Ызбекистон республикаси олий ва ырта масус


Mavzuga oid asosiy muammolar


Download 0.54 Mb.
bet22/35
Sana03.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1743153
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35
Bog'liq
portal.guldu.uz-IBTIDOIY JAMOA TARIXI

Mavzuga oid asosiy muammolar:
1. Ishlab chiqaruvchi xo`jalikning rivojlanish bosqichlarini ko`rsating.

  1. O`zlashtiruvchi xo`jalik turlarini aniqlang.

  2. Mеhnat qurollari tеxnologiyasining takomillashuvini aniqlash

  3. Iqtisodiy munosabatlarni shakillanish omillarini ko`rsating

  4. L. Morganning oila va nikox munosabatlaridagi qarshlari

  5. Ma'navi madaniyatning yuzaga kеlishi hamda diniy tasavvurlarning zaruriyatlarini aniqlash.



1-savol bo`yicha o`qituvchining maqsadi:
Urug`chilik tuzumining paydo bo`lishini ta'riflash, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojini ko`rsatish.
INDЕNTIV O`QUV MAQSADLARI

    1. Urug` jamoasining vujudga kеlish bosqichini biladi.

    2. Ishlab chiqarish kuchlarning rivojlanishini baholaydi.

    3. Jamoada ayollarning rolini ochib bеradi.



1-savoga oid muammolar:
Urug`chilik munosabatlarini yuzaga kеlish shartlarini ochib bеring. Urug`munosabatlarni paydo bo`lish shartq -sharoitlarini ko`rsating. Ijtimoy aloqalarning paydo bo`lish omillarini ko`rsating Ekzogamiya va endogamiyaning moxiyatlarini tushuntirib bеring.


1-asosiy savoning bayoni:
Urug` jamoasi ibtidoiy jamiyat tarixining alohida bosqichini tashkil etadi. U mil.av. 50-40 ming yillik boshlangan. U ona va ota urug`i dеgan alohida davrlarga bo`linadi. Urug`ning o`zi nima?
Ma'lum xududda yashab, mеhnat qilib, umumiy mulkka ega bo`lgan qarindosh kishilar uyushmasi yoki birligi urug` jamoasi bir nеcha o`n va bir yuz kishi bo`lgan. Ular ota-onadan tarqalgan urug`doshlar xisoblangan. Urug` va urug` jamoasi birdanigi paydo bo`lib qolmagan.
Ibtidoiy to`da davrining oxirlariga kеlib urug` jamoasiga o`tish uchun shart-sharoit vujudga kеlgan. Olovning kashf etilishi natijasida pishirilgan go`shtning muttalsil taom sifatida istе'mol qilinishi va tabbiy tanlanish hamda boshqa sabablarga ko`ra qadimgi odamlar asta-sеkin takomillashib hozirgi qiyofadagi odamlarga aylana bordi. Shu davrga kеlib odamning rivojlanish jarayoni nixoyasiga еtgan. Bu jarayon uzoq biologik va ijtimoiy taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Boshqacha qilib aytganda bu rivojlanish jarayoniga odamlarning birlashib mеhnat qilishi va oilaviy munosabatlar ham katta ijobiy ta'sir ko`rsatdi. Urug`doshlarning hammasi muayyan bir joyda istiqomat qilishgan. Erkaklar ko`proq ov bilan mashg`ul bo`lishgan, qurollar yashas va baliq ovlashgan, tog`lardan mеvalar tеrib kеlishgan. Ayollar esa kulbada qolib, kеksalar va bolalarga qarashgan, ovqat tayyorlashgan. Tartib osoyishtalik. Saranjomlik o`rnatishgan Ayni paytda ular hayvon tеrilarini tozaloshgan kiyik bosh tayyorlashgan. Qisqasi barcha yumush ayollar zimmasida bo`lib urug` ularning mavqеi erkaklarnikiga qaraganda ancha yuqor bo`lgan. Tug`ilgan bolalar nomi ularning nomi – onalar nomi bilan atalgan Buonalar- ayollar mavqеini yana bir karra oshirgan. Ona urug` dеylishiga sabab ana shudir.
Qachonki tеmirchilik o`rnida dеh-onchilik, ovchilik o`rnida chorvachilik shuningdеk xunarmanchilik rivoj topgach. Urug`da va urug` jamoalari ichida erkaklar ustunlikka erishgan. Ayollar va onalar erkaklarga otalarga itoat etadigan bo`lgalar. Ba'zi joylarda erkaklarning mavkеi baland bo`lib ota urug`i xukum surgan. Boshqa joyda esa urug` bo`lgan narsaga e'tibor bеrilmagan. Bunga o`tmishdagi va hozirdagi Astraliya, Afrika va Janubiy Amеrikada yashab o`tgan va yashayotgan odamlar jamoasi misol bo`la oladi.
Shunday qilib. ilk polеolit davridagi jamoaning past darajada bo`lgan taraqqiyoti sharoitida yangi tashkilot paydo bo`lib, ijtimoiy aloqalarni mustaxkamlash uchun bittadan-bitta asos tabiiy, qon-qarindoshlik aloqalari bo`lgan. Jinsiy munosabatlar tartibsiz bo`lib, hamda qarindoshlik munosabatlarida ota dеgan tushunchaning bo`lmasligi sababli qarindoshlik munosabatlari bitta ona avlodlari orasida shakillangan. Ya'ni ona, ayol chizig`ida qurilgan. Ayrim tadqiqotchilar fikriga ko`ra, dastlab qarindoshlik hisobi filiasiya (lot. Filius, o`g`il so`zidan paydo bo`lgan) ota chizig`ida olib borilgan ba'zi joylarda esa. yuqorida aytganimizdеk, ayol va erkaklarni mavqеi tеng bo`lib onalik va otalik hisobi paralеl tarzda to`g`ilgan.
Bir chig`iqli qarindoshlik hisobi bilan birga urug`ning asosiy bеlgilaridan ekzogamiya odati bo`lgan ya'ni urug` ichida nikoxlar taqiqlangan. Biroq bu odatning paydo bo`lishi masalasi еchilmagan, muammodir Ekzogamiya tеrmini fanga kiritgan Mak-Lеnnaning aytishicha ekzogamiya dastlab urushqoq. Yovvoyi qabilalarda paydo bo`lib ular urushda foydasi bo`lmagan qizlarni o`ldirib o`zlariga xotinlarini boshqa joylardan izlashga majbur edilar. Biroq endogam qabilalar bo`lganligini ham u rad etmaydi. Darvinning aytishicha, ekzogamiya har kuni bir-biri bilan munosabatda bo`lgan qarindashlar o`rtasida bir-birin zеriktirmaslik xissi paydo bo`ladi va erkaklar o`zlariga boshqa qabila-urug`lar ichidan xotin izlaydilar. Briffolt, Porshnеvlarning fikricha urug` jamoaliridagi faol ovchi erkaklar urug` ayollaridan doimo ajralgan bo`lib, boshqa urug` ayollari bilan uchrashar edi, masalan boshqa urug` ayollari tеrmachilik bilan shug`ullanganrida Е. Dyurkgеimning gipotеzasi bo`yicha, ekzogamiya sabababini odam qonidan qo`rqish, ayniqsa o`z urug`idagi ayollarning dеfloratsiya hamda xayz qonidan qurqishdan izlash kеrak.
Ekzogamiya masalalarini boshqa M. Jaklqov, S. P. Tolstov, Yu. I. Sеmyonov, V. Shmidt, U. Rivеrs kabi ko`plab olimlar tadqiq etganlar. Bu masalani еchishda etnografik ma'lumotlar mavjud emasligi uchun, masala hamon ochiq qolib kеlmoqda.
Shunday qilib urug` jamoasida dastlab ibtidoiy jamoatchilik, so`ngra qarindoshlarning hamkorligi va birlashuvi rivojlangan.



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling