Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/45
Sana26.10.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1723178
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Bog'liq
Kitob 8779 uzsmart.uz

O’zgarmaslar. 
O’zgarmaslar - dastur ishi jarayonida qiymati o’zgarmaydigan ma’lumotlar.
Paskal tilida o’zgarmaslarni uch xil ko’rinishi ishlatiladi: sonli, mantiqiy 
(bulevskiy) va belgili. 

Sonli o’zgarmaslar. 
Sonli o’zgarmaslar butun va xaqiqiy bo’lishi mumkin. 

Butun o’zgarmaslar (INTEGER). Butun o’nli o’zgarmaslar barcha o’nli sonlar 
ketma-ketligidan tashkil topadi. Ular manfiy bo’lishi mumkin. 
Misol:
158; -15; 237583; 

Xaqiqiy o’zgarmaslar (REAL). Xaqiqiy o’zgarmaslarni namoyish qilishning 
ikki shakli bor: O’nli kasr ko’rinishida (masalan, 3.2) yoki o’nning darajasi 
ko’rsatkichi ko’rinishida (masalan, 2.5E9). 
Misol: 
2,5*10
9
------ 2.5E9 
0,13*10
-10
------ 0.13E -10 
 

Mantiqiy o’zgarmaslar (BOOLEAN). 
 
Ikkita mantiqiy o’zgarmaslar bor. Bular TRUE (rost) va FALSE (yolg’on) dir. 

Belgili o’zgarmaslar (CHAR). 
 
Apostrof orasiga joylashtirilgan belgilar belgili o’zgarmasdir. 
Misol: 
' A ', ' 1 ', ' = '. 

Satrli o’zgarmaslar. Apostrof ichiga joylashtirilgan belgilar ketma-ketligi satrli 
o’zgarmaslardir. 


11 
 
Misol: 
' PASCAL ', ' 1235 ', ' A*V ' 
Satr uzunligi satrdagi belgilar soniga teng.

ALFA tipidagi o’zgarmaslar. Bitta mashina so’ziga teng bo’lgan (uzunligi 
jihatdan) belgilar satri ALFA tipli o’zgarmas deyiladi.
Agar satrli o’zgarmas belgilari ichida apostrof ham bo’lsa, u holda u ikkita 
apostrof ko’rinishida tasvirlanadi. Masalan, ' A ' B ' C ' D o’zgarmasni ' A '' B '' C '' 
D ' ko’rinishida yozish kerak. 
O’zgaruvchilar. 
 
O’zgaruvchi dastur ob’ekti bo’lib turli xil qiymatlarni xotirada ma’lum nom 
bilan saqlab turish uchun ishlatiladi. O’zgaruvchi o’z qiymatini dasturning 
bajarilish davomida o’zlashtirish operatori yordamida qabul qiladi. Qabul qilingan 
qiymat o’zgaruvchiga boshqa yangi qiymat berilmaguncha saqlanib turiladi va 
yangi qiymat berilishi bilan eski qiymat butunlay yo’q bo’lib ketadi. Har bir 
o’zgaruvchiga ma’lum bir tipga tegishli qiymatlarnigina qabul qilish huquqi 
beriladi. Boshqa tipdagi qiymatlarni o’zlashtirishga urinish dasturning xatoligini 
keltirib chiqaradi.
O’zgaruvchi – bu identifikatordir. Uning ismi o’zgaruvchining qiymatiga 
murojaat qilishga ishlatiladi. Boshqacha qilib aytganda, dastur matnidagi ish shu 
o’zgaruvchining qiymatini ifodalaydi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling