Ызбекистон республикаси олий ва ырта


 Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

4.2. Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari 
 
Mavjud ilmiy va uslubiy adabiyotlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun 
yagona to‗g‗ri yo‗l yo‗qligiga alohida e‘tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, 
tuzilmasi, ko‗rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), 


39 
yo‗nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o‗z ishini endi 
boshlayotgan tadbirkor yoki faoliyat yuritayotgan korxona haqida borayotganligiga 
bog‗liq bo‗ladi. Agar gap barcha tashvishlar o‗z ishini boshlash va buning uchun 
zarur bo‗lgan boshlang‗ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish 
bilan bog‗liq bo‗lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni 
tayyorlash bosqichlari ma‘lum bir (umumiy) ko‗rinishga ega bo‗lishi, yangiliklar 
kiritish yoki bankrotlik yoqasida turgan korxona haqida boradigan bo‗lsa boshqa 
ko‗rinishga ega bo‗ladi. SHunday bo‗lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan 
biznes konsepsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinayotgan mahsulot, ish yoki 
xizmatlarnig o‗ziga xosligini tavsiflovchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim 
bo‗lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo‗limlar mavjud 
bo‗ladi. 
Xo‗jalik amaliyotining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan 
biznesni rejalashtirish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes-
rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o‗tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va 
kelgusi yillar uchun o‗z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar 
amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik 
jarayonlarga, ichki zahiralardan to‗liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda 
tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim. 
Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiyojlari va bozor 
talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan 
ehtiyojlaridan tashqari, iste‘molchilar mahsulotni xarid qilish uchun sarflaydigan va 
korxona ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi 
resurslarning cheklanganligi ham mavjud. SHuning uchun «ehtiyoj - resurslar» 
bog‗liqligi biznes-rejaning asosiy bo‗g‗ini hisoblanadi. Ehtiyojlarni aniqlash 
korxonani iste‘molchilik talabiga ega bo‗lmagan mahsulot chiqarish uchun xarajatlar 
sarflashining oldini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va 
kamchiliklarga yo‗l qo‗ymaydi. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling