Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Huquqiy tavakkalchiliklar


Download 2.24 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/116
Sana08.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1755201
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116
Bog'liq
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)

Huquqiy tavakkalchiliklar. Qonunchilikning mukammal emasligi, hujjatlarning 
aniq rasmiylashtirilmaganligi, qonunchilikning ikki hil talqin qilinishi bilan bog‗liq 
bo‗ladi. 
Tavakkalchilikni kamaytirish uchun amalga oshiriluvchi tadbirlar: 
 hujjatlarning mos keluvchi qismlarini aniq ifodalash; 
 hujjatlarni rasmiylashtirish uchun ushbu sohada amaliy tajribaga ega 
bo‗lgan mutaxassislarni jalb qilish. 
Ishlab chiqarish tavakkalchiliklari. Ishlab chiqarishning murakkabligi, axborot 
texnologiyalari sohasida texnika taraqqiyotining yuqoriligi, ko‗rsatilayotgan 
xizmatlar sifatining pastligi bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Tavakkalchilikni kamaytirish uchun amalga oshiriluvchi tadbirlar: 

yuqori malakali kadrlarni tanlash; 

xodimlar malakasini oshirishni doimiy rag‗batlantirish; 

ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish tizimini ishlab chiqish va 
undan foydalanish; 

zarur asbob-uskunalarni xarid qilish uchun o‗z vaqtida etarlicha mablag‗ 
ajratish. 
Marketing tavakkalchiliklari. Bozorga chiqishda ushlanib qolish, xizmatlarni 
noto‗g‗ri tanlash, marketing strategiyasini tanlashda adashish, baho siyosatidagi 
xatolar bilan bog‗liq bo‗ladi. 
Moliyaviy, innovatsion, ijtimoiy va boshqa tavakkalchilik turlari.  
Qisqa xulosalar 
Biznes-reja – korxonaning muhim hujjati bo‗lib, uni tayyorlash ko‗p vaqt va 
xodimlarning ishtirokini talab qiladi. SHu sababli biznes-rejani ishlab chiqish 
jarayoni korxona rahbariyati tomonidan ma‘lum ma‘noda boshqarilishni talab qiladi. 
Biznes-rejani ishlab chiqarishga rahbarlik qilish mos ravishda javobgarlik va 
mas‘uliyatni ham anglatadi. Bajarilgan hisob-kitoblar, ko‗rsatkichlar va biznes-reja 
tarkibining ishonchliligi uchun asosan korxona rahbari javobgar hisoblanadi. 
Biznes-rejani tayyorlashni samarali boshqarishdan uni tayyorlash uchun eng 
kam vaqt sarflanishi dalolat beradi. Eng optimal variant – rejadagi yangi yil boshiga 
biznes-rejaning tayyor bo‗lishidir. 
Biznes-rejaning resurslar bilan ta‘minlanganligi ushbu hujjatning muhim bir 
talabi va shu bilan bir paytda uning hayotiyligini aks ettiruvchi ko‗rsatkich hamdir. 
Bu erda rejadagi davr uchun mahsulot ishlab chiqarishda qachon, qancha va qanday 
resurslar talab qilinishi va ularni qoplash manbalarini aniqlash kabi masalalar hal 
etilishi lozim. 
Korxona bozor sub‘ekti sifatida hozirgi sharoitlarda istasa-istamasa biznes va 
tadbirkorlik bilan bog‗liq bo‗ladi. Bozor talabi korxona faoliyatini o‗lchab turuvchi 
o‗ziga xos «barometr» vazifasini bajaradi. Bu esa korxonani o‗z biznesini 
sug‗urtalash, ayniqsa, tijorat, moliyaviy va boshqa bir qator tavakkalchiliklarning 
oldini olishni talab qiladi. 


59 

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling