Ular) Allohga va oxirat kuniga imon keltiradilar, yaxshi ishlarga buyurib, yomon ishlardan qaytaradilar va xayrli ishlar sari shoshiladilar. Aynan ular solih kishilardandir» (Oli Imron – 3:114); «Nimaiki yaxshilik qilgan bo‘lsalar, (uning savobidan) mahrum bo‘lmaydilar. Alloh taqvodorlarni (yaxshi) biluvchidir» (Oli Imron – 3: 115); «Bas, imon keltirgan va ezgu ishlarni qilganlar uchun mag`firat va farovon rizq bordir» (Haj – 22: 50); «Odamlarga (kibrlanib) yuzingni burishtirmagin va erda kerilib yurmagin. CHunki, Alloh barcha kibrli, maqtanchoq kimsalarni suymas», «(YUrganingda) O‘rtahol yurgin va ovozingni past qilgin» (Luqmon – 31: 18: 19); «Faqat imon keltirgan va solih amallarni qilgan, birbirlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va birbirlariga sabrli bo‘lishni tavsiya etgan zotlargina (bundan mustasnodirlar) (Asr – 103:3); «Illo, sabrli bo‘lgan va ezgu ishlarni qilganlarga, aynan o`shalarga mag‘firat va katta mukofot bordir» (Hud – 11:11); «Zulm qilganlarga suyanmangiz» (Hud – 11:113); «Imon keltirib, solih amallarni qilganlar uchun xushnudlik va go‘zal oqibat (jannat) bordir» (Ra’d – 13:29); «Yolg‘on so‘zlarni faqat Alloh oyatlariga imon keltirmaydiganlargina to‘qurlar. Aynan o‘shalarning o‘zlari yolg‘onchilardir» (Nahl – 16: 105); «Alloh nomidan yolg‘on to‘qib, tillaringizga kelgan yolg‘onni gapirib», «Bu halol, bu harom» deyavermanglar. CHunki, Alloh sha’niga yolg‘on to‘qiydigan kimsalar sira najot topmaslar» (Nahl – 16: 116); «(Unga aytilur)- «Kitobingni o‘zi! Bugun o‘z shaxsing o‘zingga qarshi etarli hisobchidir» (AlIsro – 17:14); «qarindoshga, miskin va yo‘lovchiga (xayrehson qilish bilan) haqlarini ado eting va isrofgarchilikka mutlaqo yo‘l qo‘ymang!» (AlIsro – 17:26); «(Ey, inson), o‘zing: (aniq) bilmagan narsaga ergashma!» «Yer yuzida kibrlanib yurmagin!» «CHunki sen (oyoqlaring bilan) zinhor yerni tesha olmaysan va uzunlikda tog`larga yeta olmaysan»- «Bandalarimga aytingki, ular (o‘zaro) go‘zal (so‘zlardan) so‘zlasinlar» (AlIsro – 36:37:53); «Yaxshilik bilan yomonlik barobar bo‘lmas» (Fussilat– 41:34); «Hidoyat topgan zotlarga esa (Alloh) ularga yanada hidoyatni ziyoda qilur va taqvo ato yetur» (Muhammad – 47:). Hadislarda esa: «Salomlashib yuringlar, odamlarga taom yediringlar, Tangri buyurgandek o‘zaro birodar bo`linglar». «Tangriga imon keltirishdan keyingi amallarning afzali bu odamlar bilan do‘stlashishdir». «Imonning afzali – sabr va keng qalbli bo‘lishdadir». Bahouddin Naqshband bu ta’limotni o`rganuvchilarga ustoz sifatida ta’lim berganlar. Ularning dunyoqarashini kengaytirib, Aqliy salohiyatini rivojlantirganlar. Bu Bahouddin Naqshband hikmatlarida ham ta’kidlanadi: «Iroda, taslim va ixtiyorsizlik bu ulug‘ ishdir. Bizning ixtiyor qilganimiz «alirodatu tarkulirodati filirodati» degan so‘zdir. Shogird o‘z xohishini tashlab, o‘z muqtadosi ustozining xohishi ichiga butunlay ko`milib ketish kerak», derdilar . Shogirdga qanday munosabatda bo‘lish ustozning ixtiyorida. U hoziq tabib bo‘lib, shogirdining holiga muvofiq bo‘lgan da’voni qila oladi» deya hisoblaydilar mashoyixlar . Demak, murabbiy doimo shogirdining holidan xabardor bo‘lishi, yo‘qlab yoki so`rabsurishtirish bilan uning ahvolini bilib turishi zarur. Ularning fikricha, har bir murabbiy shogirdining o‘tmishi, bugungi holati bilan qiziqib, uning kelajagini oldindan ko‘ra olsagina unga ta’limtarbiya bera oladi, deyiladi. Bahouddin Naqshband shogird muayyan bir sohada ish boshlashi uchun avval o`sha soha mutaxassislari bilan muloqotda bo‘lishi, muhit bilan yaqindan tanishishi lozim deb hisoblaydi. CHunki bu holat unda bu yo`nalishga, sohaga nisbatan qiziqish va qobiliyatni shakllantiradi . Demak, Naqshband fikricha, shogird suhbatda kamol topishi, bu uchun qobiliyatli, farosatli, tinibtinchimas, kuchli iroda egasi bo‘lish kerak. Ilm o‘rganuvchini durga o‘xshatsa, murabbiyni esa durga shakl beruvchi ustaga o‘xshatadi . Alloma ta’limtarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari ustoz va shogird O‘rtasidagi uzviylik, bog‘liqlik bo‘lishini, ana shundagina ko‘zlangan maqsadga erishish lozimligini qayd etadi. Demak, Naqshbandning fikricha, agar har qanday kishida ilm egallashga xohish-istak, qiziqish bo‘lsa, u o‘z yo‘liga o‘zi to‘siq qo‘ymaydi, bunda unga ustozidan amaliy yordam sifatida g‘amxo‘rlik va mehr keladi. Ustoz o‘zining bor bilim va tajribasini intiluvchan shogirdlaridan ayamaydi . Piri murabbiy (tarbiyachi pir) aytadi: «Amalni qo‘ldan berma, lekin uning qimmatini oshirma!». Ilm o`rganuvchi qayerda bo‘lishidan qatiy nazar, unda tariqat ilmini o‘rganishga moyillik bo‘lsa va bunda o‘ziga xalaqit beruvchi narsalardan xoli bo‘lsa, shu ilmdan boxabar bo‘lishi, tarbiyat olishi va kamol topishi mumkin. «Tolib amal qilishi zarur bo‘lgan sharoitlardan biri shuki, u Haq taolo do‘stlaridan bo‘lgan bir do‘st bilan hamsuhbat bo‘lib, o‘z holidan voqif bo‘lishi zarur. Suhbat zamonini o‘zining o‘tmish zamoni bilan solishtirib ko‘rsin, nuqsondan kamol sari ketayotganini o‘zida mushohada qilsa, bu azizning suhbatida mulozamatda bo‘lishni o‘zi uchun farzi ayn hisoblasin!» . Demak, shogirdning amal qiladigan shartlaridan biri shuki, U bilimli ustoz bilan muloqotda bo‘lib, bunda o‘zining nimani bilib, nimani bilmaganligini aniq his eta olishi shart. Muloqot davomida olgan bilimlari, ma’naviy boyliklarini o‘zining oldingi darajasi bilan qiyoslab ko‘rishi, nimaga erishganini aniq fahmlashi lozim. Ustozining bilimlaridan bahramand bo‘lishni, u bilan muloqot qilishni o‘zi uchun zaruriy extiyoj ekanligini, nechog‘li muhimligini anglab yetishi kerak. Suhbatda sen ko‘ngilga doimo yo‘l topib bor, Yxshilikka oshno bo‘l, yomonlikka sen dushvor. Yomonlar suhbatidan ochmasang sen do‘stginam, Azizonning ruhi hech rozi bo‘lmas birubor!». «Avliyoda uch belgi bor, bilib olgil, oshino, Biri shuki, uning yuzi jalb etadi o‘ziga, Ikkinchisi majlis gapirarkan avliyo, Rom etadi hamsuhbatni doimo o‘z so‘ziga, Uchinchisi bul valiyning hamma degan ulug‘vor, Mo’tabarlik unga odat, bino qo‘ymas o‘ziga» . Ilm o‘rganuvchi kishi suhbatda tortishuv bilan kamol topishi, yomonlikdan qochib, yaxshilikka intilishi lozimdir. Yaxshi insonlar suhbatini olishlari kerak. Bahouddin Naqshband siymosi o‘z tariqati, pirlardan ta’limtarbiya olish, pir darajasiga yetgach shogird qabul qilish, ular bilan suhbatlar jarayonini tasvirlash orqali o‘z davrining buyuk donishmandi ekanligidan dalolat beradi. Demak, Bahouddin Naqshband shogirdlar qabul qila boshlanganligidan uning tarbiyashunoslik masalalarini mukammal egallaganligini hamda yetuk murabbiypedagog sifatida namoyon bo`layotganligini ko‘rishimiz mumkin. U shogirdlariga turli yo`nalishlarda tarbiya berishni, ya’ni turli hunarlarni o‘rgatishni lozim deb biladi. Eng avvalo, Bahouddin Naqshband inson tarbiyasi, uning tafakkur rivoji haqida gapirar ekan, Aqliy tarbiyaning rolini yuqori qo‘yadi. «Suhbat sunnati muakkadadur», ya’ni Aqliy tarbiya Aqlni yuksaklikka ko‘taruvchi suhbat vositasi orqali amalga oshiriladi, deya ta’kidlaydi. SHuning uchun ham bu borada dunyoviy bilimlar masalasini, Aqlini tinmay o`stirib borishi lozimligini aytadi. So`ngra u ta’limtarbiya tizimida o‘zining ta’limiy-axloqiy qarashlaridagi diniy tarbiyani yetakchi o‘ringa qo‘yadi. Shuning uchun hamu haqiqiy komil farzand tarbiyasi, eng avvalo diniy va dunyoviy ilmda mukammal insonni tushundi. Allomadan «Sizning tariqatingizni qanday topish mumkin?» deya so`raganlarida, u shunday javob qaytaradi: «Shariatni mahkam tutish va Rasullulloh (s.a.v.) sunnatlariga to‘liq amal qilish bilan» . Naqshbandiya tariqatiga kirgan har bir shaxs tavba qilishi, payg‘ambarimizning sunnatlariga qatiy amal qilishi, shariatga zid bid’atlardan qochishi, taqvoni kuchaytirishga amal qilishi, zulm va nohaqlik qilmasligi, qarzini to‘lashi, rozilik so`rashi, qazo namozlarini o‘qishi, Tangrini har lahzada zikr qilishi lozim . Bahouddin Naqshbandning axloqiy qarashlarini quyida kengroq batafsil bayon qilamiz. Huquqiy tarbiya. Naqshband fikricha, har bir inson uchun farz bo‘lgan barcha amallar yoshlikdan singdirilishi lozimdir. Shuni ham aytib o‘tish lozimki, Naqshband o‘z davrining fiqhshunos olimi edi. Yosh avlodga bu ilmni mukammal o‘rganish o‘z Haqhuquqlarini tanimoq nechog‘li zarurligini yaxshi anglardi. Islom ta’limoti ko‘rsatib bergan insoniy Haqhuquqlar ushbu fiqh ilmida mujassam bo‘lib, ko‘p asrlar mobaynida musulmonlarning ham eng odilona qonunnomasi edi. O`sha davrlardagi maktab va madrasalarda huquqiy ta’lim islom dini ahkomlarini bilish farzligi sababli o‘qitilgan bo‘lsada, bu maskan shogirdlarining huquqiy onglari o‘sishida muayyan darajada ta’sir ko‘rsatgan. Bahouddin Naqshband namoz haqida shunday fikrni bayon qiladi: «O‘zini namozning ruknlari va hukmlarini bajarishga mashg‘ul qilsin va bu mubtadiy (boshlovchi)lar uchundir». Nafosat tarbiyasi – Bahouddin Naqshband ta’limotida nafosat so‘zi tilga olinmasada, shogirdlarga bunday tarbiya berish fikri yetakchi o‘rinlarda turadi. Axloqiy tarbiya Naqshband ta’limotining o‘ziga xos axloqiy talablari sirasi bor. Tariqat odobining birinchi sharti … ul odobdurki, yaxshi va yomonga, ulug‘ va kichikka bajo keltirurlar. Andoqki, barcha xaloyiqqa o‘zlarini kichik va kamroq tutarlar va barchaga xizmat huzurida bo‘lurlar. Hattoki o‘z farzandlariga, xodimlariga har necha olardin beqoidalik (odobsizlik) ko‘rsalar, xushunat bilan (qo‘pollik bilan) – alarga so‘z demaslar, balki nasihatni yumshoq va chuchuk til bila qilurlar, hattoki to‘g‘rigacha» . Bir majlisda hazrati Xojamiz shunday dedilar: «…Yaxshilikka yaxshilik qilish ulug‘ ishlardan hisoblanadi». Yna dedilar: «Ikki musulmon har vaqt birbiri bilan uchrashib qolsa, birinchisi avval salom bersa, ikkinchisi to hayot ekan, uning salomi Haqini ado qilolmaydi. Kishi Haqini rioya qilish sulukning odoblaridandir». Ta’limotda odobning belgisi salom berish va alik olishida deb ko‘rsatiladi. Bahouddin Naqshband dunyoqarashida axloqiy tarbiya, ijobiy fazilat, axloqiy me’yorlar to‘g‘risidagi fikrlar muhim o‘rinni egallaydi. Hayot jarayonida kasb qilinadigan odobaxloq xususiyatlaridan yana biri do‘stga munosabatda bo‘lish, uni e’zozlashdir. Bahouddin Naqshband inson xususiyatlarini biri – tug‘ma, ikkinchisi esa hayotga shaxslararo aloqa munosabatida paydo bo‘ladigan xususiyatlar deb ikkiga bo‘ladi. U tug`ma xususiyatlarga insonlarning ba’zi Aqliy va xulqiy sifatlarini, qobiliyatlarini kiritadi. Lekin Naqshband tug‘ma xususiyatlarni, qobiliyati va malakalarini tan olgan bo‘lsa ham, hayot jarayonida kasb qilinadigan odobaxloq xususiyatlarini inson kamoloti uchun eng muhim va hal qiluvchi ahamiyat o`ynaydi, deb hisoblaydi. Ushbu g‘oyalarni quyidagi fikrlar mazmuni tasdiqlaydi. «Maqsadga intilgan kishi, shoyad, birorta, do‘st kelib qolsa deb, dushmanlarga yuzlab dasturxon yozadi». «Agar do‘st aybiga boqsak, do‘stsiz qolamiz, hech kim dunyoda beayb emas». «Agar aybsiz do‘stni qidirsang, do‘stdan ajrab qolasan» . «Dengizdan hamisha izlamagin dur, odamga bir hunar bas, ezgu turur». «Bu yo‘lning yukini ko‘tarishga haqiqiy do‘stlar kerak, din uchun yukni ko‘proq oling. Xoja Abdulholiq G‘ijduvoniy aytadilar: «Suv ariqqa do‘stlar madadi bilan keladi, avval o‘rtoq topish, so‘ng yo‘lga chiqish kerak». Bahouddin Naqshband o‘z ustozlarining bu haqdagi ta’limotlariga suyangan holda tarbiya natijasida insonga yaxshi fazilatlarni singdirish mumkinligiga ishonadi va ularni shunga undaydi. Ikkinchi sharti: saxiylik, yumshoqlik, bardosh, toqat, rizo azim, riyozat, bularning hammasi tariqat ahlining axloqiy qoidalaridandir. «Sabr va chidamda nog‘ora kabi bo‘lmoq lozimki, u qanchalik shapaloq yemasin, biroq o‘z odatiga xilof ovoz chiqarmaydi» «Bu yo‘ldagi haqiqiy talab mukammal harakatdan iborat bo‘lib, u bandani beqaror va beorom qiladi». «o`ylovchi va xayol qiluvchining ishi og‘ir». Bahouddin Naqshbandni birov kibrda ayblabdi. U esa shunday deydi: «Bizning kibrimiz uning (ya’ni Allohning) Kibriyoligidan». Naqshband ta’limoti kishilarda mehroqibat, samimiylik, halollik, rostgo‘ylik, sabrqanoatning tarkib topishga yo‘llaydi. Ijodkor ma’lum bir davrda jamiyat bag‘rida yashar ekan, shu zamonning kishilari bilan ko‘zga ko‘rinmaydigan, ammo mustahkam iplar bilan bog‘langan bo‘ladi. Bu iplar uni kishilar bilan aloqada bo‘lishga, ayrimlarini yoqtirishga, boshqalarini xush ko‘rmaslikka majbur qiladi. Yoqtirish, yoqtirmaslik esa ijodkorning inson sifatidagi xarakteriga bog‘liq. Ijodkorning kishilar, ularning xarakterlarga munosabatini tahlil qilish bilan birga uning shaxsiy ijodiy xususiyatlarinigina emas, balki uning ma’lum bir jamiyatning vakili sifatidagi shaxsiy iqtidorini ham aniqlagan bo`lamiz. Ushbu o‘rinda yaxshi va yomon, saxiy va baxil kishilar haqidagi qarashlari Naqshband shaxsiyatini ochib berishga xizmat qiladi. Xususan, «Har kimning qobiliyat tuxumi ixtilofini suhbatlar ta’siri ostida buzilgan bo‘lsa, buning (tuzatish) chorasi qiyindir. Kibriti ahmar hisoblanadigan avliyolar suhbatidan o‘zga narsa uni qayta tuzatolmaydi» . Bahouddin Naqshband yuzlarini ba’zi do‘stlarga qaratib, shunday dedilar: «Bir donishmand do‘stim bor edi, bir kuni unga: «Nima bo‘ldi, nega suhbatimizga kam kelyapsan?» dedim. U esa: «SHarif, suhbatingizni o‘z vujudim bilan bulg‘ab iflos qilishni xohlamayman», dedi. Unga dedim: «Yo‘q, ahvol bunday emas, kel, suhbatimizni ko‘r». Uni uyim tomon tortdim. Bir bo`ri itim bor edi, u bilan suhbat qurardim. SHunda u donishmandga dedim: «Bizning suhbatdoshimiz mana shu jonivordir, sizning hayolingizdan kechgan narsaga qanday o‘rin bor?». Bayt: «Joningni hurmat qiladigan va qadringni taniydigan it, buning aksi bo‘lgan odamdan yaxshiroqdir». Bahouddin Naqshband ta’limotini o`rganar ekanmiz, bu bilan biz uning XIV asrning o‘rtalarida Buxorodagi hayotni sinchiklab kuzatadigan, har bir odamning xulqatvorini yaxshi o`rgangan, xalq bilan yaqindan aloqada bo‘lgan, uning og`iryengilidan xabardor inson bo‘lib yashaganligini bilib olamiz. Qalb, nafs tarbiyasi Allomaning bu borada qalb tarbiyasiga alohida e’tibor berish haqidagi fikrlari muhim ahamiyatga ega. Nafs tarbiyasi Bahouddin Naqshbandning qalb haqidagi ta’limoti Quroni Karim va Hadisi SHarifga asoslangan. U qalb sog`lom bo‘lishi uchun har bir inson qiladigan ishidan qanday foyda topay, degan fikrdan kechmog`i, o‘zgalar baxtsaodati yo‘lida harakat qilmog`i kerakligini aytadi. Bahouddin Naqshband ustozi yo‘lidan borib, har bir tolibga har tong quyidagi to`rtlikni takrorlashni tavsiya etadi, ya’ni: «Yo rabbim, qalbimda tavba eshigini ochgin, Yaratmishlarning minnat qilmaydigan butun rizqni bergin, Umrimiz oxirigacha shunday saqlagin bizni, Bizlardan hech kimga zarar yetmasin». Qalbni poklash uchun eng avvalo xatokamchilikni anglab, undan qaytish lozim ekan. Tavba jismda yomon hattiharakatlar ta’sirida hosil bo‘lgan illatlarni fosh etib, ruhni yengillashtiradi, buning ta’sirida esa kishi jismoniy kasalliklardan forig` bo‘ladi. CHunki haqiqiy tavba yomon hattiharakat, hasad, kin, gina, ta’na, g`iybat, kibr kabi illatlar tufayli keladigan azobuqubatlar oldini olib, jismoniy va ruhiy quvvatlarning jamini to‘g‘ri sarflab, kamolot uchun yo‘l oladi. «Hoyu havas va nafs ahllari tutgan ishlar asosining barchasi zalolat (adashuv)dan iboratdir. Ishlarda niyatni to‘g‘ri qilish eng muhimdir. Niyat – kasb qilib topadigan narsa emas, balki u ayb olamidandir. Niyatning haqiqati ixtiyor ostida emas. Agar niyat yo‘q bo‘lsa umid natija bermaydi». O‘z xatolarini anglagan kishi nafs balosidan qutiladi. Demakki, behuda gapirish, behuda uxlash, behuda eyishdan tiyiladi. Bu ham kishini jismoniy va ruhiy qanoat sari boshlaydi. Demak, inson niyat (maqsad) qilish va buning uchun tinimsiz harakat qilishi lozim, shundagina inson ko‘zlagan maqsadiga erishadi. Bahouddin Naqshband bu yo‘lga kirgan, poklanishni maqsad qilgan kishilar haqida shunday deydi: «Bu jamoa ichida ko‘proq tanni emas, qalbni sevib poklash kerak». qalbni nazorat etib, undagi har bir harakatni kuzatib, niyatni poklab, qalbdagi kin, qudurat, kibruhavo singari illatlarni olib tashlab, uni yumshatib, undan o‘tadigan har bir qonni poklash, kishilarni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytaradi. Bahouddin Naqshband bu yo‘lda odobi mukammal bo‘lish kerakligini ta’kidlaydi. Kishilarni birbirlariga xayrehsonli, mehroqibatli, kechirimli bo‘lishga chaqiradi va quyidagicha o`git beradi: «Ey parvardigor, bizning umrimiz nihonini past qilma, Bizlarni behudlik o‘zdan ketishlik (ya’ni takabburlik) sharobi bilan mast qilma. Ey rabbim, sen yosh ayollaru, yosh erkaklarni, Tor qalbli, parishon va o‘zgalarga qaram bo‘lishdan saqla». Bahouddin Naqshband o`gitlariga hamda qilgan ishlariga ibrat ko‘zi bilan qarab, ulardan har tomonlama o‘rganish, yangi jamiyatimiz a’zolarining ham ma’nan, ham jismonan sog`lom bo‘lib kamol topishida muhim ahamiyatga ega. Naqshband ta’limotining asosiy talabi bo‘lgan «Dil ba yoru, dast ba kor», ya’ni «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» degan shior ham jismoniy, ham qanoat yo‘lidir. Chunki bekorchilik insonni toshbag`ir qiladi. Xolis mehnat esa qalbni yumshatadi va insonni harakatga keltirish orqali uni illatlardan qutqaradi. Mehnat tarbiyasi Bahouddin Naqshband yosh avlodning mehnat tarbiyasiga to‘xtalar ekan, kasbhunar orqali halol luqma topish to‘g‘risida ham e’tiborga sazovor fikrlar bildirgan. Naqshband insonni kasbhunar egallash va halol mehnat qilishga da’vat etar ekan, halol turmushning kaliti mehnatdir, degan xulosaga keladi. Har qanday og`ir va mashaqqatli mehnat va kasbhunar egallash ta’magirlikdan, birovlarning in’omehsoniga tobe bo‘lishdan afzaldir. Bahouddin Naqshband fikricha, ibodat o`n qismdan iborat, ibodatning o`ndan to`qqiz qismi – halol kasb talabiga amal qilishdir va shundan o`ndan bir qismigina – boshqa ibodatlar – namoz, ro‘za va boshqalar. Bu islomda so`nggi payg`ambar zamonidan buyon o‘rtaga tashlangan yuksak insoniy ta’limot edi. «Dil ba yoru, dast ba kor» - «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori naqshbandiya tariqatining tasavvuf olamidagi butun yo`nalishlardan farq qiladigan tomonlarini ochib beradi: 1. Tasavvuf olamida asosan darveshlar bu dunyo lazzatlaridan voz kechib, uzlatda go`shanishinlik va tarkidunyolik bilan mashg`ul bo‘lib, Xudo vasliga yetishishning asosiy yo‘li shu, degan tushuncha bilan yashaganlar. Bahouddin Naqshband Alloh vasliga yetishishning eng yaqin yo‘li halol mehnat ila jamiyat ichida yashab, Allohni doimo qalbda naqshlash, deb tushuntirdilar. Demak, naqshbandiya ta’limotida tarkidunyochilik ta’qiqlangan bo‘lib, inson faqat o‘zining halol mehnati bilan yashashi kerak, degan g‘oya singdirilgan. 2. Inson ruhiy boylikka ilmma’rifat va kasbhunarni puxta egallash orqali erishmog`i mumkin. Shu sababli ham Bahouddin Naqshband ilmma’rifat va kasbhunarni insonning ma’naviy kamoloti va jamiyatning taraqqiyotida kuchli vosita ekanligini alohida ta’kidlaydi. 3. Bahouddin Naqshband fikricha, insonning hayotida o‘z o‘rni va yaxshi yashashga sabab bo‘ladigan birinchi omil – mehnatsevarlikdir. Bahouddin Naqshbandning o‘zi ham tom ma’nodagi mehnatkash inson edi. Naqshband laqabining yana bir ma’nosi, allomaning kimxobboflik kasbi bilan shug`ullanganligidan dalolat beradi. «Men va otam kimxobboflik kasbi bilan mashg`ul edik va yoshlar rasmiga muvofiq alohida xonamiz bor edi». «Eshonning (Hazrat Bahouddin) taomili ziroat erdi, har yili jo`xori va mosh ekar va shundan iste’mol qilar va sigirlar saqlar edilar». «Hech narsamiz yo`g`u, vale hech narsadan kam ermas, Hech narsaning bo‘lmasligi biz uchun hech g`am ermas. Elkamizda janda, yelka esa xos g`urbatdur Nogahon dunyodan o`tsak ham, bu hech motam ermas». quyidagi satrlar ham Bahouddin Naqshbandga mansub: «qo`lingni et mehnat birla band, Diling bo‘lsin yoringga payvand». Bahouddin Naqshbandning donoligi ham shundaki, kishilik jamiyatining asosini moddiy ne’matlar uchun bo‘lgan harakatlarda ya’ni ijtimoiyfoydali mehnatda deb biladi. Yana Bahouddin Naqshband mehnat bilan shug`ullanishning afzalligi, butun dunyo mushkulotlarini yengish va eng yaxshi insoniy fazilatlarni egallash uchun kalit ekanligini uqtiradi. 4. «Diling Allohda qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori – insonni umidsizlik, uzlatchilik quchog`iga emas, hayotni qadriga yetishga, faol insonparvarlik, hayotbaxshlikka chaqiradi. Hayotdagi ezgu ishlar insonga xayr baxshida etib, bashariyat xotirasida ochmas va sharafli nom qoldirishini uqtiradi. 5. «Diling Allohda qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori – inson o‘z hayotida yuksak ilohiy nishon qadriyatga ega ekanligini, ana o`sha nishon qadriyat yuksakligidan turib, uning me’yorlari asosida, hatto og`ir damlarda ham o‘zini yo‘qotmaslik, o‘zini tanishi, o‘zo‘zini boshqara bilishi, insoniylik sha’nini yuksak tutish, faqat Allohga iltijo qilib, hamma qatori halol mehnat bilan nafsini jilovlay olishi, hurozod, erkin fikrli, ezgu amalga ega bo‘lgan barkamol inson bo‘lishi zarurligini anglatadi. 6. «Diling Allohda qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori – ezgulik yo‘liga da’vat etadi, inson hayotidagi asl murod, halol mehnat bilan saodatga erishishi mumkinligini anglatadi. Nopoklik, beg`amlik, ishyoqmaslik, ikkiyuzlamachilik, loqaydlik va murtadlikdan narida bo‘lishga chaqiradi. Shu ma’noda «Diling Allohda qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori – bashariyat uchun ma’naviy qadriyat manbaidir. 7. Diling Allohda qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori – inson hayotda o‘zining buyuk zot Inson ekanligini anglashi, Alloh bergan ne’matlardan oqilona foydalana olishi, halol mehnati bilan jamiyatga o‘z hissasini qo‘shishi lozimligini uqtiradi. Demak, naqshbandiya tariqatidagi «Diling Allohda qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori – poklanish va kamolotga erishuvning asosi ezgulik, yaxshilik qilish, saxovatli bo‘lish, jamiyat rivojiga foydasi tegishi, halol mehnat bilan xalq mushkulini oson etish kabi g‘oyalarni ifoda etadi. Bu faqat Allohni qalbga jo etib, taqvoga toat qilish bilan emas, balki, yana Alloh bergan qo‘lni mehnatga band qilish, ya’ni ma’lum kasbhunarni egallab, farovon jamiyatimiz istiboli uchun foyda keltirishni vazifa qilib qo‘yadi. Bahouddin Naqshband ta’limtarbiya haqidagi fikrlarini quyidagi tamoyillarga rioya qilganligini ko‘rsatadi: 1.Ta’limning ongliligi. 2. Ko‘rgazmalilik. 3. Tizimlilik va izchillik. 4. Asoslanganlik. 5. Nazariyaning amaliyot bilan bog‘liqligi. Bahouddin Naqshband ilmma’rifat va kasbhunarni insonning ma’naviy kamolotiga va jamiyatning taraqqiyotida kuchli vosita ekanligini alohida ta’kidlaydi. Bu yerda shu narsani ta’kidlash kerakki, ta’limda albatta, onglilik talab qilinadi. Har bir inson ta’limga ongli, ijodiy yondoshmog`i lozimligini uqtiradi. Bahouddin Naqshband didaktikasida ko‘rgazmalilik muhim o‘rinda turadi. Ikkinchi aqidalaridan biri «Safar dar vatan», xayolan Vatanni safar qilish. Bu insonning kuzatish qobiliyatini, tafakkurini rivojlantiradi. Bu talabda safar – moddiy sayohat, bir joydan ikkinchi joyga borishni anglatmaydi, balki ichki ruhiy sayohatni anglatadi. Ya’ni bu safar natijada inson o‘zining tabiatini chuqur o‘rganib, yomon axloqni tark etishi, yaxshi sifatlarga ega bo‘lishni o`rganadi. Naqshband ta’limoti ommabopligi bilan ajralib turadi. Chuqur ilmiy asoslarga qurilganligi nazariyaning amaliyot bilan uzviy bog‘liqligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bahouddin Naqshbandning ta’limiy-axloqiy qarashlarining mantiqiy kuchini, xalqchilligini quyidagi naqllaridan ham bilsak bo‘ladi: «Haq subhonahu, meni dunyo xarobligi uchun yaratgan, vaholanki xalq mendan dunyo obodonchiligini tilaydi». Bir inson, bir tilak, bir intilishni mujassamlashtirgan va bir mafkurani ifoda etgan bu muqaddas fikrlar o‘z yurti va xalqining, shaxsan o‘zining baxtini izlagan har bir insonning qalbida abadiy joy qoldirishi kerak. Zero, naqshbandiya tariqati qalbi Alloh nuri bilan yoritilgan va qo‘llari bunyodkorlik bilan band insonlar mafkurasidir. SHu mafkurani mujassamlashtirgan buyuk Bahouddin Naqshbandning ta’limoti yangi jamiyatimizning axloqiy kamolotida uning ajralmas bir qismi bo‘lib qoladi. Biz quyidagi fikrlarga asoslanib, taxminiy jadval – barkamol inson tarbiyasi andozasini quyidagicha tavsiya etdik Barkamol inson tarbiyasi andozasi
Yuqorida bildirilgan fikrmulohazalardan quyidagicha xulosalar chiqarishimiz mumkin: 1. Komillik – bu inson kamolotini yuqori pog`onasi bo‘lib, Bahouddin Naqshband naqshbandiya tariqati – maktabi asoschisidir. Alloma o‘z ta’limoti, bunyodkor g‘oyalari bilan yosh avlodni ma’naviy kamolotga olib boruvchi barkamol insondir. Bahouddin Naqshband ta’limotidagi hurfikr g‘oyalar ta’limtarbiya jarayonida o‘quvchi va talabalarda ma’naviy tarbiya samaradorligini oshiradi. 2. Ta’limtarbiya jarayonida Bahouddin Naqshband ta’limotidagi: a) vuqyfi zamoniy – zamonda ogoh bo‘lish; b) vuqyfi adadiy – adadda (sonda) ogoh bo‘lish; v) vuqyfi qalbiy qalb ogohligi kabi qoidalar o‘quvchi va talabalarda axloqiy sifatlarni takomillashtiradi. g) «Risolai unsiya» – Bahouddin Naqshbandning hayot tarzi va g‘oyalarini ifodalovchi meros sifatida yosh avlod tarbiyasi uchun muhim manbadir. d) «Avrodi naqshbandiya» – naqshbandiya tariqati dasturi sanaladi. SHu bois, ushbu manbalar g‘oyalaridan ta’limtarbiya jarayonida foydalanish uzluksiz ta’lim tizimi oldida turgan asosiy vazifalar bo‘lib hisoblanadi. 3. Bahouddin Naqshband tariqatida mehnatga munosabat va unga xos fazilatlar eng muhim yo`nalishlardan biridir. Iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda Bahouddin Naqshbandning «Diling Allohda, qo‘ling mehnatda bo‘lsin» shiori o‘quvchi va talabalarni mehnatsevar, yuksak ma’naviyatli barkamol inson qilib tarbiyalashning asosiy omillardandir. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling