Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус


Download 197.5 Kb.
bet2/7
Sana17.08.2023
Hajmi197.5 Kb.
#1667912
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RAQAMLI BIZNES TRANSFORMASIYASI sillabus

II. Fanning mazmuni
Fanni o‘qitishdan maqsad Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga raqamli biznes transformasiyasining turli jihatlarini, sanoat inqiloblari tarixini, to‘rtinchi sanoat inqilobining (Sanoat 4.0) mohiyatini va amalga oshirilishini, IT platformalarining inqilobi, bugungi kunda raqamli biznesni o‘zgartirishning asosi hisoblangan zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish jarayonlarini o‘rgatish hamda amaliyotda ularni qo‘llay olish xususiyatini shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, haqiqiy kompaniyalarga asoslangan ko‘plab misollarni bajarish, haqiqiy kompaniyalarning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz transformasiyasi tahlilini o‘rgatish orqali IT kompaniyamalarning muammolarini yechish yo‘llarini topa olish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.


III. Ta’lim berish natijalari
Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)
Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba:

  • 17-asr o‘rtalaridan hozirgi kungacha bo‘lgan sanoat rivojlanishi tarixini o‘rganadila;

  • Sanoat 4.0, hozirgi holati va sanoatni yanada rivojlantirish jarayonlari bo‘yicha bilimlarni egallaydilar;

  • Raqamli transformasiyaning 9 jihatini batafsil tushunadilar;

  • IT platformalar va ular sanoat rivojlanishini qanday qo‘llab-quvvatlashi haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar;

  • Raqamli kompaniyalar va raqamlashtiriladigan kompaniyalar o‘rtasidagi farqni tushunadilar;

  • Muayyan sohadagi raqobat muhitini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘ladilar;

  • Raqamli transformasiyaga imkon beruvchi asosiy texnologiyalarni yuqori darajada tushunadilar;

  • Ommaviy raqamli transformasiyaning ijtimoiy va insoniy oqibatlari bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.


IV. Ta’lim berish usullari



    • Ma’ruzalar

    • real vaziyatga asoslangan amaliy ishlarni bajarish;

    • esse, tezis va maqolalar yozish;

    • vaziyatli topshiriqlarni (keys-stadi) yechish;

    • jarayonli-yo‘naltirilgan ta’lim;

    • muhokamalarda ishtirok etish;

    • kichik guruhlarda ishlash;

    • loyiha ishi bajarish;

    • mustaqil ishlarni bajarish;

    • taqdimot tayyorlash;

    • turli darajadagi testlarni yechish;

    • so‘rov o‘tkazish;

    • muammoni hal qilish.


Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling