Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги
Download 0.5 Mb. Pdf ko'rish
|
osmirlarda irodavij xislatlar shakllanishining psixologik xususiyatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- «O’smirlarda irodaviy xislatlar
3 K I R I SH
Yoshlarga chuqur ilm berish, ularning qobiliyatini har tomonlama o’stirish mustaqil O’zbekistonimiz kelajagi hamda ravnaqi uchun iqtidorli yoshlarni tarbiyalab etishtirish, sharafli va ayni bir vaqtida yuksak maqsad yo’lida qilinadigan xizmatdir.
Bularning hammasi umumta’lim tizimida ta’limni yanada takomillashtirishni, o’quv dasturlarini qaytadan ko’rib chiqish va hozirgi o’quvchilarga javob beradigan darajaga keltirishni taqazo etmoqda. Respublika Oliy Majlisi sessiyasida qabul qilingan. «Kadrlar tayyorlashning Milliy Dasturi» va Vazirlar Maxkamasining «Uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish tug’risida» 1998 yil 5 yanvardagi qarori yuqorida qayd qilingan barcha dolzarb masalalarni qamrab olgan. Odam—individ tug’ilishi bilan o’zida insoniy, shaxsiy xislatlarni shakllantira boshlaydi. Ikki va undan ortq insonlar bilan munosabatda, muloqotda bo’lgan har qanday odamda shaxsiy xislatlar paydo bo’ladi. Demak, har bir tug’ilgan inson individi — odam Shaxsiy xislatlarga ega bo’lgan inson endi shaxsga aylana boshlaydi va aylanadi ham. Shaxslar odamlar taqdirini o’zgartira olish doirasiga, hajmiga qarab oddiy va buyuk shaxslarga bo’linadi. Shaxsning kamolotga erishish ya’ni rivojlanish jarayoni murakkab jarayon bo’lib shaxsning ichki ta’siri va shaxsga ta’sir etuvchi tashqi omillar inson tomonidan boshqarilishi mumkin va unga umuman bog’liq bo’lmasligi mumkin. Bu jarayonda boshlang’ich sinf o’quvchilarida idrok jarayonini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Idrok — mazkur muddatda sezgi organlariga ularning bevosita ta’sir etishi davomidagi bir butun hodisalar (o’ziga hosliklarning majmuaviy muvofih kelishligi) yoki narsalarning inson ongida aks etishidir. Idrokning predmetliligi ob’ektivlashtirish hodisasi deb atalmish hodisada,ya’ni tashqi dunyodan olinadigan axborotning o’sha dunyoga mansubligida ifoda etiladi. Idrokning predmetligida tuyish va harakat sezgilari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Harakatlar ishtirok etmagan taqdirda bizning idrokimiz ham predmetlilik belgisiga, ya’ni tashqi dunyo ob’ektlariga mansublikka ega bo’la olmasdi. Bu borada psixolog olimlardan V.M.Gomezo, A.Volkov, F.N.Gonabolin, V.Karimova, A.V. Petrovskiy, K.K. Platonov, M.V.Vohidov, G. Ignatev, R,S.Nemovlar tadqiqot ishlarini olib
4 borishgan bo’lsa pedagog olimlardan H.Abdukarimov,Yu.A.Ahrorov, M.O.Ashurov, L.I.Bushueva, M.M.Lisina, A.V.Mudrik, N.N.Obozov, N.E.Shurkova,Sh.Qurbonov,E.Seytxalilov,R.Axliddinov,M.Quronov,B.Raximov, P.Xolmatovlar maktabda o’quvchilarda idrok jarayonini rivojlantirishning usullari haqida o’z fikrlarini bildirishgan.
Hozirgi paytda uquvchilar yanada mukammal bilim olishlari uchun o’quvchilarga boshlang’ich sinfda borliqni to’g’ri anglash, idrok qilishga o’rgatiladi. Yosh bolalar borliqni to’g’ri anglash, idrok qilishga juda qiziqishadi. Shu sababli biz, bo’lajak o’qituvchilar, yosh bolalarga borliqni to’g’ri anglash, idrok qilishni o’rgatishda ularning ijtimoiy ongiini rivojlantirishga katta e’tibor qaratishimiz shart. Bu muammoning dolzarbligi, nazariy – pedagogik va amaliy holatidan kelib chiqib, biz bitiruv malakaviy ishimizning mavzusini «O’smirlarda irodaviy xislatlar Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling