Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 8779 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar
- 1-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi
- Identiv o’quv maqsadlari
- 1-asosiy savolning bayoni: Operatorlar.
8 2-Mavzu: Paskal dasturlash tilining asosiy tushunchalari. Mashg’ulot turi – ma’ruza. Ajratilgan vaqt - 4 soat. Asosiy savollar: 1. Paskal dasturlash tilining asosiy tushunchalari. 2. Paskal dasturlash tilida o’zgaruvchilar tiplari. Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: Operatorlar, ismlar va identifikatorlar, e’lonlar, ma’lumotlar, o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar, o’zgaruvchilar tipi. Mavzuga oid muammolar: O’zgaruvchilar tipining dastur tuzishda ahamiyati katta deyiladi. Sizning bunga fikringiz qanday? Fikringizni izohlang. Identifikatorlarga to’g’ri nom berilishiga siz qanday qaraysiz? O’zgaruvchilar tiplarining bir-biri bilan bog’liq yoki bog’liq emaslik fikriga sizning munosabatingiz qanday? 1-asosiy savol bo’yicha dars maqsadi: 1.1. Talabalarda operatorlar, ismlar va identifikatorlar, e’lonlar, ma’lumotlar, o’zgarmaslar, o’zgaruvchilar haqida tushuncha va bilimlar hosil qilish. Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. Operatorlar haqidagi tushuncha va bilimlarga ega bo’ladi. 1.2. Ismlar va identifikatorlar haqidagi tushuncha va bilimlarga ega bo’ladi. 1.3. E’lonlar haqidagi tushuncha va bilimlarga ega bo’ladi. 1.4. Ma’lumotlar haqidagi tushuncha va bilimlarga ega bo’ladi. 1.5. O’zgarmaslar haqidagi tushuncha va bilimlarga ega bo’ladi. 1.6. O’zgaruvchilar haqidagi tushuncha va bilimlarga ega bo’ladi. 1-asosiy savolning bayoni: Operatorlar. Operator tushunchasi tilning eng asosiy tushunchalaridan biri bo’lib, har bir operator tilning yakunlangan jumlasi hisoblanadi va ma’lumotlar tahlilining tugallangan bosqichini ifodalaydi. Operatorlarni ikki guruhga ajratish mumkin. 1-guruh operatorlarining tarkibida boshqa operatorlar qatnashmaydi va bu operatorlar asosiy operatorlar deb ataladi. Asosiy operatorlar jumlasiga quyidagi operatorlar kiradi: o’zlashtirish operatori, protsedura operatori, o’tish operatori, bo’sh operator. 2-guruh operatorlarining tarkibida esa boshqa operatorlar ham qatnashib, ular tarkibiy 9 operatorlar deb ataladi. Ular jumlasiga quyidagi operatorlar kiradi: tashkiliy operator, tanlov operatori, takrorlash operatori, ulash operatori. Masalani echish algoritmida yuqoridagi ikki guruh operatorlarning ketma- ketligi cheklanmagan miqdorda qatnashishi mumkin. Bu ketma-ketlikdagi operatorlar o’zaro « ; » ajratish belgisi orqali ajratiladi, ya’ni dastur matnining yozuvi alohida operatorlarga bo’linadi. Shunday qilib, S orqali ixtiyoriy yozish mumkin bo’lgan operatorni belgilasak, masala echilishining algoritmi quyidagi ketma-ketlik bo’yicha ifodalanishi mumkin: S; S; .. .. .. S; Operatorlarning bu ketma-ketligi ularning dasturda yozilish tartibi bo’yicha bajariladi. Shunday qilib operatorning izdoshi undan keyin yozilgan operator hisoblanadi. Operatorlar bajarilishining bu tabiiy ketma-ketligini faqat o’tish operatori yordamida buzish mumkin. Tarkibiy operatorlarda esa operatorlarning bajarilish tartibi o’ziga xos qoidalar bilan aniqlanadi. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling