Ызбекистон республикаси олий ва ырта
Download 1.28 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 8779 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’zgaruvchilar bo’limi (VAR).
Tiplar bo’limi (TYPE). Agar dasturda standart tipdan farqli tip kiritiladigan
bo’lsa, u holda bu tiplar (TYPE) bo’limiga yozilishi kerak: TYPE T1= T2= .. .. .. .. .. .. .. .. .. .. .. .. Bu erda, T1 va T2 lar kiritilayotgan tiplarning identifikatorlari. Misol: TYPE COLOR=(RED, YELLOW, GREEN, BLUE); Bu erda, qiymatlarni o’tkazish yo’li bilan beruvchi COLOR tipi ifodalangan. Yuqorida keltirilgan misolda FAMILY, LLINE va AR tiplari kiritilgan. 25 FAMILY=(FATHER, MOTHER, CHILD); LLINEq1..INMAX; AR=ARRAY[1..16] OF CHAR; O’zgaruvchilar bo’limi (VAR). Agar dasturda V11, V12, .., o’garuvchilar uchrasa, u holda bu o’zgaruvchilarning hammasi quyidagi ko’rinishda ifodalanishi kerak: VAR V11, V12, ... : TYPE 1; V21, V22, ... : TYPE 2; .. .. .. .. .. .. .. .. .. .. .. . Bu erda, V11, V12-lar o’zgaruvchilar nomlari, TYPE 1-V11, V12, TYPE 2-V21, V22 o’zgaruvchilarning tipidir. Misol: VAR K, I, J: INTEGER; A, B: REAL; Har bir o’zgaruvchi dasturda qo’llanilguniga qadar ifodalangan va qaysidir bir tipga, faqat bitta tipga kiritilgan bo’lishi kerak. (CONST, TYPE, VAR) bo’limlari faqat bir marta ko’rsatiladi. Misol: VAR A: REAL; B: REAL; Shunday qilib, VAR bo’limida har bir o’zgaruvchining nomi kiritiladi va o’zgaruvchi qaysi tipga tegishli ekanligi ko’rsatiladi. O’zgaruvchi tipini ikki xil yo’l bilan berish mumkin: tip nomini ko’rsatish (masalan, REAL, COLOR va boshqalar) yoki tipini o’zini yozish. Masalan, ARRAY[1..16] OF CHAR; Yuqorida keltirilgan dasturni ko’rib chiqamiz. VAR bo’limida o’zgaruvchilar quyidagi nomlar bilan berilgan: LINE, L, I, K, POS, SP, F, C, D. O’zgaruvchilar uchun mos keladigan tip nomlari ko’rsatilgan (LLINE, AR, INTEGER, REAL, FAMILY) Bu tiplardan bir qismi-standartlilardir (INTEGER, REAL), qolgan tiplar, ya’ni LLINE, FAMILY va AR lar-nostandartlidir. Bu tiplar TYPE bo’limida berilishi kerak. 26 LINE o’zgaruvchisining tipi hech qanday nom bilan atalmagan va bir vaqtning o’zida, ya’ni o’zgaruvchilarni ifodalash vaqtida ifodalangan. Xuddi shunday L, SP, F o’zgaruvchilarini ham ifodalash mumkin edi: L: 1.. INMAX; SP: ARRAY[1..16] OF CHAR; F: (FATHER, MOTHER, CHILD); Bu holda, bu tiplar TYPE bo’limida berilmaydi. Lekin, M, V, Z o’zgaruvchilar ham (RLINE protsedurasi) xuddi shunday tiplarga ega, shuning uchun yuqoridagi ifodalashlarni takrorlash kerak emas. Download 1.28 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling