Ызбекистон республикаси олий ва ырта


Ismlar va identifikatorlar


Download 1.28 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/45
Sana26.10.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1723178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45
Bog'liq
Kitob 8779 uzsmart.uz

Ismlar va identifikatorlar. 
 
Ma’lumki, ma’lumotlarning tahlili jarayonini ifodalovchi algoritm turli xil 
ob’ektlar (o’zgarmaslar, o’zgaruvchi miqdorlar, funktsiyalar va hakozo) ustida ish 
olib boradi. Bu ob’ektlarga ularning vazifasi va qabul qiladigan qiymatlariga qarab 
maxsus ismlar beriladi. Shu ismlar odatda, identifikatorlar deb ataladi. 
Identifikator deb harf yoki «_» belgisidan boshlanuvchi harf, raqam va «_» 
belgisining ixtiyoriy ketma-ketligiga aytiladi: 
::=  |  |  
Agar quyidagi oraliq tushunchani kiritsak: 
::=  |  
Yuqoridagi aniqlashni quyidagicha ham yozish mumkin: 
::=  {}. 
Xizmatchi so’zlardan identifikator sifatida foydalanish mumkin emas. 
Odatda identifikator so’zining o’rniga qulayroq va qisqaroq qilib ism deyish 
mumkin. Dasturda qatnashuvchi ob’ektlarga ismlarni dasturchi o’z ixtiyoriga ko’ra 
tanlab olishi mumkin. Bir xil ism bilan bir necha xil ob’ektlarni nomlash mutlaqo 
mumkin emas. Turbo-Pascal muhitida ismda qatnashuvchi belgilar soni (ism 
uzunligi) 63 ta belgidan oshmasligi kerak. Paskal tilida bo’sh joy (probel) 
identifikatorlarda ishlatilmaydi. 
Misol: 
Burchak, Al, Ahmad_Berdiev, C, Summa, Time, 
A, S1, V12; D13; Guliston;.. .. 
E’lonlar. 
 
Paskal tilining asosiy tushunchalaridan biri e’lon qilish hisoblanadi. 
Dasturda qatnashuvchi barcha ob’ektlarning ismlari mos ravishda dasturning bosh 
qismida, ularning qanday tipdagi qiymatlar qabul qilishi mumkinligiga qarab, e’lon 
qilinib qo’yilishi kerak. Paskal tilida e’lon qilishning besh xil turi mavjud: 


10 

Metkalar e’loni; 

O’zgarmaslar e’loni; 

Tip aniqlash uchun e’lon; 

O’zgaruvchilar e’loni; 

Protsedura va funktsiyalar e’loni; 
Umuman olganda, yuqorida sanab o’tilgan e’lonlarning vazifalari ularning 
nomlaridan ham sezilib turibdi. 
Ma’lumotlar. 
Paskal tilida yozilgan dastur ma’lumotlarni qayta ishlash uchun 
mo’ljallangan. Bu ma’lumotlar har-xil tabiatli bo’lishi mumkin, ya’ni (sonlar, 
matnlar,....). Bir xil ma’lumotlar boshlang’ich, (kirishda beriladi), boshqalari esa 
natijaviy bo’ladi (chiqishda olinadigan ma’lumotlar), ya’ni dastur bajarilishi 
natijasida olinadi. Ma’lumotlarni ikki guruhga bo’lish mumkin: o’zgarmaslar va 
o’zgaruvchilarga. 

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling