45
ILOVA 2
Turli xil o’zlashtirish darajasiga mo’ljallangan test topshiriqlari.
Turli xil o’zlashtirish darajasiga mo’ljallangan test topshiriqlari.
Test topshiriqlarining bajarilish darajasi o’quvchilarning o’quv materiallarini ruhiy
jihatdan qay yo’sinda ekanligini aniqlashga yordam beradi:
- axborotni bilish, yod olish va so’zlab berish;
- reproduktiv fikrlash;
- produktiv fikrlash;
- izlanuvchi-ijodiy fikrlash.
Eslab qolish, bilib olish va axborotni tahlil qilish: Bu o’rinda eslab qolish qobiliyati
bilan bog’liq bo’lgan bilimlar tekshiriladi.
Reproduktiv darajasidagi test topshiriklari pedagogik yo’nalishdagi testlarda
keng qo’llaniladi. Ular yordamida o’rganilgan printsiplar, qoidalar qo’llanishi
mohiyati o’rganiladi.
Produktiv darajadagi test: Bu o’quvchining olgan bilimining nostandart
masalalarini echishda mustaqil fikr yuritishni talab qiladi.
Izlanuvchi-ijodiy daraja ma’lumki, ijod - bu moddiy va ma’naviy sferada yangilik
barpo etish, hozircha javobi yo’q masalani echish.