Ызбекистон республикаси олий ва ырта
bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi” nomli asarida keltirilgan etakchi tarmoq
Download 2.24 Mb. Pdf ko'rish
|
yZaCBylVSArN98eykDyoUIK4jNY9hgqqwKEoJoOn (3)
bosqichga ko„taradigan yil bo„ladi” nomli asarida keltirilgan etakchi tarmoq
va sohalarda mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishning asosiy yo„llari. Hukumatning chorak yakunlariga bag‗ishlangan yig‗ilishlarida qabul qilingan Birinchi navbatdagi chora-tadbirlar dasturini va modernizatsiyalash bo‗yicha tarmoq 127 dasturlari hamda loyihalarni amalga oshirish bo‗yicha tasdiqlangan tarmoq jadvallari ijrosi ta‘minlanishini ko‗rib chiqish va ularning bajarilishi uchun o‗z vaqtida tegishli choralar ko‗rish tartibini joriy etish darkor. O‗tgan yili protokol bilan belgilangan topshiriqqa binoan mamlakatimizning barcha yirik korxonalari va ishlab chiqarish tarmoqlarida o‗tkazilgan texnik audit natijasida 37 mingga yaqin asbob-uskuna va texnologiyalarning jahon miqyosida sinovdan o‗tgan, zamonaviy turlariga almashtirilishi lozimligi aniqlandi. Vazirlar Mahkamasi ushbu audit natijalari asosida bir oy muddatda moddiy va ma‘naviy jihatdan eskirgan asbob-uskunalarni yangilash bo‗yicha loyihalarning amalga oshirilishi yuzasidan, ularni moliyalashning aniq manbalariga alohida e‘tibor qaratgan holda, tarmoq jadvallarini tasdiqlashi zarur. Bugungi kunda iqtisodiyotimizning samarasi haqida so‗z yuritar ekanmiz, shuni tan olishimiz kerakki, bu yo‗nalishda eskidan qolgan va hali-beri ro‗y berib kelayotgan oqsoqlik holatlari borligi, birinchi navbatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning material va energiya sarfi yuqori darajada saqlanib qolayotgani ayon bo‗ladi. Avvalo, biz tabiat tomonidan berilgan noyob, qayta tiklanmaydigan zaxiralar bo‗lmish neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va boshqa yoqilg‗i-energetika resurslaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni hamon o‗rganganimiz yo‗q. Bu resurslarning katta qismidan ko‗proq yoqilg‗i sifatida foydalanyapmiz, xolos. Muqobil energiya resurslarini izlash va joriy etish ishlari talab darajasida emas. Umuman, ushbu sohada zudlik bilan hal qilinishi lozim bo‗lgan ko‗plab muammolar to‗planib qolganini afsus bilan qayd etish kerak. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga mosligini ta‘minlash masalasi barcha korxonalarda ham hal etilgan, deb bo‗lmaydi. Bu kamchilik, ayniqsa, biz uchun o‗ta muhim ahamiyatga ega bo‗lgan engil sanoat, farmatsevtika va qurilish materiallari sanoati kabi iste‘mol tovarlari ishlab chiqariladigan tarmoqlarga tegishlidir. Mamlakatimizda yaratilgan ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish borasida ham ishga solinmagan ulkan imkoniyatlar mavjud. Biz ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiya qilish uchun katta mablag‗ sarflaymiz, ko‗p miqdordagi xorijiy investitsiyalarni jalb etamiz. Lekin qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlaridan, asosiy fondlardan to‗liq foydalanishda, mehnat samaradorligini oshirishda yo‗l qo‗yilayotgan kamchiliklar mahsulotlar tannarxining asossiz ravishda o‗sib ketishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatlarni tanqidiy baholab, Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagi masalalarni hal etishi zarur: Download 2.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling