Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

 
 
II BO„LIM. BIZNES–REJA, UNING BO„LIMLARI VA MAZMUNI 
 
6-bob. KORXONANING TAVSIFLANISHI 
 
6.1. Biznes-rejaning rezyumesi
Biznes-reja titul varag„idan boshlanadi
17
. Biznes-rejani titul varag‗i ixcham, 
tushunarli va jozibador bo‗lishi, ortiqcha tafsilotlardan holi tuzilishi kerak. Unda 
korxonaning nomi manzilgohi, biznes-rejaning nomlanishi va tuzilgan vaqti hamda 
mualliflari to‗g‗risida ma‘lumotlar ko‗rsatiladi. Titul varag‗ida ma‘lumotlarni oshkor 
qilmaslik bo‗yicha maxfiylik memorandumi bayon qilinadi, chunki biznes-reja 
bo‗limlarida korxona iqtisodiy xavfsizligiga salbiy ta‘sir qiluvchi ma‘lumotlar raqo-
batchilar manfaatlariga xizmat qilmasligi kerak. Bundan tashqari taqdim etilgan 
biznes-reja hamkor yoki investorda qiziqish uyg‗otmasa muallifga qaytarilishi 
to‗g‗risidagi talab joylashtirish mumkin.
Biznes-rejaning kirish qismida uning vazifalari va uni bajaruvchi shaxslar 
ko‗rsatiladi. Bundan tashqari ushbu loyihani yoki investitsion g‗oyani amalga 
oshirish zarurati nima uchun tug‗ilganligini ta‘kidlab o‗tish maqsadga muvofiqdir. 
Biznes-reja yuqorida aytib o‗tilganidek, murakkab tuzilmaga ega. Uning 
bo‗limlari tarkibi biznes turiga bog‗liq holda o‗zgarishi mumkin. Biroq shunga 
qaramay, biznes-rejalarning deyarli barcha turlari tarkibida eng muhim bo‗lim 
sifatida rezyume – korxona va bo‗lajak biznesning qisqacha tariflanishi mavjud 
bo‗ladi. U foydalanuvchiga biznes-rejaning boshqa bo‗limlari bilan detalli ravishda 
tanishib chiqish maqsadga muvofiqligini aniqlashga yordam berishi lozim. 
Rezyume - bu korxona, tadbirkor o‗z ishini kengaytirishi yoki yangi ish 
boshlashda o‗z oldiga qo‗ygan maqsadlari va biznesi to‗g‗risidagi qisqa va tez 
o‗qiladigan axborotlardir. Rezyumeni yoki boshqacha aytganda biznes konsepsiyasini 
biznes-rejaning eng qisqa talqini sifatida ham tushunish mumkin. SHunga ko‗ra u 
mustaqil ahamiyatga ega bo‗lishi, reklama xujjati sifatida investorga moliya-
17
Каранг, Бринк И.Ю., Савельева Н.А. Бизнес-план предприятия. Теория и практика / Серия «Учебники и учеб-
ные пособия» - Ростов н/Д. «Феникс», 2003. - 44 - 48 бетлар. 


61 
lashtirishni boshlash yoki qo‗shimcha mablag‗ni jalb qilish uchun talabnoma tarzida 
taqdim etishda qo‗llanilishi mumkin. 
Konsepsiya mazmunini yoritish tartibiga qat‘iy talablar qo‗yilmaydi. Asosiy 
talab - mazmunan sodda va tushunarli bo‗lishi, maxsus atamalardan iloji boricha 
kamroq foydalanish. Rezyumeni oson esda qolishiga erishish lozim, unda mahsulot 
chizmasi yoki rasmini ham berish mumkin. 
Ushbu bo‗lim ustida ishlash juda ham muhim, chunki bu bo‗lim investor yoki 
kreditorlarga ko‗ngildagidek ta‘sir ko‗rsata olmasa ular biznes-rejani oxirigacha 
ko‗rib ham chiqmaydilar. Unutmaslik kerakki, biznes-rejaning aynan shu qismi 
taqdimot paytida, yangi korxona yoki yangi ivestitsion loyihani amalga oshirish 
haqida gap borganda asosiy rolni o‗ynaydi. 
Rezyume biznes-rejani tayyorlashning so‗nggi bosqichida, boshqa bo‗limlar 
haqida hamma narsa ma‘lum bo‗lgandan so‗ng tuziladi. Uning hajmi bir necha 
varaqdan oshmasligi hamda qisqalik va aniqlik bilan ajralib turishi lozim. 
Rezyumeda quyidagi asosiy pozitsiyalarni aks ettirish zarur: 

mazkur biznes-rejani taqdim etuvchi korxonaning missiyasi, biznes-rejaning 
maqsadi, o‗ziga xos jihatlari va tarixini ifodalash; 

korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli; 

korxona shug‗ullanishi kutilayotgan biznesni tavsiflash; 

boshqaruv personalining malakasi va korxona kapitalidagi ishtiroki haqidagi 
qisqacha ma‘lumotlar; 

bozordagi va tarmoqdagi vaziyatni tavsiflash; 

korxona mahsuloti (xizmatlari) va uning raqobatchilar mahsulotlaridan farqi; 

loyihaning uzoq muddatli va qisqa muddatli maqsadlari, kutilayotgan 
daromad va ishlab chiqarishning o‗sishi; 

belgilangan maqsad va vazifalarga erishishning taktik rejasi; 

zarur investitsiyalar miqdori va ulardan foydalanish yo‗nalishlari;

investitsiya qo‗yilmalaridan foydalanishning moliyaviy natijalari; 

kutilayotgan tavakkalchiliklar va investorlar uchun mukofotlar; 

korxonaning ishlash sharoitlari, uni yaratish va ro‗yxatdan o‗tkazish haqidagi 
ma‘lumotlar; 

korxona rahbariyatining telefonlari. 
Rezyume biznes-rejaning «yuzi», barcha g‗oyalar, fikr-mulohazalar va ularni 
amalga oshirish yo‗llari «yig‗indisi» ekanligi sababli u birinchidan, batafsil o‗ylab 
ko‗rilishi va har tomonlama tekshirilishi, ikkinchidan esa korxonaning asosiy 
missiyasini amalga oshirish bilan bog‗liq bo‗lishi lozim. 
Bo‗limning asosiy vazifasi shundaki, menedjerlarning biznes-rejaning asosiy 
qoidalarini tushunishlarini, shuningdek, ularni qisqa, aniq va lo‗nda ifodalay olish 
imkoniyatini namoyish etish hisoblanadi. Rezyume rahbariyatning rejaning asosiy 
qoidalariga bo‗lgan real munosabatini aks ettirishi lozim. 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling